Telegram Web Link
​​Ўзингиз кола ичаркан, болага айрон берасиз. Боланинг наздида "айрон" жазо бўлиб кўринади.

Ўзингиз телевизор кўраркан, болага китоб ўқи дейсиз. Боланинг наздида "китоб" жазо бўлиб кўринади.

Ўзингиз телефондан кўз узмай, соатлаб интернетда ўтираркан, болани мажбурлаб ётоғига жўнатасиз, боланинг наздида "уйқу" жазо бўлиб кўринади.

Ўзингиз дўстларингиз (дугоналарингиз) билан мазза қилиб вақт ўтказаркан, боладан дарсларини бажаришни талаб қиласиз. Боланинг наздида "дарс" жазо бўлиб кўринади.

Энг гўзал, таъсирли даъват - яшаб, кўрсатиб берилганидир!
👦🏻 Bolalarni erkalash metodikasi haqida.

— Bolalarni erkalash ularning xohishlarni bajarish, moddiy manfaatlarini koʻproq qondirish, ularga moddiy mehribonlik qilishdan iborat emas. Afsus, ba‘zi ota-onalar «erkalash» deganda shularni tushunadilar...

— Aslida esa, erkalash bolalarga koʻproq mehr berish, ular bilan vaqt oʻtkazish, ular bilan birga amaliy oʻyinlar oʻynash, bolalarga ota-ona har qanday masalada ma‘naviy yordam berishi, oʻz maslahatlarini berishi erkalash boʻlishi kerak.

— Bola shunda sizga mehribon boʻladi, u ham sizga oʻzining eng yaxshi erkalash va mehr berish metodikalarini qoʻllaydi. Hozir ham, kelajakda ham u sizga doimo mehribon va eng yaxshi farzand boʻladi.

— U siz haqingizda qaygʻuradi, bolalariga, nabiralariga va boshqa yaqinlariga sizning mehringiz, tarbiyangiz, erkalashlaringiz haqida fahr bilan soʻzlab beradi.
​​СТРЕССДАН ҚУТИЛИШ УЧУН ТАВСИЯЛАР

Ҳозирги замонда стресс мавжуд бўлмаган ҳаётни тасаввур қилиш қийин. Ундан қандай йўл билан қутулиш мумкин эканлигини қуйидаги усуллардан ўзингизга мосини танлаб амалда қўллаб кўринг:

👉 Ёқимли нарса ҳақида ўйлаб юринг. Ҳаётингизда бўлиб ўтган ёрқин ва завқли лаҳзаларни эслаб, улар ҳақида кўпроқ ўйлашга ҳаракат қилинг.

👉 Медитация қилинг. Кунда бир неча марта ўн беш-йигирма дақиқа давомида ичингизда бир яхши гапни бир маромда қайтаринг.

👉 Стресс ҳолатини келтириб чиқарган вазиятдан хаёлан чиқиб кетинг. Ўша вазиятдан чиқиш йўлини ўйлаб, шунда қанчалик хурсанд бўлишингизни ич-ичингиздан ҳис этинг.

👉 Китоб ўқинг. Севимли китобни ўқиш сизга стресс ҳолатини эсдан чиқариб юборишга ёрдам беради.

👉 Ишни уйга олиб келманг. Ишхонадаги ишингизни ўша ерда тамомлаб уйга келинг. Уйда дам олинг.

👉 Стресс ҳолатини келтириб чиқарган муаммо илдизини топиб уни бартараф этишга ҳаракат қилинг.

👉 Ўсимликлар парвариши билан вақт ўтказинг.

👉 Турли хил таомлар пишириш билан ўзингизни овора қилинг.

👉 Ванна қабул қилинг.

👉 Кўчада тоза ҳавода айланиб келинг.

👉 Ҳеч нарса қилманг. Гоҳида ҳеч нарса қилмаслик ҳам медитация натижасини беради.

👉 Минғирланг. Минғирлаш физиологик жиҳатдан организмдаги оғриқ даражасини пасайтириш қобилиятига эга.

👉 Йиғлаб олинг. Йиғлаш стресс ҳолатидан осон чиқишнинг энг қулай йўли.

👉 Дардлашинг.

👉 Сиз севган ўйин билан банд бўлинг. Паркда-ми ёки компьютерда-ми ўзингизга ёққан ўйинга берилиб кетинг.

👉 Шукур қилинг. Ҳаётингиздаги бор яхшиликларни топиб барчаси учун шукур қилинг.

👉 Атрoфдагиларга яхшилик
қилинг. Сизга кўрсатилган миннатдорчилик сизга малҳам бўла олади.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Нолишни бас қилинг шукур қилинг, ибрат олинг!
Ҳозирда атрофимизда бўлаётган жараён бу дуода бўлинг!
Xotirjamlik – insonning eng katta dushmani!

🏹 Dzen ustozi o‘z o‘quvchisini kamondan o‘q uzishga o‘rgatayotgan edi. O‘quvchi kamonni va ikkita o‘qni olib, mashq bajarishga shaylandi. Biroq, Ustoz uning oldiga borib, undan o‘qning birini olib qo‘ydi.

— Nima uchun ikkinchi o‘qimni olib qo‘ydingiz? — so‘radi o‘quvchi.
— Men sendan ikkinchi o‘qingni emas, birinchi o‘qingni olib qo‘ydim, chunki birinchi o‘qing baribir nishonga tegmas edi.
— Ammo nima uchun? — hayrat bilan so‘radi o‘quvchi.
— Chunki o‘q uzayotib, sen zaxirada yana bitta urinish borligini anglab turgan bo‘lar eding, mana shu xotirjamlik, insonning eng katta dushmanidir, — dedi Ustoz.

Yapon rivoyati
Farzandingizni o'yindan to'smang!

Nima uchun o'ynayotgan bolalarga ogohlantirish beraverasiz yoki tahdid qilaverasiz:

– Baqirmasdan o'yna, boshimni og'ritib yubording!

– Nega hamma joyga o'yinchoqlaringni sochib tashlading, yig'ishtir!

– Qo'llaring buncha kir, toza o'yna. To'g'ri kelgan narsani ushlayverma!

– Shuncha o'ynaganing yetadi, bo'ldi endi!

Bolani hamma erkinliklardan cheklayverish hissiy kasalliklarga olib keladi!

O'yin – bu bolalarni o'z muammolarini hal qilishga, istaklarini nazorat qilishga, his-tuyg'ularni boshqarishga, muammolarga turli nuqtai nazardan qarashga o'rgatishning tabiiy usuli. Bu ko'nikmalarni egallashning boshqa yo'li yo'q. Shuning uchun bolaning o'yinga ko'p vaqt sarflashi juda muhimdir. Uni o'yinlardan cheklayvermang.

⚠️ Unutmang! Farzand sizning xohish istaklaringiz bo'yicha harakat qiladigan robot emas!
Fikrlash uchun vaqt ajratish kuch manbayi. Ishga vaqt ajratish bu muvaffaqiyatning bahosi. O'ynashga vaqt ajratish yoshlikning siri. O'qishga vaqt ajratish - bilimning asosidir. Dinga vaqt ajratish xudojo'ylik yo'lidir. Do'stlik uchun vaqt ajratish kuch va quvonch manbayi. Sevgiga vaqt ajratish bu hayotning muqaddas sovg'asi. Orzularga vaqt ajrating, faqat shu yo'l bilan ruh yulduzlarga yetib boradi.
Ona farzandiga so'zlar ekan, <-ma> qo'shimchasini qo'shmasligi, ya'ni salbiy jumlalar ishlatmasligi kerak. Chunki miya ijobiy jumlalarni qabul qiladi.
Masalan: - "Uyga kech kelma" deyish o'rniga "Uyga ertaroq kel" deyish o'rinli bo'ladi.
-"Hovliga chiqindi tashlama" demasdan "Chiqindini maxsus qutiga tashla"
-"Ukang bilan urushma" demang "Ukang bilan inoq bo'l" kabi so'zlarni ishlating. Shunda bolangiz sizning aytganlaringizni qilishga harakat qiladi.
​​Har qachon bir ish qilayotganingizda xuddi, sònggisidek qiling, shunda dildan qilinadi, xuddi, sònggi bor quchoqlagandek quching, xuddi, sònggi bor òqiyotgandek òqing namozingizni.

Gòyoki, sònggi bor kòrayotgandek mehr ila qarang, gòyoki, sònggi bor sòzlayotganday shirin sòzlang.

Kuningiz xayrli bòlsin, azizlar.😊

https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
👶🏻 Bolaning xotirasini kuchaytirish boʻyicha maslahat va tavsiyalar.

— Bola xotirasini kuchaytirishda, (7 yoshgacha) avalambor bolaning qiziqishlarini oʻrganing. Shunga qarab, u uchun qiziq boʻlgan oʻyinchoqlar, kompyuter shu kabi vositalar yordamida uning xotirasini kuchaytiring.

— Sxemali suratlar, rasmli boshqotirmalar, taqqoslov suratlari shu kabi qiziqarli rasmli boshqotirmalar bolalarni soʻzlarni, sanalarni eslab qolishini yaxshi ta‘minlaydi.

— Shuningdek, xotirani kuchaytirish ishlarini oilaviy stol atrofida turli xil oʻyinlar tashkil qilish orqali ham uyushtirish mumkin.

— Misol uchun: “Qo‘shnini ismi nima?” oʻyini — Bunda siz koʻchani boshidagi sariq darvozali uyda yashovchilarni ismni nima deysiz? Farzandingiz ularni sanab aytib beradi. Yoki “Yoʻlni toping” oʻyini — Bu oʻyinda siz bolangizdan yaqin atrofidagi dorixona yoki kosiblar doʻkoniga qanday borishni soʻraysiz. Farzandingiz esa sizga aytib beradi.
Hayotdagi eng muvaffaqiyatli odamlar bu savol beradiganlar. Ular doim o'rganishadi. Ular doim o'sib boradilar. Ular doimo yuksaladilar!

© Robert Kiosakini
Ҳаётингизда икки тоифа одамлар мавжуд.
Уларни бир-бирларидан ажрата билинг:

1️⃣ Бир тоифадагилари, бекор бўлган вақтини сизга сарф қиладилар...

2️⃣ Бошқа тоифадагилари эса сиз учун қимматли вақтини ажратадилар.

‼️ "Вақтим бўлмади"... "Вақтим йўқ эди"... "Иложини қилолмадим"... каби сўзларга асло ишонманг...
У инсонни вақти эмас, аслида ҳоҳиши йўқ.

❤️ Хоҳиш бўлса вақт ҳам, имконият ҳам топилади...

🤗 Тилагимиз, ёнингиздаги инсонлар на вақтини, на меҳрини сиздан аямай яшашсин! Сиз эса бахтдан сармаст бўлиб яшанг!

Бугун вақтингизни арзийдиган инсонларга сарфланг.
Кунингиз мазмунли ўтсин, азизлар!
Руҳий ҳордиқ ҳақида

Мия кун давомида маълумотларни ўзига қабул қилади. Агар сиз унинг бўшашига йўл қўймасангиз, кайфиятингиз, ишлашингиз ва соғлиғингиз ёмонлашади.


Мия иккита асосий иш режимига эга. Биринчиси, ҳаракатга йўналтирилган режим. Унинг ёрдами билан биз вазифаларни жамлаймиз, муаммоларни ҳал қиламиз, келадиган маълумотларни қайта ишлаймиз.

Бундан ташқари, пассив мия режими тармоғи мавжуд. Агар сиз китобни ўқиган бўлсангиз-у, сўнгги икки саҳифани эслай олмаслигингизни бирдан сезсангиз, демак сизда пассив мия режими фаоллашган бўлади ва сиз бегона нарсалар ҳақида ўйлайсиз.

Кун давомида танаффуслар бир неча марта амалга оширилиши керак. Тахминан ҳар 90 дақиқада дам олишни унутманг. Энг муҳими, "Дам олиш — бу маҳсулдорлигимга путур етказадиган ҳашамат", деб ўйлашни тўхтатишингиз керак.

Идишларни ювиш, боғда ишлаш, юриш ва бошқа шу каби ишлар пассив мия режими тармоғини фаоллаштириш учун қулай воситадир.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bola ota-onasini tanlab tugʻilmaydi...

Aksincha, ota-ona farzandini tilab olib, qiyinchilik bilan dunyoga keltiradi.

Lekin Allohning bu bergan neʼmatiga qanchalik shukrona keltiramiz?
👀 Сизни севишадими ёки сиз севасизми?

Ушбу саволга жавоб бериш учун юқоридаги расмда биринчи бўлиб нимани кўрганингизни айтинг
1.Дарахт
2.Қуёш
3.Аёл

Qushlar:   Siz to'g'ri va halol insonsiz. Yolg'on sizning hayot tarzingizga to'g'ri kelmaydi.                                                                     
Daraxtlar:   Siz tabiatan minimalsiz eng kamiga ham rozi bo'lasiz. Shu bilan bir qatorda maqsad sari doim intiluvchi insonsiz.                                                                                         
Ayol:   Siz perfeksionist insonsiz. Ya'ni kichik detallarga ham ko'p etibor qaratuvchi.  Hamma narsani tartibli va to'g'ri bo'lishini xoxlaysiz.👇👇👇

https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
#Davomi

Men yaxshi ona bo'la olmadim. Harakat qildim, ammo bo'la olmadim.

5 yoshli o'g'lim bor edi. U shu yoshgacha mendan ancha dakki eshitardi. Yo'q, uni yaxshi ko'rardim, ammo urushaverardim.
Uning o'zi meni bunga majbur qilar edi: ko'chaga chiqsa ahvoliga qarab bo'lmasdi. Kiyimlari kir, oyoqlari loy...
O'yinchoq o'ynasa uyni boshiga ko'tarardi. Lego qismlari necha marta oyog'imga kirib ketdi. Jon achchig'ida yana baqirardim.
Non yoki pechenye yesa divanlarni usti ushoq bo'lib ketar edi. Odamga o'xshab ovqat yemasdi. Hamma yoqqa to'kib-sochib, kiyimlarini rasvo qilib yerdi. Uyim uning dastidan suvarakka to'ldi.
Ayni bir ish bilan mashg'ul bo'lganimda kelib, meni chalg'itaverar edi. Savol beraverib, boshimni og'ritib yuborar edi. Men esa o'zim uchun ham yashagim kelar edi.

Baqirib, urushib katta qilgim kelmasdi, lekin o'zimni tutib tura olmasdim. Uning har bir harakati asabimga tegar edi, u men xohlaganday jim o'tirmasdi, men xohlaganday ovqatlanmasdi, men xohlaganday o'zini tutmasdi va bu menga ancha noqulayliklar tug'dirar edi.

Bir kuni Alloh O'z omonatini mendan qaytarib oldi. Bolajonim umuman kutilmaganda chin dunyoga ketdi...
Nima bo'lganiga tushunmay ham qoldim...
Uyim va qalbim bo'm-bo'sh bo'lib qoldi...

Endi bolamni kiyimlari toppa-toza. Ana, shkafda osig'liq turibdi. Ularni kiyib, kir qilib kelsayu, qayta-qayta yuvib bersam...

U kiyimlar bolam YASHAYOTGANI uchun kir bo'lar ekan...

Endi uyim tartibli. Ana, o'yinchoqlar bir chekkada yotibdi. Qani bularni yoyib, sochib o'ynaydigan Bolam tirik bo'lsa, o'zim ham qo'shilib u bilan o'ynardim.
Uyimdagi tartibsizlik uning BORLIGI sabadidan ekan...

Divanlar top-toza turibdi. Hechqayerda non ushoq, pechenye bo'lagi yo'q. Ammo o'sha betartiblik uchun hozir borimni berar edim.
Axir bu urvoqlar bolajonim nafas olayotganidan, sog'lom ekanligidan darak ekan 😭

Hozir uyim suv quygandek jim-jit, go'yoki o'zim uchun yashashga imkon berilgandek. Ammo bu hayot menga yoqmayabdi. Bolajonim menga savol berarkan atrofni MEN orqali o'rganishni, MENI e'tiborimni, MENI mehrimni xohlagan ekan. Butun dunyosi MENDAN iborat bo'lgan bolamni o'z dunyomga sig'dirmadim.

Men jim-jitlik, tartib, tozalikni xohladim va shunga erishdim. Menga shu kerakmidi?

Qani endi imkon berilsayu, o'zim xohlagandek ona bo'lsam...

Qani endi vaqtni orqaga qaytarsagu, men butun vaqtimni, umrimni bolamga sarflasam...

Qani endi yaxshi ona bo'lish ilmini o'rganib, Bolaga eng zo'r ona bo'la olsam...

Afsus, endi bu imkonsiz...
👶🏻 Farzandli bo'lgach...

Farzandli bo’lgandan keyin eyforiya qoplaydi. Onadan-da baxtlisi bo’lmaydi. 9 oy qalbida asragani endi bag’rida. 1-2 kun o’tadi bag’ridagi xo’jayinlik qila boshlaydi. Endilikda kunning 24 soatini va o’zini/sog’ligini ato etgan murg’akkinasiga hayrat-la boqadi. Ish o’qish to’xtaydi. Atrofdagilar munosabati o’zgara boshlaydi. To’g’ri ayol o’zgargan, endi u avvalgidek emas.

Ayol zo’r berib eski holiga qaytishga urinadi. Uxlamaydi, o’qiydi, chiroyli bo’lay deydi. Faolligiga qaytaman deydi. Charchaydi. Ux tortadi. Qiynaladi. Bildirmaydi. Ko’zlardan bilinadi. O’zini chalg’itishga urinadi. Epchildek ko’rinishga bor kuchini sarflaydi. Nimadirlar qiladi.

Tanishlar ayolni unutadi, do’stlar saralanadi. Endi Usiz tadbirlar o’ta boshlaydi. Ayol yig’laydi. Ko’ziga hamma yomon ko’rina boshlaydi.

Ammo
Lekin
Farzand arziydi.


Makhin

Sizda qanday hissiyotlar bor? 😍
Воқеаларни ташқи кўринишига қараб баҳоламанг!

Расмни чап тарафдан кўринг, у ерда бошқа ҳаёт мавжуд.
Менинг энг севимли ибораларимдан бири ойнанинг икки томони мавжуд, иккинчи томонини кўрмай туриб хулоса қилишга шошилманг!
Оиша розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади:

«Бир аъробий Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳузурларига келиб:

«Сизлар ёш болаларингизни ўпасизларми? Биз ўпмаймиз», деди.

Шунда Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам:

«Аллоҳ қалбингдан раҳматни суғуриб олган бўлса, мен нима ҳам қила олар эдим», дедилар».

Шарҳ: Демак, жажжи болаларни ўпиш кишининг қалбида раҳмат борлигининг аломати экан. Аксинча, ёш болаларни ўпмаслик қалбда раҳматнинг йўқлиги аломати экан.
2024/09/29 12:32:24
Back to Top
HTML Embed Code: