Telegram Web Link
Melanxolik bolajon.

Melanxolik bola nafaqat jim, balki mehribon, yumshoq, ishonchli va ochiqdir. U juda sezgir, hamma narsadan ehtiyotkor. Melankolik o'ziga ishonchsiz, unga o'zi tanlov qilish qiyin. Melanxoliklar notanish muhitda yo'qolib ketishadi va o'zlarini butunlay himoya qila olmaydilar. Eng kichik noqulaylik ularni muvozanatdan chiqarishi mumkin. Bunday bolajonlar faqat o'zlari sevgan va o'zlarini qulay va xavfsiz his qiladigan odamlar bilan baxtli bo'lishadi. Shuning uchun oilada melanxolik bolaning to'liq ishonadigan odami bo'lishi kerak. Va bolaga nafaqat ishonch, balki mehr, iliqlik va e'tibor ham kerak. Tinch bola begonalardan ehtiyot bo'ladi, notanish kattalar yoki tengdoshlari tomonidan qo'rqib ketishi mumkin, ular bilan gaplashishni yoki o'ynashni xohlamaydi.
Bunday bolalar sekin gapiradilar, kamdan-kam bahslashadilar, ko'pincha kuchli tengdoshlarining fikriga bo'ysunadilar.
Bunday temperamentga ega odamlar tezda charchashadi, qiyinchiliklarga duch kelsalar, adashadilar, tezda taslim bo'lishadi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi, umuman olganda, melankoliklarning baxtsiz mag'lubiyatga uchraganligini anglatmaydi. Ularning aksariyati adabiyotda, san’atda, katta e’tibor, ma’naviy noziklikni talab qiladigan kasblarda kuchli.
Melanxolikning ichki dunyosi nihoyatda boy, u his-tuyg'ularning chuqurligi va barqarorligi bilan ajralib turadi. Bolalar - melanxoliklar o'zlarini "kichkina kattalar" kabi tutadilar - ular juda oqilona, ular hamma narsaga izoh topishni yaxshi ko'radilar, ular yolg'izlikni yaxshi ko'radilar. Melanxoliklar o'zlariga va boshqalarga yuqori talablar qo'yadilar va yolg'izlikni osonlikcha engishadi.
Yopiq bolaning sokin ko'rinishi ortida - melankolik, xotirjam ota-onalar ko'pincha uning tajribasi va muammolarini sezmasligi mumkin.
Ota-onalar uchun tavsiyalar.

Kichkina melonxolik bolajon o'yinlar bilan tezlik, epchillik va tezlik uchun raqobat o'yinlarini o'ynamasligingiz kerak. Bolajon bilan chizish, modellashtirish, aplikatsiya, dizayn bilan shug'ullanish yaxshiroqdir. Biroq, siz velosiped haydashni, to'pni o'ynashni yoki arqondan sakrashni o'rgatishingiz mumkin.
Unga o'ziga bo'lgan ishonchni saqlashga harakat qiling, masalan, u o'zi qorong'i xonaga kirdi. Melankolik faollik istagini, qiyinchiliklarni engish qobiliyatini rivojlantirishi kerak. Bolaga uyatchanligi ustidan kichik g'alabalarni qo'lga kiritishga yordam bering: u o'yin maydonchasida tengdoshi bilan uchrashdi, sotuvchining qo'lidan xarid qildi. Farzandingizga mustaqillik bering, qaror qabul qilishga shoshilmang.
Ertak o'qiganingizdan yoki multfilm ko'rganingizdan so'ng, bolajon bilan u qayg'uli va u xursand bo'lganida uning his-tuyg'ulari haqida gapirishga harakat qiling. Qaysi xarakter unga ko'proq yoqdi va nima uchun? Qaysi qahramon sizga yoqmadi va nima uchun?
Bolaning tanishlar doirasi asta-sekin kengaytirilishi kerak. U birinchi navbatda bitta tengdoshi bilan o'ynasin. Va faqat bokajonga qulay bo'lgandan so'ng, siz boshqa bolalarni o'ynashga taklif qilishingiz mumkin. Maktabda o’qituvchi bilan bolajonning xususiyatlari haqida oldindan gaplashib, sezgirlik va e'tiborni so'rash yaxshidir. Bu bola tezda ishonchni his qilishi va yangi sharoitlarga tezda moslashishi uchun kerak. Agar melankolik jamoada o'zini qulay his qilsa, u tahlil markazi rolini o'ynashi va ixtirosi va zukkoligi uchun hurmatga sazovor bo’ladi.
https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
Bola nutqini yaxshilash

10 oydan 18 oygacha bola bir bo’g’inli so’zlarni aytishi kerak.

Dada, aya, momo, ma, suv, bum bum...

Bola 2 yoshida ham bir bo’g’inli so’zlarni aytmasa, imo-ishoralar bilan tushuntirsa bu xavotir oladigan vaziyat.

18 oylikdan 22 oylikkacha bir ikkita so’zlarni qo’shib gapira olish kerak. Bu bolaning normada rivojlanayotganini anglatadi.

Bola gapirishini orqaga tortadigan sabablar:

– Tibbiy;
– Ijtimoiy

❗️Bola gapirishi orqada qolishiga eng birinchi sabab:
Ona qornidaligida ayrim tibbiy taraflama zararlanishi. Bola gipoksiyaga uchrasa,Ona kamqon bo’lsa, onadagi surunkali kasallik sabab bolaning miyasi rivojlanishdan orqada qolsa, xromosomniy kasalliklar bilan dunyoga kelsa bola gapirishda tengdoshlardan orqada qoladi.

Homilardolik yaxshi o’tib, tug’ilish jarayonida boshidan jarohat olsa, til chiqish va aqliy faoliyatdan orqada qolib ketadi.

Bu jarayon nasliy bo’lishi mumkin. Ya’ni ota-onasida, avlodlarida shunaqa bo’lsa, ammo bu unchalik qo’rqinchli emas.

Bolaning tili kech chiqishiga ta’sir qiladigan ijtimoiy sabablar:

– Bola bilan muloqot qilinmasa;
– Ularni tengdoshlar orasiga qo’shmaslik;
– Bolaga qo’pol munosobatda munosabatda bo’lish.

Tibbiy sabablar o’z yo’liga, ammo ota-onalar ularning tili yaxshi chiqishi uchun eng katta sababkor.

Ko’p kitob o’qib Bering, ularni uy hayvonlari, sabzavotlar, uy jihozlari bilan tanishtiring. Ko’p-ko’p gaplashing, tushunmaydi deb unga gapirmaslik eng katta xato. Bolangizning tillari burro bo’lib chiqishi, aqlan rivojlanishiga o’zingizga bog’liq.
https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
▶️ Farzandlarim ahil emas, bunga yechim bormi?

— Farzandlar oʻrtasidagi ahil boʻlmaslik holatlari odatda ikki jinsdagilarida hamda bir jinsdagi orasidagi yoshlar farqi uzoq boʻlganda kuzatiladi. Bunga sabab asosan fikrlash, dunyo qarash, atrof-muhit va albatta ota-onalar sabab boʻladi.

— Buning ota-ona tomonidan qoʻllaniladigan yechimlariga ular oʻrtasida oʻzaro teng boʻling, birini erkalab, ikkinchisini esdan chiqarmang. Oʻzingiz sovgʻa olib kelsangiz, uni oʻgʻlingiz yoki kichik farzandingiz bersin. Har doim siz ularning qahramoni boʻlavermang!

— Katta yoshli farzandlarda esa oilada umumiy muhokamalarda ikkisini ishtirok etishga, fikr bildirishga chaqiring. Ularni ustunlik va zaif tomonlarini toʻgʻri qabul qilishini, bir-birini xurmat qilish kerakligini oilaviy muhitda koʻrsatib bering.

Shuningdek, ularning bir-biriga yoqmaydigan tomonlarini oʻrganing va ularga tajribangizdan kelib chiqib, toʻgʻri yechim toping va qoʻllang.
Қаттиқ ишламанг -- АҚЛ билан ишланг!

Ишга шошаётганлар кетдик.
https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI


Ҳеч қачон омадсизликдан бош эгма, чунки бахт қуши эгик бошларга қўнмайди!


Лионел Месси

Барча муаммоларга ечим бор...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Хайрли кун бахтлилар!

Бугун баттар бахтли бўлинглар
!
https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
Мияси майда-чуйда орзуларга тўла одамлар билан узоқ суҳбат қурманг. Улар сизнинг катта орзу-мақсадларингизни чўктиради.

Ҳаётдан аламзада ва норози инсонлар билан мулоқот қилманг. Ундайлар сизнинг ҳаётга бўлган қизиқишингизни, умидингизни сўндиради.

Жуда ҳам эҳтиёткор ва қўрқоқларни фикрларига қулоқ солманг. Улар туфайли таваккалга қўл уролмайсиз.

Дангаса, ишёқмаслар билан дўстлашманг. Акс ҳолда сизнинг миянгиз ҳам уларникига ўхшаб ҳаётда ўсиш учун имкониятлар эмас, кўпроқ ухлаш учун сабаблар излай бошлайди.

Катта орзулар қилинг, мақсадлар қўйинг. Унга етиш режасини тузинг ва бу йўлда сиз билан елкама-елка муаммоларингизни ҳал қилувчи, қувончингизга шерик бўлувчи дўстлар орттиринг!


Барча муаммоларга ечим бор..
Aqlli odamlarni ishga olib, keyin ularga nima qilishni oʻrgatish ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Biz aqlli odamlarni bizga nima qilish kerakligini aytish uchun yollaymiz.
© Stiv Jobs
TILNING GUNOHLARI
Boshqalarning gunoh ishlarini yashirishga o‘rganing, shunda Alloh sizning gunohlaringizni sir tutib beradi.

Boshqalarni kechiringki, sizni Alloh kechirsin. Boshqalarni ayblashdan uzoq bo‘ling, zero xuddi shu xatoni Alloh o‘zingizga qildirib qo‘yish bilan sinov berishidan o‘zingizni saqlang. Allohga hamd-u sanolar bo‘lsin, bizni ham ko‘zli, oyoqli, eshitishimiz uchun quloqli qilib yaratdi.

Boshqa maxluqotlardan farqli odamni o‘z fikrini bildirishga qodir qilib qo‘ydi. Fikrlay olish qudratini berdi va yaxshini yomondan, halolni haromdan ajrata olishga imkon yaratib qo‘ydi. Alloh insonning qalbiga bilimlar berdi-yu, uni til bilan to‘sib qo‘ydi. Shuning uchun inson miyasidagi fikrlarni va qalbidan o‘tganlarini hammasiniyam tiliga chiqaravermaydi. Aslida til ochish uchun emas, yopish uchun xizmat qilar ekan. Chunki miyadagi har bir fikrniyam aytmasdan keragini saralab aytar ekan. Til qalbdagi har bir o‘tganlarni ham bildiravermasdan sir tutib parda ortiga yashirar ekan.

Til eng kichik organ bo‘lsa-da, eng kuchli og‘riq paydo qila oluvchi, eng katta urushlarning boshlanishiga sabab bo‘luvchi, eng katta buzg‘unchiliklarning sababchisiga aylanib qoluvchi a’zo ekan. Til orqali ishonch paydo bo‘ladi, til orqali ishonch yo‘qoladi. Til orqali bo‘ysuniladi, til orqali bosh ko‘tariladi. Til yolg‘onni ham yetkazishga, g‘iybatning ham paydo bo‘lishiga aldashning eng kuchli buzg‘unchiligiga ham sababchi organdir. Organizmda tildek katta o‘rin tutadigan a’zo yo‘qdek. Qosh, ko‘z, quloq, miya, qo‘l, oyoq ham tildek qudratga ega emas. Til orqali shaytonning kirishi ham oson, til orqali Rahmonga yetishning ham yo‘li tilsizlik bilan.

Tilning tagida yuganchasi ham bo‘lib, u tilni jilovlash uchun yaratilgan. Ammo, bu yugancha faqat iymonning kuchi bilan ishlaydi. Tilning iymon Alloh yo‘lida va Alloh yaratgan barcha maxluqot, mavjudot, koinot va nabototga foydali yo‘lda ishlatish niyati bilan ishga tushadi. Ham dunyo, ham oxiratda tilning javobi katta. Eng katta avrat ham til. Ovoz ham avratligini bilasizmi? Organizmdagi eng bo‘ysunmaydigan organ ham til. Tilga ham ta’m bilish, ham ovoz paydo bo‘lishida qatnashish, ham ovqatni yamlash va shularning orasida miyadagi fikrlar, qalbdan o‘tganlariga to‘siq bo‘ladigan ham tildir.

Shaytonning eng kuchli quroli ham tilni egallash bilan amalga oshirilar ekan. Tilning qanchalik xavf olib kelishi va tilning iymon yuganchasi ishlab sukut saqlaganida qanchalik foyda keltirishini tasavvur ham qilish mushkul. Tilingizni asrasangiz o‘zingizni asraysiz. O‘zingizni asrash iymoningizni asrash bilan tenglanadi. Jannatga kirishning eng oson yo‘li ham sukut saqlash orqali ekan. Mo‘min odamning tili yuragining orqasiga yashirinib olar ekan.
Zebiniso Ahmedova
https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Устозлар ҳақидаги бир дона савол ўзбекистонлик санъат вакилларини ўйлантирди, кўзларини ёшлатди...
Сиз нима деб жавоб берган бўлардингиз бу саволга?
👶🏻Yig‘layotgan bolani telefon berib ko‘ndirish qanchalik to‘g‘ri?

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bolani tinchlantirish uchun gadjetlardan muntazam foydalanish kayfiyatning tez-tez o‘zgarishiga va impulsivlikning kuchayishiga olib keladi. Bu, ayniqsa, ilgari impulsivlik va giperaktivlikni namoyish etgan o‘g‘il bolalarda seziladi.

Ekranlar bilan doimiy ravishda chalg‘itish natijasida ular his-tuyg‘ularni o‘zlari hal qilish usullarini rivojlantira olmaydi.

Smartfon yoki planshetlardan o‘rtacha darajada foydalanish, agar oila ularni bolani tinchlantirishning asosiy usuli deb hisoblamasa, zarar qilmaydi.

𝙎𝙝𝙞𝙧𝙞𝙣𝙩𝙤𝙮 𝙗𝙤𝙡𝙖𝙟𝙤𝙣𝙡𝙖𝙧𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙫𝙞𝙙𝙚𝙤 𝙫𝙖 𝙧𝙖𝙨𝙢𝙡𝙖𝙧𝙞 ❤️ 👇
https://www.tg-me.com/+Pmn07gPCMe01NWI6
🌿 Тарбия бу — сиз ўйлаб топган идеалингизга болангизни ўхшатиш учун қилаётган хатти-харакатларингиз жамланмасидир.
Ҳар доим ота-она фарзандини тарбиялаганда ўз эҳтиёжларини хисобга олади.
Яьни фарзанд обрў учун, сизнинг талабларингизга жавоб бериши учун, сизнинг эҳтиёжларингизни қондириши учун тарбияланаётган бўлиши мумкин.

Фарзандингизга қимматбаҳо кийим кийгазиш бу тарбия эмас, бу сиз учун керак бўлган бир холат.
Агар сизнинг фарзандингиз қимматбаҳо кийим кийса, сиз ўзингизни шунга қодир бўлганингиздан қониқасиз, ва шу кийимни олиб берганингиз ҳақида бошқаларда фикр пайдо бўлишига интилмоқдасиз холос.
Болани тўғри тарбиялаётган ота-она билан нотўғри тарбиялаётган ота-онанинг фарқи "Бола тарбиясига қани вақт" дейишларидадир.

Нималарга вақт топаябсиз?
Ўзингизга хисоб беринг.
🔥9 мотивацион одатлар:

⚡️1. Эрта туриш.
Хамма омадли инсонлар эрта турадилар. Қанақадир сехрли нарса борда бунда. Чунки бутун борлиқ ухлаб ётганда сен эрта уйғонсанг – ўзингни бошқача сезасан, тетик сезасан ўзингни, вақтинг кўп бўлади, бутун кунинг баракали бўлади.

⚡️2. Китоб ўқиш.
Агар кун давомида телевизор кўриш ёки компьютерда ўтиршини бир соатини китоб ўқиш билан алмаштирсангиз, атрофингиздаги инсонлар орасидаги энг ақиллиси бўласиз. Соволларга тез жавоб топадиган бўласиз, сиз билан сухбат қилиш қизиқарли бўлади.

⚡️3. Осонлаштиришни ўрганиш.
Осонлаштириш – бу кераксиз ва фойдисиз нарсаларни четлатиш. Хамма керакли нарсаларнини осонлаштириш ва соддалаштириш керак. Буни ўрганиш кўп вақтни талаб қилса хам, охир оқибат яхши натижа беради. Хотирангиз енгил бўлиб камроқ асабийлашас. Хаётдан кўпроқ лаззат оласиз.

⚡️4. Тўхташ.
Доимо асабийлашиб яшаб хаётдан завқ олиб яшаб бўлмайди. Ўзингиз учун сокинлик вақтини топиб, тўхтанг, ичики овозингизга қулоқ тутинг ва эшитинг. Эрта туришни одат қилинг, чунки бу вақтда сокинлик хукум суради, фикрлаш, медитация, янги ғояларга вақт кўп бўлади. Хаётингизни секинлаштиринг, шунда, сиз нимани ортидан югирган бўлсангиз, ўша нарсалар сизнинг ортингиздан юради.

⚡️5. Машқ қилинг.
Доимо харакатда бўлишлик соғликни асрайди. Спорт билан нафақат тренажер залда, балки уйда хам шуғулланса бўлади.

⚡️6. Доимий амалиёт.
Инсон қанчалик кўп амалиёт қилса, шунчалик омадли бўлаверади. Омад дегани ўзи – бу амалиётни имкониятлар билан учрашуви демакдир. Амалиётсиз инсон ўзининг қобилиятини кўрсатиб беролмайди.

⚡️7. Атроф-мухит.
Атроф-мухитингизни позитив, тўғри фикрлайдиган яхши инсонлар билан ўранг. Улар сиз учун энг яхши мотивация ва фойдали маслахатлар бераоладилар.

⚡️8. Шукроналик.
Шукроналик бу энг яхши одат. Бор нарсангиз учун доимо шукр қилинг ва яхши нарсалар учун интилинг. Шукроналик - янги қувончлар учун энг яхши сабаб.

⚡️9. Тиришқоқ бўлинг.
Томас Эдисон электр лампочкани кашф этишдан олдин 10000 мартда омадсиз уриниш қилган экан. Уолт Дисней эса орзуси амалга ошгунча Диснейленд паркни очиш учун 303 та банкни рад жавобини олган экан. Агар омадга эришишни хохласангиз, тиришқоқ бўлинг ва таслим бўлманг.
Bir boy odam Aristotelni oldiga borib, o'g'liga saboq berishni taklif qildi. Faylasuf ta'lim uchun juda katta pul so'radi. Boyning ziqnaligi tutib, "bunday pulga eshak sotib olish mumkin" dedi.
- Xo'o'sh, sotib ol, - dedi faylasuf, - Shunda sening eshaking ikkita bo'ladi..

Bilimga, rivojlanishga tikilgan investitsiya har doim manfaatli bo'lgan.
2024/09/29 14:14:37
Back to Top
HTML Embed Code: