Telegram Web Link
Germaniya afg'onistonlik qochqinlarni Vataniga O'zbekiston orqali yuborishni rejalashtirmoqda

Germaniya va O'zbekiston hukumatlari o'rtasida bu borada muzokaralar olib borilmoqda. Der Spiegel nashri afg'on qochqinlarini deportatsiya qilish shartlari bo'yicha ikki davlat o'rtasidagi muhokamalar tafsilotlarini e'lon qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/germaniya-afgonistonlik-qochqinlarni-vataniga-ozbekiston-orqali-yuborishni-rejalashtirmoqda
Ukraina bo'yicha tinchlik sammitining natijalari qanday?

Ukrainani 100ta delegatsiya qo‘llab-quvvatladi, biroq Rossiya bilan tinchlik muzokaralari istiqbollari noaniqligicha qolmoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ukraina-boyicha-tinchlik-sammitining-natijalari-qanday
Sportchimiz Anvar Anvarov Shvetsiyadagi Folksam GP Sollentuna musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Shvetsiyaning Sollentuna shahrida yengil atletika boʻyicha Folksam GP Sollentuna xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston MOQ.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/sportchimiz-anvar-anvarov-shvetsiyadagi-folksam-gp-sollentuna-musobaqasida-oltin-medalni-qolga-kiritdi
O'zbekistonda qancha chet ellik talabalar bor?

O‘zbekistonga o‘qish maqsadida asosan hindistonlik talabalar kelishadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil yanvar-aprel oylaridagi ma’lumotlarida keltirilgan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonda-qancha-chet-ell
Rossiya prezidenti Putin 24 yil ichida ilk marta Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18–19-iyun kunlari Shimoliy Koreyaga davlat tashrifi bilan boradi, bu Rossiya rahbarining Pxenyanga ikkinchi safari hisoblanadi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/rossiya-prezidenti-putin-24-yil-ichida-ilk-marta-shimoliy-koreyaga-tashrif-buyuradi
Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi Prezidenti Toshkentga kelmoqda

Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) Prezidenti Muhammad Jalud Toshkentga kelmoqda. Unga Markaziy Osiyo ogʻir atletika milliy federatsiyalarining rahbarlari hamrohlik qiladi, deb xabar bermoqda O’zbekiston MOQ matbuot xizmati.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/xalqaro-ogir-atletika-federatsiyasi-prezidenti-toshkentga-kelmoqda
Bayden immigratsiya imtiyozlari sezilarli darajada kengayganini e'lon qildi

Bayden ma'muriyati 18-iyun kuni immigratsiya imtiyozlarining kengayishi haqida e'lon qildi, bu esa AQSh fuqarolari bilan turmush qurgan hujjatsiz immigrantlarga qonuniy ravishda qolish va ishlashga ruxsat beradi, deb xabar bermoqda The Hill gazetasi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/bayden-immigratsiya-imtiyozlari-sezilarli-darajada-kengayganini-elon-qildi
Isroil hujumi qurbonlari soni bir kechada 17 taga yetdi

Isroil armiyasining Nusayrat qochqinlar lagerini o'qqa tutishi oqibatida 13 kishi halok bo'ldi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/isroil-hujumi-qurbonlari-soni-bir-kechada-17-taga-yetdi
Giloslarimiz Hindiston bozorini zabt etmoqda

Hindistonning yangi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchisi Fresco Fruits kompaniyasi O'zbekistondan gilosni muvaffaqiyatli import qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/giloslarimiz-hindiston-bozorini-zabt-etmoqda
Gretsiyada jazirama issiq ob-havo kuzatilmoqda: sayyohlarni xavfdan ogohlantirishmoqda

Gretsiyadagi harorat shunchalik balandki, mashhur sayyohlik joylari yopilmoqda, odamlar navbatda hushidan ketmoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/gretsiyada-jazirama-issiq-ob-havo-kuzatilmoqda-sayyohlarni-xavfdan-ogohlantirishmoqda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Resto" oilaviy restoranining uzoq kutilgan ochilishi bo'lib o'tdi

Ochilish tafsilotlarini bizning maxsus videolavhamizda tomosha qiling!

@bright_uzbekistan
Makkada ob-havo sharoiti tufayli 550 dan ortiq ziyoratchilar halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlarning kamida 320 nafari Misrdan va Saudiya Arabistoni rasmiylari 2000 dan ortiq odam quyosh urishidan davolangani haqida xabar berishdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/makkada-ob-havo-sharoiti-tufayli-550-dan-ortiq-ziyoratchilar-halok-boldi
O‘zbekiston yana bir xalqaro reytingda yuqori o‘rinda

Coursera Enterprise tomonidan e’lon qilingan Global Skills Report 2024 — Coursera (global malaka hisoboti — 2024) da Onlayn malaka oshirayotgan ishchi kuchi (davlat xizmatchilari) foizi ko‘rsatkichlari bo‘yicha O’zbekiston birinchi o‘rinni egalladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-yana-bir-xalqaro-reytingda-yuqori-orinda
O'zbekiston va Avstriya o'rtasida energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha muhim kelishuvlarga erishildi

O'zbekiston energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegatsiyaning Venaga tashrifi davomida biznes muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-va-avstriya-ortasida-energetika-sohasida-hamkorlikni-rivojlantirish-boyicha-muhim-kelishuvlarga-erishildi
Putin Kim Chen Inga yana bir “Aurus”, xanjar va choy to'plamini sovg'a qildi

Pxenyanda uchrashgan Rossiya va Shimoliy Koreya yetakchilari sovg‘alar almashishdi: Kim Chen In Vladimir Putinga Rossiya prezidenti tasvirlangan bir nechta san’at asarini, Rossiya prezidenti esa KXDR raisiga ikkinchi “Aurus” avtomobili va chiroyli choy to‘plamini sovg‘a qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/putin-kim-chen-inga-yana-bir-aurus-xanjar-va-choy-toplamini-sovga-qildi
O’zbekiston Prezidenti maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-prezidenti-maktablarda-talim-sifatini-oshirish-boyicha-takliflarni-korib-chiqdi
O’zbekistonning 1-raqamli anori haqida nimalarni bilasiz?

Sherobod anorlari tuman brendiga aylangan bo‘lib, bozorda o‘zining qiymati va bahosiga ega. Vohadagi eng xaridorgir anor ham Sherobodda yetishtiriladi. Tumanliklar anorni barcha mevalarning "podshohi" deyishadi, bunga sabab uning boshidagi mitti tojidir, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligining matbuot xizmati xabarida.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonning-1-raqamli-anori-haqida-nimalarni-bilasiz
Markaziy Osiyo davlatlari havo ifloslanishiga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirmoqda

19-iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (UNEP) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda toza havo bilan kelajak qurish” shiori ostida birinchi oliy darajadagi siyosiy mintaqaviy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/markaziy-osiyo-davlatlari-havo-ifloslanishiga-qarshi-kurashda-kuchlarni-birlashtirmoqda
O‘zbekiston va Xitoy turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi

18-iyun kuni Samarqand shahrida Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Turizm qo‘mitasining matbuot xizmati.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-va-xitoy-turizm-sektori-vakillari-ishtirokida-biznes-forum-otkazildi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketini kelishib oldi

Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning doimiy vakillari Rossiyaga qarshi yana bir sanksiyalar paketi boʻyicha kelishib oldilar. Bu haqda YeI Kengashiga raislik qiluvchi Belgiya X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/yevropa-ittifoqi-rossiyaga-qarshi-14-sanksiya-paketini-kelishib-oldi
2024/09/28 22:24:53
Back to Top
HTML Embed Code: