Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

@bright_uzbekistan
Farg'onada Xitoy savdo uyi ochildi

Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 21-mart kuni Xitoyning Chendu shahri Sanoat va savdo federatsiyasi raisining o’rinbosari Deng Bo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Farg’ona viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/fargonada-xitoy-savdo-uyi-ochildi
O’zbekiston milliy terma jamoasida navbatdagi g’alaba

FIFA kunlari doirasida futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 21-mart kuni JCH-2026 2-saralash bosqichida navbatdagi oʻyinini oʻtkazdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozb-jamoasida-navbatdagi-galaba
Jozep Borrel: Yevropa Ittifoqi "Donbass uchun jon bermaydi"

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga qo'shin yuborish imkoniyati haqidagi bayonotlari fonida "odamlarni qo'rqitmaslikka" chaqirdi va Yevropa Ittifoqi "Donbass uchun jon bermasligiga" ishontirdi. Bu haqda u 21-mart kuni Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti boshlanishidan oldin ma'lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/jozep-borrel-yevropa-ittifoqi-donbass-uchun-jon-bermaydi
O'zbekiston 2024-yilda meva-sabzavot eksportini ko'paytirdi

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati $150,1 millionga teng bo‘lgan 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda O’zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-2024-yilda-meva-sabzavot-eksportini-kopaytirdi
BMT G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyaga ovoz beradi

BMT xavfsizlik kengashi 22-mart, juma kuni AQShning G'azo sektorida zudlik bilan o't ochishni to'xtatish to'g'risidagi rezolyutsiya loyihasi bo'yicha ovoz beradi. Bu haqda DPA xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/bmt-gazoda-zudlik-bilan-ot-ochishni-toxtatish-boyicha-rezolyutsiyaga-ovoz-beradi
IPO: bu nima va u nima uchun kerak?

IPO'ga kirishdan oldin kompaniya o'z faoliyatini, shu jumladan boshqaruv tuzilmasini, moliyaviy holatini va rivojlanish istiqbollarini chuqur tahlil qilishi darkor. Bundan tashqari, kompaniya IPO o'tkazishni rejalashtirayotgan birjaning qat'iy talablariga javob berishi kerak.

Nima uchun kompaniya IPOga chiqadi? To'liq materialni quyidagi havolada o'qing - https://buzb.uz/uz/news/ipo-bu-nima
AQSh Ukrainani Rossiyaning NQIZ’lariga qarshi zarbalarni to'xtatishga chaqirdi

Dron zarbalari umumjahon neft narxining oshishiga olib kelishi va Rossiyani qasos olishga undashi Vashingtonni xavotirga solmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/aqsh-ukrainani-rossiyaning-nqizlariga-qarshi
Uzbekistan Airways Qo‘qon shahrida yangi aeroport ochdi

Aviakompaniya rahbariyati va Farg‘ona viloyati hokimligi vakillari Transport vazirligi bilan birgalikda Qo‘qon shahrida rekonstruksiya qilingan terminal faoliyatini ishga tushirishdi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/qoqon-shahrida-yangi-aeroport-ochdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Ekologiya vazirligi 25-mart kuni elektr energiyasini bir soatga o’chirishga chaqirmoqda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan O’zbekisonda 25-mart — “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya o‘tkaziladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-ekologiya-vazirligi-25-mart-kuni-elektr-energiyasini-bir-soatga-ochirishga-chaqirmoqda
Moskvada terakt: hozirgi paytga Nima ma’lum?

Juma kuni kechqurun Moskva yaqinidagi Crocus City Hall kontsert zalida terakt sodir bo'ldi. Kamuflyaj kiyingan bir necha kishi otishma ochdi va portlash uyushtirdi, natijada 40 kishi halok bo'ldi va 100 dan ortiq kishi jarohatlandi.


Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/moskvada-terakt-nima-malum
Moskvadagi terakt qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga “Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan jabr ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmadi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi ma'lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/moskvadagi-terakt-qurbonlari-orasida-ozbekiston-fuqarolari-yoq
Rossiya va Xitoy AQShning G'azo bo'yicha rezolyutsiyasiga veto qo'ydi

Rossiya va Xitoy 22-mart kuni BMT Xavfsizlik kengashida AQShning G‘azo sektori bo‘yicha rezolyutsiya loyihasiga qarshi chiqdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/rossiya-va-xitoy-aqshning-gazo-boyicha-rezolyutsiyasiga-veto-qoydi
Tojikistonda mamlakat fuqarolarining teraktga aloqadorligi haqidagi ma’lumot soxta deb ataldi

Tojikiston TIV respublika fuqarolarining Moskva viloyatidagi teraktga aloqadorligi to'g'risidagi ma'lumotni soxta deb atadi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/tojikistonda-mamlakat-fuqarolarining-teraktga-aloqadorligi-haqidagi-malumot-soxta-deb-ataldi
O‘zbekiston eksportidagi TOP-10 ta davlat

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-eksportidagi-top-10-ta-davlat
OAV: Dunyodagi beqarorlik hududi tinmay kengayib bormoqda

Shu yilning 12-martida Gaiti bosh vaziri Ariel Anri iste'foga chiqqanidan keyin ham mamlakatda vaziyat juda notinch bo'lib qolmoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/oav-dunyodagi-beqarorlik-hududi-tinmay-kengayib-bormoqda
Ukraina urushi: Bir million odam elektr quvvatisiz qoldi

Rossiya raketalari 22-mart kuni Ukraina energetika infratuzilmasiga zarba berib, bir million odamni elektr energiyasisiz qoldirdi. Xarkov eng ko‘p jabr ko‘rgan, Odessadagi 53 mingdan ortiq xonadon ham jabr ko‘rgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ukraina-urushi-bir-million-odam-elektr-quvvatisiz-qoldi
O'zbekistonning Moskvadagi elchixonasi jabrlanishi mumkin bo’lgan fuqarolarga yordam choralarini tashkil qilmoqda

"Krokus Siti Xoll" savdo markazida sodir etilgan terrorchilik hujumida jabrlanganlar orasida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining mavjudligini aniqlash maqsadida O'zbekistonning Moskvadagi elchixonasi xodimlari tomonidan Moskva shahri va Moskva viloyati tibbiyot muassasalariga sayyor tadbirlar o'tkazilmoqda. Bu haqda O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida ma'lum qilindi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonning-moskvadagi-elchixonasi-jabrlangan-fuqarolarga-yordam-choralarini-tashkil-qilmoqda
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o'rtasida telefon orqali muloqot bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda unga va do‘st Rossiya xalqiga Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/shavkat-mirziyoyev-va-vladimir-putin-ortasida-telefon-orqali-muloqot-bolib-otdi
Crocus City Hall’dagi teraktda ishtirok etgan terrorchilar Rossiya-Ukraina chegarasini kesib o'tmoqchi edilar

Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi Crocus City Hall teraktida ishtirok etgan terrorchilar Rossiya-Ukraina chegarasi tomon qochishga harakat qilishdi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari Rossiya FSB jamoatchilik bilan aloqalar markaziga tayanib xabar berishdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/crocus-city-halldagi-teraktda-ishtirok-etgan-terrorchilar-rossiya-ukraina-chegarasini-kesib-otmoqchi-edilar
2024/10/04 07:28:39
Back to Top
HTML Embed Code: