Telegram Web Link
Bilish vа tushunish...

Bilamizmi? Yoki tushunamizmi?

1. Kasalni ko‘rganda kasallik nimaligini bilasiz, kasal bo‘lganingizda esa tushunasiz.

2. O‘lim haqligini bilasiz, doktor bir oy umringiz qolganini aytsa tushunasiz.

3. O‘qish kerakligini bilasiz, hayotda bilim sabab qiynalmaguningizcha tushunmaysiz.

4. Hayot saboqlarini muvaffaqiyatli insonlardan eshitib bila boshlaysiz, o‘zingiz hayot qiyinchiliklari bilan yuzlashmaguningizcha tushunmaysiz.

Qiyinchiliklar bizni bilishdan tushunishga yetaklaydi☝️


Xulosa bizda hamkasblarimiz bilan ohirgi 4 oy moliyaviy tomondan muammolar bo'ldi. Bu pul bilan muomalani , qolaversa tejamkorlikni yana bir bor tushinishimizga sabab bo'ldi.

Hammasi dars uchun aslida,
biz esa bu dunyoda rizqimiz uzulguncha imtihondan o'taveramiz ...😊😊😊😊
​​💁‍♀️Болани қучоқлаш методикаси!

Бир машҳур психолог бола учун зарур бўлган қучоқларни санаб чиқди, улар инсонга бахтли бўлиш учун жуда зарур экан.

❗️Агар бир кунда ҳеч бўлмаса 4 марта қучоқлашсангиз, бу унинг Ер сайёрасида нормал мавжуд бўлишига ёрдам беради.

❗️8 таси унинг фаоллигини таъминлайди.

❗️12 ва ундан ортик багризга босганингизда эса унинг организми ўсиб ривожланиши аникланган.

❗️Яна бир факт, болангизни қучоқлаб ўпиб қўйиш - сиз ота-оналарнинг ҳам саломатлигингиз ва руҳий хотиржамлигингизга ижобий таъсир кўрсатиб иш коэффициентингизни оширади.

Болажонларим қанисиз😘😍😘@BOLA_PSIXOLOGIYASI
Farzandlarimizga o'rnak bo'laylik

Rivoyatga ko'ra, Hasan Basriy hazratlari bir haj mavsumi - bayrami sharifda ortida zil zambil bilan tavof etayotgan bir kishini ko'rdilar:
--- Orqangizdagi zambilni qo'yib, bemalolroq tavof etsangiz bo'lmaydimi? - dedilar,
--- Orqamdagi zambil yuk emas, og'irligini sezmayman. U otamdir. Yetti galdan beri Shom tomondan ko'tarib kelib, haj qildirib ketyapman, - dedi u kishi.
Hasan Basriy hazratlari aytdilarki:
--- Ey, aziz birodar. Umringiz yetib qiyomatgacha shunday qilsangiz ham, ota onaning bir martagina "Sendan roziman, farzandim" degan roziligiga teng bo'lolmaydi. Hech bir ibodat ularni xursand qilishning o'rniga o'tmaydi
.

Yuqoridagi hikoyadan ota ona bo'lib qanchalik buyuk martabaga erishganimizni tushunish qiyin emas. Lekin o'ylanib qolasan kishi, o'zimiz farzand bo'lib ota onamizni xursand qildikmi? Axir xalqimizda "Ekkaningni o'rasan" - degan gap bor. Shu sababli ham biz kattalar ota onalarimizga mehribon, e'tiborli bo'lsak farzandlarimiz bizdan o'rnak olishi shubhasiz.
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
KOINOT QONUNLARI

Tabiatda shunday bir qonun mavjud! Bu - hamma narsa energiyadan iboratdir. U yaratilmaydi va parchalanmaydi, u doimiy xarakatda, u o'z shaklini o'zgartirib turadi. Atrofimizdagi har qanday narsa, buyum - elektron, proton, netron va undanam kichik atomlardan iboratdir. U musbat va manfiy zaryadlangan bo'ladi va undan energiya ajralib chiqadi, bundan kelib chiqadiki biz hammamiz energiyadan iboratmiz.

Koinotda energiyaning  8️⃣ ta qonuni mavjud:

1️⃣ TRANSMUTATSIYA QONUNI:
Yani o'zgarish qonuni energiya yuqori va past chastota maydonlarga o'tib o'zgarib turadi. U xech qachon o'lmaydi faqat transformatsiya bo'ladi. Ruxiy kuch olami yani oliy ong qudrati yuqori energiya bilan bizni dunyoimizga past energiyaga o'tishi.

2️⃣ VIBRATSIYA va REZONAS QONUNI:
Vibratsiya bu tebranishdir, ikkita bir xil narsa tebranib kuchaysa vibratsiyani shu xolati rezonans xolati ro'y beradi. Fikirlar xarakatdagi to'lqindir. Fokus bir joyga qaratilsa vibratsiya kuchayib, o'ziga o'xshash boshqa vibratsiyalar oqimini o'ziga tortib natija xosil bo'ladi. Masalan: siz salbiy to'lqinda bo'lsangiz omadsizlik ketidan omadsizlik kelaveradi va xar safar oldingisidan vaziyat qaltislashib boraveradi. Niyatizga etibor bering.

3️⃣ QUTUBLILIK QONUNI: Hayotda hamma narsa qutubli yani qarama-qarshi tomoni bor. Sizda tanlash xuquqi bor. Siz xoxlagan tomoni tanlashingiz mumkin xayotingiz shunga,  fikrlashingizga bog'liq! Yani omad yoki omadsizlik, baxt yoki baxtsizlik,  kambag'allik yoki bo'ylik, muammo yoki echim va x.k...
Siz agar yomon xolatda bolsangiz e'tiborizi uni qarama qarshi tarafi yani yaxshi tomonini tanlash imkoniyati mavjud.

4️⃣ RITM QONUNI: Masalan: siz 2xil joyda bir vaqtning o'zida bo'lolmaysiz! Xamma narsa ritm qonuniga asosan ishlaydi. Masalan fasllar almashinishi yoki kun tugab tun kelishi. Sizning xolatingizga fikrlashingizga bog'liq xammasi ,siz tayyorlanishingiz kk vaziyat o'zgarishiga va doim bir xolat saqlanib turavermasligiga. Yani qishdan keyin baxorga tayyorgarlik qilib ekish fasliga tayyorlanasiz, sizni xissiyotlaringizga bog'liq sharoit o'zgarishi.

5️⃣ NISBIYLIK QONUNI: Siz taqqoslamagunizcha xech narsa o'zgarmaydi, xammasi siz uni nima bilan taqqoslashingizga bog'liq. Yaxshi narsa bn taqqoslashangiz shatoitingiz yomonga o'xshab ko'rinadi, agar yomroq narsaga taqqoslasangiz sharoitingiz yaxshi bo'lib shukronalik tuyasiz. Bitta narsa 2xil yondashuv. Bu xolatda xam o'ziz xal qilasiz xayotingiz qanday bo'lishini,  yani taqqoslamang va fikrni faqat yaxshi narsalarga qarating.

6️⃣ XARAKAT QONUNI: Borliq doim xarakatda, energiya xam doimiy xarakatda bo'ladi. Turib qolgan energiya  balans buzilishiga olib keladi. Tabiatda xamma narsa o'tkazuvchidir. Nima bilan shug'ullanishingizdan qat'iy nazar xarakatsiz natijaga teng. Yani biznes boshlash uchun mayda qadam tashlash kk.
Energiyani tog'ri xarakatlanishi bu borliqdagi xamma narsa balansda bo'lishini ta'minlaydi.

7️⃣ SABAB va NATIJA QONUNI:
Siz hamisha fikirlarizi sababga qaratishingiz kerak. Xarakatizni yaxshi tomonga natijaga olishga yo'naltirishingiz kerak bo'ladi. Natija faqat moddiy dunyoda namayon bo'ladi. Koinotga qanday fikrlar jo'natsangiz xuddi shunday sabab bo'lib qaytadi. Xozirgi xolatingiz bu natija! Yani sizning fikrlaringiz natijasidir.  Atrof olam sizni aksidalilu
8️⃣ YETILISH QONUNI: Har narsa yetilishi uchun ma'lum bir dalilu kerak bo'ladi, undan oldin pishib yetilmagan hisoblanadi. Go'ya bu urug'dir yani u yetilishi uchun, amalga oshishi va moddiylashib natija olish uchun, koinotga vaqt kerak. Bu holatni sezish, kutish, anglash va albatta ishonish kerak. Bu ma'lum bir vaqt ketadigan jarayondir. Buni uchun o'zingizni xarakatlarizni to'xtatmasligingiz kerak. Biror natijaga erishish uchun, vizualizatsiya bilan to'xtovsiz shug'ullanish talab etiladi.

Kanalimizga do'stlaringizni taklif qiling!
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
Дунёда ҳеч нарса қатъият ўрнини эгаллай олмайди, ҳеч бир қобилияти ёки таланти бўлмасада  лекин  қатиятли инсонлар қобилияти борлардан кўра кўпроқ ютуққа эриша олади. Ягона куч бу қатъиятдир.
Yangi avlod avvalgilaridan ko'p jihatdan farq qiladi.

Ota-onalar nafaqat biror narsani o'rgatishlari mumkin, balki bolalar ham ota-onalarga yangi ko'nikmalarni o'rgatishlari mumkin.

Bugungi bolalar ko'p vazifani bajarish uchun ajoyib qobiliyatni namoyish etadilar (va vazifalarni ketma-ket bajarish norma hisoblanadi), ularning idroki "ko'p kanalli", ma'lumot bir vaqtning o'zida bir nechta manbalardan qabul qilinadi (va ularga "naushniklarni oling" deyishadi. quloqlaringizdan tashqarida, aks holda siz diqqatni to'g'ri to'play olmaysiz"), masalan, deyarli tug'ilishdan boshlab ular har qanday texnologiya bilan muloqot qilishga tayyor.
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
Кунларнинг энг яхшиси,  сиз шукур қилиб,  қалбдан табассум қилган кунингиздир...!!!!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Онанинг елкасидаги ташвиш

Бу кўпроқ ўзбек аёлига ўхшар экан. Боласи, уй-рўзғор ишлари, эрни ва қайнана-қайнота хизмати...

🤲 Аллоҳ ажрингизни кўпайтириб, Жаннати билан сийласин сизларни азиз аёллар
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃bir ko'rganda ahmaqona ko'ringan bu vidioni qayta ko'rsangiz,atrofdagilarni bir biriga qanchalik ta'sir o'tkaza olishini tushunib yetasiz.bu psixologik faktdir.


Atrofizga doim pazitiv insonlarni yig'ing,albatta sizni tushunadigan😊😊

psixologiyaaa😍😍😍@BOLA_PSIXOLOGIYASI
Farzandlarimizdagi iqtidorni uygʻotish
Farzandlarimizning iqtidorini uygʻotishda onalarning xizmati juda ham katta
Ularning qobiliyatlari rivojlanishi uchun oʻzlari xohlagan toʻgaraklarga, kurslarga, mashgʻulotlarga berishimiz juda ham muhimdir
Ularning har bir natijasi, eng kichkina boʻlsada muvaffaqiyatiga eʼtibor berib, maqtab turishimiz, sevgimiz, mehrimiz bilan ragʻbatlantirib turishimiz ularning iqtidorlari uygʻonishida juda muhim rol oʻynaydi
Farzandlarimiz ham ularni maqtashimizni, har bir hatti-harakatiga eʼtibor berishimizni kutishadi
Yoshligingizni eslasangiz har birimiz ota-onamizdan shunday mehr kutganmiz
Ba'zida onalar farzandiga xuddi oʻzini qurolidek qaraydi
Ya'ni erisholmagan orzulariga olib boruvchi, oʻzini qadriyatlarini mustahkamlovchi insondek qaraydi

Mana shu shartli munosabatlarimiz bilan ularning iqtidorlarini cheklab, kelajakka olib boruvchi qanotlarini kesib tashlaymiz
Farzandlarimizni qo'llab quvvatlaylik. Ular bizni kelajagimiz
https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
🔶 "Ikki daqiqalik fikr" mashqi.

“Ikki daqiqalik fikr” diqqatni jamlash uchun foydali mashq hisoblanadi.
Qo’lingizdagi soatning daqiqani ko’rsatuvchi belgisiga ikki daqiqa qarab turasiz va
hech narsani o’ylamaysiz. Avvaliga hayolingiz boshqa narsalarga chalg’iydi, lekin
taxminan 21 kunlik mashqlardan so’ng diqqatingizni osonlik bilan jamlay olasiz.
Muvaffaqiyat yo’lida zarur bo’lgan muhim sifatlardan biri, uzoq muddat davomida
diqqatni jamlay olish qobiliyatidir. Diqqatni jamlash mushaklarini rivojlantirsangiz, hech qanday vazifa siz uchun mushkullik tug’dirmaydi.

https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
MULOHAZA

Bolangizni qutqaring!

Samolyotda styuardessa qutqaruv moslamasini namoyish qilayotib, kislorod maskasi haqida shunday deydi:
“Agar bolangiz bilan sayohatga chiqgan bo’lsangiz, samolyotda havfli vaziyat sodir bo’lsa, niqob bilan avval o’zingizni so’ng farzandingizni taminlang”
(Sababi bolangizni qutqaraman deb, ham o’zingiz ham farzandingiz nobud bo’lishi mumkin. O’zingizni qutqarsangiz farzandingizni ham qutqara olasiz)

Eng katta haqiqat shudir.
Hamma o’zi ruhiy yordamga muhtoj bo’la turib, bolasiga yordam berishga urinadi. Bu ish bermaydi. Agar bolaga yaxshi bo’lishini istasangiz, avval o’zingizga yordam bering. Siz baxtli bo’lsangiz, bolangiz ham baxtli bo'ladi.
https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
Turkiyadagi zilziladan so‘ng, bir ayol achchiq ko‘zyoshlari bilan shunday dedi:

😔"Bir necha soniya ichida, men uyim, erim va hamma farzandlarimdan ayrildim. Bir soniya ichida... Bungacha, ko‘p yillar mobaynida o‘zimni nimadandir maxrum va yetishmovchilik ichida deb bilardim. Uyimdagi eski narsalarga qarab, hech narsam yo‘q, deb o‘ylardim, asabiylashardim...
Endi tushundim, ammo juda kech... Bilsam, Alloh taoloning rahmatiga cho‘milib yurgan ekanman.

🌱Hayotni e’zozlang. Alloh taolo ato qilgan ne’matlar qadriga yeting. Farzandlaringizni seving. Doim, shukur qiling, minnatdor bo‘ling...
Bir laxza bo‘lsa ham uyimga qaytish, farzandlarimni bag‘rimga bosishni istayman...
Oilasiz qolish nima ekanini bilasizlarmi, o‘zi?
Uyingiz endi yo‘q ekanini, tushunasizlarmi?
Uydagi farovonlik va oilaga ega bo‘lish bilan teng keladigan narsa yo‘q.
Barcha ne’matlar uchun Allohga hamdlar bo‘lsin!"

Xulosa oʻzingizdan!
https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
БУЮК ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ!

Илон Маскнинг онаси Мэй Маск

TESLA ва SPACE X компаниялари асосчисининг онаси Forbs журналига интервюсида шундай дейди:

Мен фарзиндларимга турли экпериментлар ўтказиш, хатолар қилиш ва актив ривожланишга рухсат берганман.

Улар учун тўғри хисобланган нарсаларга аралашмаганман. Токи келажакда асқотадиган иш билан шуғилланаяпсизми позитив кайфиятни сақланг ва тўхтаманг!

Тўрт хил тилда гаплаша оладиган 70 ёшли Мэй Маск Торонто университетида илмий ходим хисобланади. Канада Диетологлар хамжамиятини бошқарибгина қолмай моделлик ва коллежда ўкитувчи бўлиб хам ишлайди.

Унинг айтишича тадбиркорлик бу узоқ вақт талаб қиладиган жараён. Тунни тонгга улаб ишлашингизга тўғри келади. Агар ишингиз ёқмаятган бўлса ўзгартиринг, чўнтагингизга зарар етса хам. Янги имкониятлардан фойдаланишдан қўркманг!
НАСА космик тадқиқотлар илмий марказидаги «Асалари» номли деворий суратда шундай деб ёзилган:👇
«Аэродинамика қоидаларига кўра, асаларилари танаси учишга яроқсиздир, аммо унинг ўзи бундан бехабарлиги - айни муддао
Физика қонунларига кўра, асаларининг жуссаси қанотларига нисбатан анча катта - бундай оғир юк билан парвоз қилиш имконсиз. Бахтга қарши асалари бу ноқулайликдан бехабар.

🐝 Асалари:
У учиши мумкинлигига ишонади,
У учиши мумкинлигини билади,
У парвоз учун туғилган.

Ўйлаб кўринг, асалари ҳақиқатни билганида нима бўлар эди?
Тасаввур қилинг-а, «сен уча олмайсан»,  деган биргина гап унинг имкониятларини тўсиб, парвоз қилишдан тўхтатиб қолса, туғилиши билан атрофдаги чекловлар унга асалари эмас, ердаги қумурсқа бўлишини белгилаб берса...
Бу ҳолат асалари билан рўй бермайди, аммо аксарият одамларнинг тақдири шундай якун топади - баъзан муҳит ёки бошқаларнинг фикри бизнинг қанотларимизни кесиб, парвоз қилишга йўл қўймайди. Ҳаётга бошқача кўз билан қараш учун «сен уча олмайсан» қабилидаги қоидаларни инкор қилиш керак.
Сизни парвозга бошлайдиган чинакам куч ташқарида эмас, ичкарида, у - ишончдир.
Сизда нималар жам, нега туғилгансиз ва мақсадингиз нима?

Эсда тутинг: Сиз кимнинг нима дейишига қарамай, ҳар қандай вазиятда ҳар қандай қийинчиликларни енгиб ўтишингиз мумкин.

Шуҳрат Сатторов "Биз ғалаба қозонамиз"
🔹 Agar farzandingiz gaplari bilan sizni bezor qilayotgan boʻlsa, boshqalar farzandini qani edi bironta soʻz gapirsa edi deya orzu qilmoqda.

🔹 Agar farzandingiz serharakati va shoʻxligi bilan sizni bezovta qilayotgan boʻlsa, boshqalar farzandini hech boʻlmasa yuziga qoʻngan pashshani qoʻli bilan hayday olsaydi, deya orzulamoqda.

☝️ Narsalar asl koʻrinishi goʻzalligini uni qoʻldan boy beribgina chuqur his qilasiz. Shunday ekan, Alloh sizga ato etgan, rizq qilib bergan narsalariga hamd ayting!
PROFЕSSORNING SABOGʻI

Professor suv to'ldirilgan stakanni oldi. Qo'llarini oldinga uzatib talabalardan so'radi:
– Stakanning vazni qancha deb o'ylaysizlar?
Sinfga jon kirdi, har kim o'zicha taxmin qildi.
– Ikki yuz gramm chiqar-ov. Balki uch yuz grammdir. Bor-e, ana besh yuz gramm bo'lsin.
– Tortib ko'rmaguncha, aniq vaznini baribir bilib bo'lmaydi. Lekin hozir bu muhim emas. So'ramoqchi bo'lganim: agar idishni shu holda bir necha daqiqa ushlab tursam, nima bo'ladi?
– Hech narsa.
– To'g'ri, hech narsa bo'lmaydi, – dedi professor. – Deylik, ikki soat ushlab tursam-chi, unda nima bo'ladi?
– Qo'llaringiz og'rib ketadi.
– Bir kun tutib tursam-chi?
– Qo'llaringiz uyushib, tamom bo'ladi. Mushaklaringiz shikastlanishi ham mumkin. Balki davolanishingizga to'g'ri kelar.
– Kun bo'yi ushlab tursam, stakanning vazni o'zgaradimi?
– Aslo yo'q!
– Xo'sh, bu ahvoldan qutulish uchun nima qilishim kerak?
– Idishni qaytarib stol ustiga qo'ying!
– Yashanglar! – yuziga kulgi yugurib javob berdi professor. – Hayotda uchraydigan qiyinchiliklar ham shunga o'xshaydi. Agar muammolar haqida bir necha daqiqa o'ylasangiz, ular sizga yaqinlashadi. Fikringizni bir necha soat ular bilan band qilsangiz, tinkangizni qurita boshlaydi. Kun bo'yi shu muammolar dardi bilan yursangiz bormi, miyangiz falajlanib qolishi – to'g'ri qaror qabul qilolmaydigan holga kelishi aniq. Muammolar haqida o'ylayverish biron-bir yaxshi natijaga olib bormaydi. Bu bilan muammoning “vazn”i ham o'zgarib qolmaydi. Ular bilan kurashishning yagona yo'li – harakat qilish. Muammoni hal qiling yoki bir chetga surib qo'ying. yuragingizga yuk bo'lib tushadigan og'ir toshlarni – qayg'uli o'y-xayollarni ko'tarib yurish yaramaydi.

“Baxtli hayot sari” kitobidan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўтиб кетаётган вақт эмас, бу умрдир

Беш кунлик дунёда фақат иш-иш деб эмас, яқинларингизга ҳам вақт ажратинг
Барча оила бошлиқлари кўришларини истардим
2024/09/29 20:29:00
Back to Top
HTML Embed Code: