Telegram Web Link
Нима учун оналарнинг оёқлари оғришини биласизми?

• Аллоҳ таоло онанинг бачадонидаги суюқликни ҳаддан ташқари шўр қилиб қўйган.
• Шунинг натижасида, бачадон ичидаги ҳомила вазнсиз ҳолатда бўлади.
• У доим суюқликнинг юқори қисмида бўлади. Болага озуқа киндигидан онага боғланган ришта орқали осонгина келиб туради.
• Ҳомиладор аёл тўйиб таом истеъмол қилмаса ёки кўпроқ вақт оч қолса, ҳомилага келадиган озуқа онанинг тишлари ва суякларининг эриши орқали қопланади.
• Шунинг учун аксарият аёлларнинг ёши ўтгани сайин тишлари тўкилиши, тизза ва оёқларининг оғриши кузатилади.
• Кошкийди, онасининг тиззаси ёки оёғи нима учун оғриётганини фарзанд билганида, фақат ўзини ўйлайвермасдан қандай қилиб онасини рози қилиш устида бош қотирган бўлар эди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzand noqobil bo‘lsachi?

@bola_tarbiyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizni kitobga qiziqtirishning 3 oson bosqichi:

📚hamma joyga kitoblarni qo’yib chiqing. Siz tartibsizlikni yoqtirmasangizda, kitoblarni hamma joyga yoyib chiqishingiz kerak. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kitoblar bilan to’ldirilgan uy bolaga otasining ta’lim darajasidan ham ko’ra ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Kitoblarni sotib oling, qarzga oling va albatta kitob o’qing.

📚farzandingiz so’ragan paytda o’qib bering. Ular o’zlari o’qishni o’rgangan paytda ham o’qib beravering. Lug'at boyligi, o'rganish imkoniyatlari, tushunish qobiliyatlari - bularning barchasi BIZ ularga o'qigan paytimizda birlashadi.

📚Ular sizni o'qiyotganingizni ko'rishlariga imkon bering. Biz farzandimizning eng katta o'qituvchimiz va ular modellashtirish orqali yaxshi o'rganadilar. O'quvchi bo'lish qanday ko'rinishini modellashtiring . Popkorn va shirinliklar bilan oilaviy kitobxonlik kechasini o'tkazing va o'qishni oilaviy madaniyatingizning bir qismiga aylantiring.
​​​​

Farzandlarimizni o‘z fikriga ega, mustaqil inson qilib tarbiyalash uchun avval o‘zimiz o‘z fikriga ega, mustaqil inson bo‘lishimiz lozim.

Doimo kimningdir fikriga qaram, beqaror insonlarning farzandlari ham o‘zlariga o‘xshagan beqaror bo‘lishadi.

Unday odamlar bilan yashash juda qiyin, chunki nima ovqat yegisi kelayotganini bilmaslikdan tortib, bugun qanday muhim ishlarni amalga oshirishi lozimligini ham bilmaydi. 🤯

Doimo muhim va nomuhim ishlar o‘rnini almashtirib yuradigan, birinchi darajali ishlar qolib, o‘ninchi darajali ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladigan insondan va uning farzandlaridan yana nimalarni kutish mumkin?!

Ana shunday beqaror insonga aylanib qolib, atrofimizdagilarga ham zararimiz tegmasligi uchun hamisha o‘z ustimizda ishlashimiz, boshqalarning muammolari bilan ovora bo‘lmasdan avval o‘zimizning muammolarimizni hal qilib, o‘z kamchiliklarimizni to‘ldirish bilan band bo‘lishimiz lozim!

GiyosiddinYusuf
🧍🏻‍♂️Oʻsmir yoshdagi farzandlarda ma’suliyat hissini oshirish boʻyicha maslahatlar.

1. Bu borada oʻsmir yoshdagi farzandlar bilan ochiq muloqot muhitini shakllantirish muhim deb oʻylayman. Ya’ni ular bilan diniy, dunyoviy, siyosiy mavzularda, oilaviy masalalarda gaplashish yaxshi samara berishi aniq.

2. Ularga oʻz shaxsiy ishlari boʻyicha oʻz tajribangiz asosida turli maslahatlar berish, maqsad va rejalarni aniqlashtirish, kasbiy mavzular boʻyicha suhbat qurish ma’suliyatli boʻlishga undaydi.

3. Bolada kamchiliklar aniqlanganda, xato ish qilganda uni zudlik jazolash emas, unga qanday yechim topish, uni tuzatish boʻyicha maslahat berish zarur.

4. Har qanday holatda bolani shaxsiy fikr bildirishga undash yoki jalb qilish, uni tinglash va mualliflik fikrini muhokama qilishga oʻrgatib borish ma’suliyatli boʻlishni ta’minlaydi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪞 Bolalarimiz bizni aksimizdir!

📱 "Nimaga bolam telefondan koʻz uzmaydi" deb savol berish bu xuddi "Telefondan koʻp foydalanaman" degandek gap.
Сен ОНАсан!

Мен 35 йил таълим соҳасида ишлаётган бўлсам, шуниси аниқки, бола сиз учун кичик бўлиб кўринса-да, у ҳамма нарсани тушунади! Ҳатто нозик нарсаларни ҳам пайқашга қодир. Шунинг учун азиз опа-сингилларим, сизлардан сўрайдиганим уйингиздан бошлаб тўғри бўлинг. Ёмон сўзларни ишлатманг, жаҳлингизни кўрсатиб эшикни тарақлатиб ёпиб, идишларни синдирманг ва овозингиз борича бақирманг...

Агар ота адолатли ва закий зеҳнли бўлса, ОНА ҳам шундай сифатли бўлса, бола тарбиясига шунинг ўзи етарлидир. Агар она ўзининг ҳаракатлари, гап-сўзлари, амаллари, тасарруфотлари, розилиги ва қаҳрини меъёрида кўрсата билса ва бажарса, шунинг ўзи Исломда фарзанд тарбияси бўлади...

Муҳаммад Ротиб Нобулсий
Farzandning onasiga beradigan savollari:⠀
1. Bugun nima ovqat?⠀
2. Soat nechi o‘zi?⠀
3. Ustozim telegramdan nima vazifa yuboribdilar?⠀
4. Qachon olib berasiz?⠀
5. Ko‘chaga chiqsam maylimi?⠀
6. Ko‘ylagim qayerda?⠀
7. Nega menga olib kelmadingiz?⠀
8. Yana esingizdan chiqdimi?⠀

Farzandning otasiga beradigan savoli:⠀
1. Oyim qayerdalar?
Ҳаёт, мeнинг англашимча, манзил эмас, ҳаёт саёҳат. Унда "кўзлаган манзилимга етдим" дeя тўхтаган одам, аслида ортга, пастга кeтаётган одамдир.
Чунки ҳамма нарса ҳаракатда ва аввал бошданоқ ҳаракат учун яратилгандир. Ҳаёт оқиб боради. Инсоннинг яшаш манзили ўзгармаслиги мумкин, аммо унинг ўзи ҳамиша ўзгаради.

Генри Форд

Бугун ҳам ҳаётингизда нимадир ўзгаришлар қилинг...
АЖОЙИБ ВА ҒАРОЙИБ СУДЬЯ

АҚШнинг Огайо штати, Пейнсвил шаҳрида Майкл Чикконетти деган одам судьялик қилган экан. У: "Жазо, амал (жиноят)нинг жинсидан бўлади" деган қоида асосида ҳукм чиқарган.

Масалан, кўчадаги дарахтларни кесиб, ўтин сифатида сотиб юборганларга; "70 туп дарахт экиш" жазосини тайинлаган.

Кекса одамни урган ўсмирга; "икки ой қариялар уйида хизмат қилиш" жазосини тайинлаган.

Маст ҳолда келиб, мушугини печга ташлаб, қийнаган кимсага; "икки ой ҳайвонот боғида мушукларни овқатлантириш" жазосини тайинлаган.

Видеокассета дўконидан кассета ўғирлаган кимсага; "икки ҳафта дўкон олдида, "ўғрилик иснодга сабаб бўлувчи ишдир..." деган ёзув ёзилган лавҳани кўтариб туриш жазосини тайинлаган.

Полиция маст ҳолда машина ҳайдаш айби билан қўлга олган кимсани; "олти ой қамоқ ёки мактабларда спиртли ичимлик ичишнинг зарари ҳақида лекция ўқиш" жазосидан бирини танлашга ҳукм қилган.

Баланд овоз, шовқин билан қўшниларига озор берган кимсага; "бир кунини ўрмонда жим ўтказиш" жазосини тайинлаган.

Машинасидаги мусиқани баланд қилиб, одамларга азият етказган кимсани; ўрмонда уч соат жим ўтиришга ҳукм қилган.

Тадқиқотчиларнинг айтишича, Чикконеттининг бундай ҳукмлари жиноятнинг олдини олишга сабаб бўлишдан ташқари, жиноятчининг тарбияланишига хизмат қилади ва давлатнинг маҳбусларга сарф этадиган маблағи тежалади.
Boladan o‘zingiz erishmagan «Buyuklik» ni talab qilmang!

🌵 Kaktusdan shaftoli hosilini olib bo‘lmaydi. ''Men bolamni xirurg qilaman, men bolamni prokuror qilaman!'' - degan gaplarni bolaga nisbatan behurmatlik deb hisoblang.   

📚Bolani sifatlarini bilish va shu sifatlarini hunarga, ilmga, mavqega aylantirish bolaning o‘zligini yuksaltiradi. Albatta, bola Yaratganning sifatlari bilan baxtli bo‘ladi.

📌Shuning uchun bu dangasaligini sabr deb hisoblang va qunt bilan tushuntiring. Bu quloqsizligini shijoat deb hisoblang va maqsadi sari imkon bering.

🎙Bu mahmadonaligini notiqlik deb hisoblang va jurnalistik qobiliyatini rivojlantiring.

🔎Hamma joyni titishini tergovchilik xislati yuqqanidan deb biling.

🐕Hayvonlarga mehri - shifokorlik va veterinarlikdan dalolat beradi.

📺Televizorning oldida mixlanishi esa bu sizning va yana sizning ''mahoratingiz''dan dalolatdir.
Boladan o‘zingiz erishmagan «Buyuklik» ni talab qilmang!

🌵 Kaktusdan shaftoli hosilini olib bo‘lmaydi. ''Men bolamni xirurg qilaman, men bolamni prokuror qilaman!'' - degan gaplarni bolaga nisbatan behurmatlik deb hisoblang.   

📚Bolani sifatlarini bilish va shu sifatlarini hunarga, ilmga, mavqega aylantirish bolaning o‘zligini yuksaltiradi. Albatta, bola Yaratganning sifatlari bilan baxtli bo‘ladi.

📌Shuning uchun bu dangasaligini sabr deb hisoblang va qunt bilan tushuntiring. Bu quloqsizligini shijoat deb hisoblang va maqsadi sari imkon bering.

🎙Bu mahmadonaligini notiqlik deb hisoblang va jurnalistik qobiliyatini rivojlantiring.

🔎Hamma joyni titishini tergovchilik xislati yuqqanidan deb biling.

🐕Hayvonlarga mehri - shifokorlik va veterinarlikdan dalolat beradi.

📺Televizorning oldida mixlanishi esa bu sizning va yana sizning ''mahoratingiz''dan dalolatdir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
БОЛАЛИК

Бир киши ёш болалари бор хонадоннинг жуда ҳам саранжом эканини кўриб: “Бу уйда болаларнинг болалиги йўқ экан. Бу уйда болаларга эркинлик берилмас экан.”, деган экан.

Ёш болаларга уларнинг болалигига муносиб эркинлик бериш керак.

"Ҳикматлар чашмаси"дан
Insonlardagi go‘zallik bu yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan so‘zdir.

Jaloliddin Rumiy
Baʼzida shunday holatlar bo‘ladiki, xotiramizda bor va o‘ylab turgan narsamizni ham eslay olmaymiz. Shunaqa vaziyatlarda “tilimni uchida turibdi, lekin aytolmayapman” degan iborani ishlatamiz. Yoki “Senga hozir nimadir gap aytmoqchi edim, esimdan chiqib qoldi, nimadir muhim gap aytmoqchi edim esimdan chiqdi” kabi jumlalarni ishlatib turamiz. Ushbu holatga psixologiyada “Tilning uchida” fenomeni yoki Letologika deb nom berilgan.

“Tilning uchida” fenomeni odatda hammada kuzatilishi mumkin, lekin biz kutmagan vaqtda yuzaga kelishi odamni xijolat qiladi. Bunga sabab xotiramizdagi qisqa muddatli buzilishlardir. Bunday holatlarda insonga yetarlicha stimul bo‘lmaganga qadar tilning uchida turgan so‘z yoki gapni eslay olmaydi.

Agar sizda ham yuqoridagi kabi “Tilning uchida” fenomeni tez-tez takrorlanayotgan bo‘lsa, xotirangiz ustida ishlashingiz, sog‘lom kun tartibiga rioya qilishingiz, o‘zingizni stressdan saqlashingiz zarur. Mabodo bular ham yordam bermasa tajribali psixoterapevt qabuliga boring.
Асло кўнглингизга тушмасин бир гард,
Кузда ҳам гуллаган боғман, деб айтинг.
Бироз қийнаса ҳам танингизни дард,
Мен касал эмасман, соғман, деб айтинг.

Ўлмасбек Самарқандий...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#долзарб

🔹Фарзандингиздаги яширин қобилиятни умуман йўқотиб юборувчи сабаблар...

👉
https://www.tg-me.com/UZBEKISTANOFFICIAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Баҳорнинг илк айёми 8-март халқаро хотин-қизлар байрами билан табриклаймиз 🌺

Сизни ҳеч қачон баҳорий гўзаллик тарк этмасин, юзингиздан кулгу, лабингиздан табассум аримасин.
2024/09/29 10:27:53
Back to Top
HTML Embed Code: