Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бола онгини ўсирувчи машқ.
Odamlarning turlari va tavsiflari

AGRЕSSIV ODAMLAR
Agressiv odam hamma joyda o‘z hukmini o‘tkazishni istaydi. Bu insonga bo‘ysunmaydiganlarga o‘z kuchi bilan jazo beradi. Bu jazo sizni pastga urish, sizga taxdid qilish, sizni o‘ziga bo‘ysundirish, sizga taysiq o‘tkazish, siringizni olib, oshkor qilish uchun qo‘rqitish kabi ko‘rinishlar bilan namoyon bo‘ladi.

EMOTSIONAL ODAMLAR
Bu insonlarning birinchi ehtiyoji hissiyotlarini bildirishdir. Baqirish, ovoz chiqarib yig‘lash, eshikni yuzingizga yopib ketish, qoshiqni taqqilatib urib turib ketish, qog‘ozlarni ko‘z oldingizda yirtib tashlash kabi "hususiyatlari" bor ularning. Tortishuvda bari-bir yengish uchun hissiyotlarining borini ishlatadi. "Shahar sharmandaniki!" deyishadimi ular haqida. Hullasi, emotsional odamlar uchun ham hissiyotlari kerak ish o‘rinlari bordir, ammo, bundan qanday qiynoqlar kelib chiqishini siz yaxshiroq tushunasiz.

LOGIK MANTIQLI ODAM
Vaziyatni to‘liq nazorat qilishga, faqat faktlarga tayanishga, hissiyotlarni inobatga olmaslikga erishgan odamlar. Aslida bunday odamlar ham tabiatning mo‘jizasi go‘yo. Ularning bu hususiyatlaridan judayam yaxshi foydalanuvchi rahbarlar ham topilar. Ammo, namuncha sovuq bu odam deb, uning sovuqligiga chidashingizga to‘g‘ri keladi.

MANIPULYATSIYA QILADIGAN ODAMLAR
Bunday odamlardan bezor bo‘lib ketasiz. Ular nafaqat sizni rahbar sifatida. hatto birga ishlaydigan hodimlarni ham bezor qilib yuborishadi. Ular doim atrofni o‘zlarining nolishlari bilan, g‘arib nigohi bilan manipulyatsiya qilishadi. Ularga biror bir bir ish buyurilsa, "Xo‘p, lekin" dan boshlaydilar. Sizni aybdor qilishga intilishadi. Balkim sizning ishlab chiqqan mahsulotlaringizni ba’zan shunday sotuvchilar ham sota olishidan unumli foydalanarsiz, lekin, manipulyatsiyaga uchrab qolmang.

QO‘RQOQ ODAMLAR
Doimo qo‘rqib yashaydigan odamlarning qo‘rquvi yuqadi boshqalarga ham. Rahbar sifatida bunday odamni ishga olsangiz, havfni yaqinlashib kelayotganligini kutadigan bo‘lib qolasiz. Ular esa, boshqalarni qo‘rqitib "lazzat" olishadi. Bunday odamga ham yarasha ish o‘rni bordir, masalan, hayvonot bog‘idagi qo‘riqchiga hos yaxshi hususiyat bo‘lishi mumkin.

UMIDSIZ ODAMLAR
Umidsiz odamnin hayotda bitta qiladigan ishi bor: sizga umid yo‘qligini isbotlash. Bunday odamlardan boshqalar charchab ketishadi. Umid yo‘qligiga sizni ishontirmasa tinchishmaydi. Shuning uchun bunday odamlar o‘ziga ishongan odamlarni "ovlashadi". Siz rahbarlik qilayotgan korhonaga bitta shunday ishchi tushsa bormi: hammaga umidsizlikni yuqtiradi. Sizning umidingizni "puchga" chiqarib keyin chuqur nafas olib hayotdan "lazzatlanishadi". Siz bunday odamni o‘z tarbiyangizga olishga shoshmang, aslida u sizni o‘z tarbiyasiga olayotganligini unutmang.

JAFO ChЕKUVCHI ODAMLAR
Doimo bir narsadan azoblanib, yuz qiyofasini ho‘rlanib, azoblanib ketgan odamga qiyoslab yuruvchilarni. Bular o‘sha azobidan qutilish uchun boshqalarning yordamini ham olishmaydi-da. Bu azobli yuz qiyofasini, yanayam azoblanuvchi ovozi bilan eshitganingizda o‘zingiz ham qiynalib ketasiz. Asosiysi siz bu insonni azoblaridan qutqarish o‘rniga o‘zingizda ham shunday yuz qiyofasi shakllanib qolishi havfi paydo bo‘ladi. Bir ko‘rib kechgacha ovozi qulog‘ingiz ostidan ketmay qoladi go‘yo. Bu havf!

BILAG‘ON ODAMLAR
Bilag‘on hayotida birinchi eshitib turgan gapga ham bilimlari ichidan gap topib beraveradi-da. Siz bilgan bilimlar ichdan hato topib, sizga o‘rgatib qo‘yish "iqtidoriga" ega. Bunday insonlarning bilmaganini bilish bobida irodasi shunchalik kuchliki, sizni yengmay qo‘ymaydi. Balkim bilag‘on bu insonning turtkilari sizni yanayam bilishga turtki bo‘lishi mumkin, lekin, psixologik tajribalarda bunday ishchi-xodimlar sizni "yiqitib" qo‘yishi ham mumkin. Ruhan charchash bilan tugallanadigan bilim sinovida "bilag‘on" ning o‘rinsiz savollari ham sizni qiynab qo‘yadi. Shuncha o‘qigan diploming bitta mening savolimga dosh bera olmadi-yu! - degan nigoh sizga istehozali ta’sir qilishi bilan bilag‘on o‘z maqsadiga yetib kulib yuborganligini guvohi bo‘lasiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Агар ростданам бирор нарсага эришишни истасангиз билмаган нарсангизни сўрашниям ўрганинг😜

Позитивлик сари олға...
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
Odam Uyning tashqarisidami yoki ichkarisida?

⬆️ Tashqarisida
⬇️ Ichkarisida👇👇👇👇👇👇👇👇
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
Sizning shaxsingizni aniqlab beruvchi psixologik test

Vizual tasavvurga ega bo'lgan rasmga qarab, tezkorlik bilan javob berishingiz kerak:
bu kishi uyning tashqarisidami yoki ichkarisidami?



↖️ Ichkarida - xotirjam va og'ir bosiq shaxs.

Bu javob ko'pincha o'z ichki dunyosi haqida atrof-muhit voqealaridan ko'ra ko'proq
g'amxo'rlik qilayotgan introvertslar tomonidan ko'rinadi.

Bu odamlar tinch va oqilona. Ular hamma narsani tahlil qilishga o'rganishgan va his-
tuyg'ularga berilmaydilar. Ularning his-tuyg'ulari doimo aql-idrok bilan mukammal
tarzda boshqariladi.

Bunday odam muvozanatli va xotirjam bo'lsa-da, u juda ta'sirchan va himoyasiz bo'lishi
mumkin. Unga boshqalar bilan umumiy til topishishi va begona odamlarga ishonishi
qiyin.

U diqqat markazida bo'lishni yoqtirmaydi. Bunday odamlar unchalik ham kirishuvchan
emas, lekin ular bilan doimo gaplashadigan narsa bor. Ko'pchilik ularga havas qiladi
va maslahat so'rashadi.

↘️ Tashqarida - oddiy va sodda odamlar.

Ekstravertlar odamni uydan tashqaridagi holatda ko'radi. Bunday odamlar boshqalar
uchun doimo yoqimli va qiziqarli. Ular osonlikcha tanish ortdiradilar, shuningdek,
ularga bo'lgan qiziqishlarini tezda yo'qotadilar.

Uzoq muddatli rejalar tuzish ularning kuchli tomoni emas. Ularning aksariyati hissiy
tuyg'ularga yoki ong xohishlariga asoslangan.

Ular juda ham oddiy va sodda bo'lishiga qaramay, atrofdagilar ularning gap
so'zlaridan hafa bo'lishmaydi, balki to'g'ri xulosalar chiqarish va tinglashga harakat
qilishadi.

Bunday insonlar o'zlariga kamdan-kam talab qo'yishadi, shunday bo'lsada, o'zlariga
boshqalar hayratlanarli darajada yuksak baho berishadi.

Batafsil ma`lumot uchun:
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
OTASIZ BOLALARNING HATTI- HARAKATLARIDA SALBIY O'ZGARISHLAR KUZATILADI
Turli baxonalar bilan farzandlariga e'tiborsiz qolgan otalarning farzandlarining hatti-harakatlarida deyarli bir xil og'ishlar paydo bo'ladi. Otasi bo'lgan holda otasiz katta bo'lgan bolalarning aksariyatida bir qarorga kelishda qiyinchilikka duch kelish muammosi mavjud. Ular kuchsiz va beqaror bo'ladilar.Biron-bir qarorga kelishdan avval juda ko'p o'ylanishadi.
Ayniqsa,qiz farzandlari bor otalarga aytar so'zimiz shuki, qizingizni turli ishlar sababli e'tiboringizdan chetda qoldirmang. Chunki qiz bolaning otasidan oladigan juda nozik his-tuyg'ular mavjud bo'lib, tabiatan zaif yartilganliklari bois eng katta himoyachilari otalari, deb bilishadi.
Masalan, ota qizining boshini silasa ,bag'riga bossa, sochlarini tarasa qiz otasi bergan bu energiyani hech qayerdan topolmaydi. Otasi yonida turgan holadagi xotirjamligni hech narsaga tenglashtirmaydi. Ota yo'qligda voyaga yetgan qizlarning harakatlaridagi eng ko'p uchraydigan salbiy burilish "himoyalanish"dagi yetarsizlik tufayli paydo bo'ladigan ruhiy behalovatlik va tajovuzkorlikdir.
Otalarning uyda onalarni bolalar bilan yolg'iz qoldirish,bolalarni aldash uchungina muzqaymoq yedirgani yoki sayr uchun parklarga olib borish bilan cheklanishlari mutlaqo noto'g'ri.
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
Biz mayda narsalarga o'ralashib qolganmiz.
Shuning uchun ham erishganlarimiz mayda narsadan bo'lak narsa emas.
Dunyoda qanday olamshumul kashfiyotlar bo'lmoqda, xabarimiz yo'q. Ilon Mask oxirgi marta samoga nima uchirganini bilmasakda, falonchinikiga yarim kechasi qanday mashina kelganini aniq-tiniq bilamiz.
Biz kashfiyotlar orqali emas balki tortishuv va ixtiloflar orqali aqlli ekanligimizni isbotlamoqchi bo'lamiz. Bilmaymizki, tafakkurda ortda qolib bo'ldik. Yaxshisi, biz nega Andijon shevasida kattalarga "-lar" qo'shimchasini qo'shib gapirmasligini muhokama qilamiz. Shunisi ahamiyatliroq.
Hozirgi kunda butun dunyoni egallagan geni o'zgartirilgan oziq-ovqat maxsulotlari insoniyatga juda katta xavfi borligi va buning zararidan qanday himoyalanish olimlarni boshini qotiryapti. Biz esa haliyam kolbasa halolmi, harommi degan savolni ushlab turibmiz.
Dunyo olimu-muhandislari kelajakda insoniyat qanday uylarda yashashi haqida fikr yuritmoqdalar. Ana shunday kelajak uylari beradigan imkoniyatlardan biri muzlatgichingizda biror maxsulot tugab qolsa, o'sha narsa sizni bir buyrug'ingiz bilan muzlatgichingizda bo'ladi. Bizga esa qo'shnimiz necha etaj qurayotgani yoki yangi kelin sarposiyu, uyni qanday bezatganligi qiziqroq.
Muammolarimiz ham maydalashib ketgan, o'zimiz uni "katta" qilib olganmiz.
Bizni kanallarda seriallar, reklamalar, ko'rsatuvlar faqat bitta mavzuda aylanadi. Qaynona kelin, ikkinchi xotin, qaynona kelin, ikkinchi xotin... Boshqa ilmiy darajadagi kanallarda esa bir guruh olimlar Antarktidada tadqiqot o'tkazayotgan yoki inson miyasi tuzilishi haqidagi hayratlanarli faktlarni aytayotgan yoki koinotdagi o'zgarishlar haqida gapirayotgan bo'ladi...
Bu bilan biz g'arbga o'xshashimiz kerak demoqchi emasman. Biz ilmda g'arbni ortda qoldirishimiz kerak edi. Chunki ilm taraqqiyoti uchun hamma narsamiz bor edi.... Afsuski biz musulmonlar ilmni tanlamadik. Ilm ham bizdan yuz o'girdi...
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
Ўз-ўзини ҳурмат қилишни оширишнинг 4 та ишончли усули

Ижобий фикр юритинг. Ижобий энергия ҳаётингизга ёрқинлик, ишонч ва хотиржамлик келтиради.  Салбийликка муносабат билдирманг, шахсий чегараларни ўрнатинг ва норози одамларни ҳаётингиздан олиб ташланг, чунки улар сизнинг энергиянгизга ёмон таъсир қилади.

Кераксиз сифатлардан халос бўлинг. Ривожланишда сизни секинлаштирадиган фазилатларни тан олишга ва қабул қилишга ҳаракат қилинг. Сизни орқага тортадиган нарсадан халос бўлинг ва ўзингиздаги заиф томонларни энгинг.

Кучли томонларингизни ривожлантиринг. Барча кучли томонларингизни эсланг. Сиз ҳар доим энг яхши бўлишга ва идеални таъқиб қилишга уринмаслигингиз керак. Ўзингизнинг кучли томонларингизни топинг ва уларни ривожлантиринг.

Бошқаларга ёрдам беринг.  Фақат ўзингизга ва муаммоларингизга эътибор қаратманг. Бошқаларга ёрдам беришга ҳаракат қилинг.Худбин бўлманг. Бошқаларга ёрдам бериш сизни анча яхши ҳис қилдиради.
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
Stress yuqumli bo'lib agar siz tushkunlikka tushgan odamlar bilan doimiy aloqada bo'lsangiz, ba'zida hech qanday sabablarsiz tushkunlikka tushasiz.
Doimo yaxshi kayfiyatdagi odamlar bilan birga bo'lishga harakat qiling...!

Atrofingizdagi insonlar baxtlimi?


Barcha muammolarga echim bor!
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сиз фарзандингизга қандай болалик беряпсиз?

Биламан ўзингизни юқори баҳолай олмаслигингиз мумкин. Айбсиз пайтларида ўз ҳисларингизни жиловлолмай қолган пайтларингиз ҳам бўлган. Балки ўзингизни ислоҳ қилиш пайти келгандур. Сиз болаларингизга, улар болаларига, болалари ўз фарзандларига давомли қалб яраларини қолдириши бу ҳақиқий фожеа. Шу кунгача буни билмаслик ёки англамаслик айб эмас. Аммо била туриб бу хатони тузатмаслик ёмон.

Ўзингизни ислоҳ қилинг. Ўқинг ўрганинг, тажриба алмашинг, янгиланинг.

Ишонинг...

Барча муаммоларга ечим бор...
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
Ақл-идрок болалик давридаги овқатланишга боғлиқ.

Олимлар болаларни уч ёшдан 8,5 ёшгача кузатган. Шундан сўнг ўқувчиларнинг ақл-заковати синовдан ўтказилди. Маълум бўлишича, ёшлигида соғлом озиқ-овқат олган, шунингдек, ширин ва ёғли таомлар билан чекланган болаларнинг IQ даражаси энг юқори бўлган. Озиқланишлари камроқ кузатилган болаларда IQ пастроқ бўлган.

❗️Тадқиқотчиларнинг таъкидлашича, инсон мияси ҳаётининг дастлабки уч йилида фаол ривожланади, шунинг учун бу ёшда тўғри овқатланиш инсоннинг нафақат жисмоний, балки ақлий ривожланиши учун ҳам муҳимдир. @BOLA_PSIXOLOGIYASI
Intellekt bu umumiy ma’noda abstrakt, mantiq, tushunish, o'z-o'zini anglash, o'rganish, hissiy bilim, fikrlash, rejalashtirish, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati deb tariflanadi. Tor ma’noda esa, ma'lumotni idrok etish yoki xulosa qilish va uni tashqi tomondan bo’ladigan xatti-harakatlarga nisbatan qo'llaniladigan bilim sifatida ta'riflash mumkin.

Intellekt odamlarga hos ongli faoliyat, ammo “boshqa hayot shakllarida aql-idrok mavjud emas” degan bahslarga qaramay, ongli bo'lmagan hayvonlarda, hattoki o'simliklarda ham intellekt elementlari kuzatilgan.

Kompyuterlar yoki boshqa mashinalardagi intellekt esa sun'iy intellekt deb ataladi.

Yuqorida infografikadagi tasvirlangan intellekt turlari umumiy barcha insonlarga hos bo’lib, hammada har xil darajada rivojlangan va hozirda ushbu 8 turdagi intellektni 3 sinfga bo’lib o’rganiladi. Bular Aqliy intellekt (IQ), Emotsional intellekt (EQ) va Pozitiv intellekt (PQ). Ushbu 3 sinf toifasidagi barcha intellekt turlari yaxshi rivojlangan shaxslarda Moslashuvchan intellekt (AQ) yuqori bo’ladi.
Moslashuvchan intellekt nima va uni qanday rivojlantirish mumkin?

Oʻzlashtirish yoki moslashish mahorati insonning yangi, nostandart sharoitlarda rivojlanishiga, omon qolishiga imkon beradi. Moslashuvchan intellekt nafaqat adaptatsiyaga, balki jarayonlarni boshqarishga va odatdagi muhitni oʻzgartirishga ham yordam beradi. Ushbu maqolada sizlar bilan Moslashuvchan intellekt (AQ)ning emotsional (EQ) va aqliy (mantiqiy) intellekt (IQ)dan qanday farq qilishi hamda uni kundalik hayotda qanday rivojlantirish haqida gaplashamiz.
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
​​BOLALAR O‘G‘RILIGI

O‘g‘rilik — kleptomaniya va bolalar o‘g‘riligi bir-biriga uncha bog‘liq bo‘lmagan hodisalardir. O‘g‘rilik psixik og‘ish bo‘lib hisoblanadi va bolalikda kamdan-kam kuzatiladigan kasallikdir. Demak, bolalardagi o‘g‘rilik kleptomaniya kasalligiga bog‘liq emas ekan, u bola ruhiyatining buzilishiga bog‘liqdir.

BOLALARDAGI O‘G‘RILIKNING SABABLARI

Bolaning har bir yoshida o‘g‘rilikning o‘z sababi bor. Maktabgacha bo‘lgan boladagi o‘g‘rilik sabablari:

1. Biror narsaga ega bo‘lish istak xohishining kuchliligi. Masalan, o‘rtog‘idagi yangi o‘yinchoq orzusi, bu bolani o‘sha o‘yinchoqni o‘g‘irlab olishiga sabab bo‘ladi. Bunda bola «meniki», «seniki», “uniki” va «hammaniki» kabi tushunchalarni adashtirib yuborganligi. Ammo o‘yinchoqqa bo‘lgan orzu tagida, ota-onaning farzand istaklari bilan qiziqmaganligi yotadi.

2. Bolaning o‘z yaqinlariga sovg‘a qilish istagi sababli o‘g‘rilik qilishi. Demak, bolaga ota-ona tomonidan kamdan-kam sovg‘a berilmoqdaki, bu istakni boshqalarga ko‘rsatib o‘zidan qoniqish hosil qilish vaziyati paydo bo‘lmoqda. Ko‘pincha bolalar onasiga o‘g‘rilik mahsulini taqdim etadilarki, ona tomonidan mehr berilmayotganligini taʼkidlashimiz mumkin.

3. Boshqalarni o‘ziga jalb qilish maqsadida o‘g‘rilik qilish. Birovning narsasini o‘ziniki qilib ko‘rsatish istagi tagida, o‘rtoqlari uni tan olmayotganligi yengilishi yotadi.

4. Kimnidir jazolash yoki o‘ch olish maqsadida narsasini o‘zlashtirish.

5. Farzandingiz 8-11 yosh bo‘lganida o‘g‘rilikning paydo bo‘lishi irodasizlik oqibatida bo‘lishi Mumkin. “Istayman” degan xohishi o‘rniga “Mumkun emas” degan qarorni ayta olmaganligi sabab bo‘ladi.

6. Farzandning 12-15 yoshidagi o‘g‘rilik bilib qo‘yilgan qadamdir.

O‘g‘rilik qilinganligini aniqlaganda rioya qilinadigan 10ta qoida.

Har bir ota-ona uchun qoidalar:

• Qoida 1:
Farzandingizga o‘g‘rilik nima ekanligini tushuntiring. O‘g‘rilikni man eting! Javobgarlikni misollar bilan tushuntiring.

• Qoida 2: O‘z narsasini o‘g‘irlatib qo‘ygan inson xatti-harakatlari va o‘g‘riga nisbatan paydo bo‘lgan hissiyotlari haqida tushuncha bering.

• Qoida 3: Farzandingizga “o‘g‘ri” degan yorliq qo‘yishdan, undan nafratlanishdan o‘zingizni tiying. Farzandingizni yaxshi ko‘rishingizni, bu qilgan ishini yomon ko‘rayotganligingizni tushuntiring. Hozircha harakati o‘g‘rilikka aylangan farzandingizning o‘zi ham o‘g‘riga aylanishiga yo‘l qo‘ymang.

• Qoida 4: O‘g‘riligi haqidagi hodisani o‘zi bilan holi qolgan holda tahlil qiling. Bu voqea haqida begonalarga oshkor qilmang. Yakka holda urushing, hammaning oldida yaxshi tomonlarini ayting

• Qoida 5: “Qanday qilib buni qila olding!”, “Sen mening yuzimni o‘ylamadingmi?!” kabi kattalarga xos so‘zlarni ishlatib farzandingizni tushunmaydigan hissiyotlar dunyosiga kiritmang. Bu gapirgan ayblovlaringizning foydasidan ziyoni ko‘p bo‘ladi.

• Qoida 6: Boshqa tengdoshlariga va o‘zingizning yoshligingizga solishtirmang. “Men sendek paytimda...” deb boshlanadigan maʼruzangizni farzandingiz psixikasi tushuna olmaydi.

• Qoida 7: Qilgan o‘g‘riligini tahlil qilganda o‘rtacha meʼyorda bo‘lingki, keyingi safar qilgan xatosini yashirmaslikka o‘rgansin.

• Qoida 8: Tahlil qilib bo‘lganingizdan keyin boshqa bu narsa qaytarilmasligiga kelishib oling. Bu voqeani boshqa eslamang va farzandingiz ham eslamasligi kerakligini tushuntiring. Har safar eslashingiz farzandingizni bu voqeani qilganligi sabablarini qidirishiga va o‘zini oqlash uchun sabablar topishiga undaydi.

• Qoida 9: O‘g‘rilik sababini yo‘qotish yo‘llarini qidiring.

• Qoida 10: Oiladagi illatli holat va tarbiyangizdagi xatolik farzandingizning o‘g‘rilik qilishiga sabab bo‘lganini to‘g‘ri tushuning.

© Zebiniso Ahmedova

Farzand tarbiyasidagi murakkab holatlarda psixolog maslahati” kitobimdan lavha
O'qish, mutolaaning foydalari

1. Vasvasa, g'am-anduhlarni haydaydi.

2. Nohaqlikka tushishdan uzoq bo'ladi.

3. Bekorchilardan yiroq bo'ladi.

4. Til burro bo'ladi, kalom mashqini oladi, ohang qilib so'zlamaydi, balog'at, fasohatga zeb bermaydi.

5. Aql rivojlanadi, zehn yangilanadi, xotira kuchayadi.

6. Bilimga boy bo'lib, yodlash, tushunchasi ko'p bo'ladi.

7. Insonlar tajribalarini, ulug'lar hikmatlarini, ulamolar kashfiyotlarini o'zlashtiradi.

8. Ilmiy malakasini oshiradi, hayot haqidagi madaniy onggini oshiradi.

9. Iymoni ziyoda bo'ladi xususan Islom dini haqidagi kitoblarni o'qiganda. Zero, kitob eng buyuk nasihatchi, yomonliklardan qaytarguvchi va yaxshi ishlarga buyurguvchidir.

10. Zehn parishonligidan, qalb bo'linishidan, vaqt zoeʻ bo'lishidan panoh topadi.

11. So'zni puxta tushunadi, ifoda uslubini, iboraning maqsadini, jumla tushunchasini, hikmat sirlarini anglaydi.

"Mahzun bo'lma" kitobidan.
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
​Kitob o‘qish — muvaffaqiyat kaliti, stressdan qutqaruvchi va xotirani yaxshilovchi eng yaxshi vosita hisoblanishini bilsangiz kerak. Shunday bo‘lsa-da, baribir kitob o‘qishga hech vaqt topa olmaysiz. Quyidagi maslahatlarimiz bu borada sizga yordam beradi deb umid qilamiz.

Agar kitob yoqmasa, o‘qimang

Siz ham qiyinchiliklar oldida bo‘yin egadigan odam bo‘lib ko‘rinishni xohlamaysizmi? Shuning uchun yoqmagan kitobni o‘qishga o‘zingizni majbur qilasizmi? Agar shunday bo‘lsa, siz nohaqsiz. Kitob sizga yoqmagan bo‘lsa, o‘qimang va buning uchun o‘zingizni ayblashni bas qiling.

Har bir bo‘sh daqiqadan foydalaning

Yozuvchi Stiven King muallif sifatida o‘z muvaffaqiyatlarini kitob o‘qishda deb biladi va sizga ham kitob o‘qishni maslahat beradi. Ayniqsa, yozuvchi bo‘lishni xohlasangiz. Uning o‘zi uydan kitobsiz chiqmaydi va hamma joyda o‘qiydi.

Kun davomida o‘qishga sarflaydigan bo‘sh daqiqalaringiz ko‘p bo‘ladi. Masalan, navbatga turganingizda yoki tirbandlik vaqtida.

Rejalaringiz haqida gapirmang

Tadqiqotchilar qandaydir katta maqsadlar haqida oldindan gapirish kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatga olib keladi deb hisoblaydilar. Shuning uchun agar siz ko‘proq kitob o‘qimoqchi bo‘lsangiz, buni oldingizga maqsad qilib qo‘ying, lekin bu haqda boshqalarga aytmang.

Qog‘oz kitoblarni o‘qing

Qog‘oz kitoblarni o‘qish chalg‘imaslikka va iroda kuchini bekorga sarflamaslikka yordam beradi. Elektron qurilmalarda kitob o‘qishda biz ko‘pincha internetga kiramiz va o‘qishni tashlashga majbur bo‘lamiz.

Qog‘oz kitoblarni esa qo‘lda ushlashning o‘zi ham yoqimli.
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
😔 Фарзандим тарбиясига вақтим йўқ

Бир танишим 19 ёшида она бўлди. Қишлоқ шароитида яшайди. Рўзғор юмушлари талайгина. Ҳозир фарзанди 1 ёш бўлиш арафасида. Бир куни кўришганимизда "Ҳеч нарсани ўрганмаяпти, ҳатто оддий нарсаларни ҳам ўргатолмаяпман", деб, ҳафа бўлди. Сабабини сўрагандим кундузлари вақти йўқлигини, кечки пайт ухлатишдан олдин озроқ ўргатишга уринаётганини айтди.

⌛️ Ҳа, гоҳида уй юмушлари билан банд бўлиб, фарзандларимизга эътиборни камайтирганимизни сезмай қоламиз. Лекин, бу ишларни ким учун қиляпмиз? Шу болажонларимиз учун эмасми? Уларга меҳр эътибор бермасак, улар учун қилган ҳаракатларимиз бари бефойда.

👩‍👧‍👦 Оналаримиз бор, юмушларини ташлаб фарзандини бағрига босгиси, бирга ўйнагиси келади. Лекин айрим оналаримиз телефон ва интернетдан ортмайди. Иккаласининг ҳам фарзандининг тарбияси учун вақти йўқ. Лекин сабаблар турлича.
@BOLA_PSIXOLOGIYASI
2024/09/29 22:36:20
Back to Top
HTML Embed Code: