Telegram Web Link
Bir kechada yana 3 ta oltin medal

Parij yozgi Olimpiya o’yinlarida O’zbek sportchilari rekord o’rnatishdi. O’zbekiston hisobida 8 ta oltin medal bilan umumjamoa reytingida 13-o’ringa ko’tarildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/bir-kechada-yana-3-ta-oltin-medal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BYD dan O’zbekiston bozori uchun yangi avtomobili taqdimotidan videolavha.

@bright_uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 15-22 iyul kunlari Germaniyaning Gyottingen shahrida Butunjahon nemis tili olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda 62 tadavlatdan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi. Uch yo‘nalish (A2, B1 va B2)da o‘tkazilgan bellashuvda o‘zbekistonlik – Andijon shahridagi 4-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova B1 daraja yo‘nalishida oltin medal sohibi bo‘ldi.

To’liq intervyuni tez orada sahifalarimizda tomosha qilishingiz mumkin.

@bright_uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston sport delegatsiyasi Parij Olimpiadasidagi ishtirokini yakunlab, tarixiy natijaga erishdi. O‘yinlarning oxirgi kunida bokschilarimiz Bahodir Jalolov va Abdumalik Halokov, erkin kurashchi Razambek Jamalov oltin, taekvondochimiz Svetlana Osipova va og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayev kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ular bilan hamda 9 avgust kuni bronza medaliga sazovor bo‘lgan erkin kurashchimiz G‘ulomjon Abdullayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

@bright_uzbekistan
Bayden Trampga qarshi kurashish uchun saylovlardan chiqdi

Joriy AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z nomzodini prezidentlik saylovlaridan olib tashlashga qaror qildi, chunki u Demokratik partiya uchun eng muhim maqsad Trampni mag‘lub qilish va Amerikada demokratiyani saqlash deb hisoblaydi. Bu qarorini Bayden birinchi intervyusida e'lon qildi.


Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/hish-uchun-saylovlardan-chiqdi
Toshkent Olimpiya chempionlarini tantanali kutib oladi

Bugun, 12-avgust kuni, Toshkent shahriga O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar delegatsiyasi qaytib keladi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari xabariga ko‘ra, sportchilarni Toshkent xalqaro aeroportining 3-terminalida tantanali kutib olish marosimi o‘tkaziladi.


Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/toshkent-olimpiya-chempionlarini
Parij Olimpiadani yakunladi: Estafeta Los-Anjelesga topshirildi

Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada tantanali ravishda yakunlandi va Olimpiya bayrog‘i Los-Anjelesga topshirildi. Endi kelgusi Olimpiya o‘yinlari 2028 yilda Los-Anjelesda o‘tkaziladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/parij-olimpiadani-yakunladi-estafeta-los-anjelesga-topshirildi
Eron vitse-prezidenti o‘n kun ishladi va iste’foga chiqdi

Eronning strategik masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Javod Zarif o‘z lavozimiga tayinlanganidan bor-yo‘g‘i o‘n kun o‘tib iste’foga chiqdi. Zarif bu qarorini 11-avgust kuni X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/eron-vitse-prezidenti-on-kun-ishladi-va-istefoga-chiqdi
Olimpiadadagi g‘alabalarimiz — Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini isbotladi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari Parij Olimpiadasida erishilgan ulkan zafarlar bilan xalqimizni tabrikladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/olimpiadadagi-galabalarimiz-yangi-ozbekiston-yoshlari-nimaga-qodir-ekanini-isbotladi
O‘zbekistonda ilk bor yashirin iqtisodiyot baholandi: Yalpi ichki mahsulot hajmi oshdi

O‘zbekistonda birinchi marta yashirin va norasmiy iqtisodiyotni baholash amalga oshirildi. Natijalarga ko‘ra, 2023 yilda mamlakatning YAIM hajmi qo‘shimcha 10,7 milliard AQSH dollariga oshib, 101,6 milliard dollarga yetdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonda-ilk-bor-yashirin-iqtisodiyot-baholandi-yalpi-ichki-mahsulot-hajmi-oshdi
Buxoroda energiya tejamkorligi imkoniyatlari: 20% tejamkorlikka erishish rejalashtirilmoqda

Buxoroda elektr energiyasi va gazdan foydalanishni tejamkor qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha umumiy iste’molning 20 foizigacha bo‘lgan miqdorda, ya’ni 900 million kilovatt elektr va 400 million kub metr gazni tejash mumkin.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/buxoroda-energiya-tejamkorligi-imkoniyatlari-20percent-tejamkorlikka-erishish-rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali kutib olindi va taqdirlandi

Kuni kecha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan O‘zbekiston delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/tantanali-kutib-olindi-va-taqdirlandi
Donald Tramp X platformasida Ilon Mask’ga intervyu berdi

DDoS-hujum tufayli intervyu 45 daqiqa kechikdi. Ammo shunga qaramay, intervyu millionlab tinglovchilarni jalb qildi. Suhbat davomida Tramp Rossiya, Xitoy bilan munosabatlar va AQSh ichki siyosati bilan bog'liq muhim mavzularni ko'tardi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/rmasida-ilon-maskga-intervyu-berdi
Mahalliy brendlarga xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilgani uchun $1 million grant ajratiladi

O‘zbekiston Prezidenti 2024 yil 7-avgustda “Mashhur xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni sanoat sohasida qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Ushbu qaror mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xalqaro miqyosda tan olingan brendlar bilan ishlash imkoniyatini beradi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/mahalliy-brendlarga-xalqaro-brendlar-bilan-hamkorlik-qilgani-uchun-dollar1-million-grant-ajratiladi
O‘zbekiston Paralimpiyachilarini Parij-2024 kuzatish marosimi o‘tkazildi

Bugun Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston sport delegatsiyasini Parij-2024 17-yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda sportchilarimizning yuksak g‘alabalar sari yangi bosqichga chiqishi e’tirof etildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-paralimpiyachilarini-parij-2024-kuzatish-marosimi-otkazildi
Zelenskiyning Kursk viloyatidagi hujumlarga ilk izohi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi harakatlariga izoh berdi. U oliy bosh qo'mondon shtabining yig'ilishini o'tkazib, unda Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo'mondoni Aleksandr Sirskiyning Kursk viloyatidagi "operatsiya" bo'yicha hisobotini tinglaganini aytdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/zelenskiyning-kursk-viloyatidagi-hujumlarga-ilk-izohi
AQSh byudjeti defitsiti iyul oyida 10 foizga oshdi

Iyul oyida AQSh davlat byudjeti defitsiti 243,74 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,4 foizga ko‘pdir. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/aqsh-byudjeti-defitsiti-iyul-oyida-10-foizga-oshdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olimpiada g’oliblariga qanday sovg’alar berildi?;
1 sentyabrdan yurtimizda nimalar o’zgaradi?;

Bu va kunning boshqa muhum xabarlari Bright 60 soniya dasturida!

@bright_uzbekistan
Meta aksiyalari hisobotdan so‘ng 7 foizga ko‘tarildi

Meta kompaniyasi ikkinchi chorak uchun o‘z hisobotini e’lon qildi va bu natijalar tahlilchilar prognozlaridan oshib ketdi. AQShda kompaniya aksiyalari 7 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/meta-aksiyalari-hisobotdan-song-7-foizga-kotarildi
Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga tayinlandi

Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi. Bu qaror qo‘mita Ijroqo‘mi yig‘ilishida qabul qilindi.


Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/yangi-lavozimga-tayinlandi
2024/09/30 12:11:55
Back to Top
HTML Embed Code: