Telegram Web Link
Учта шахсга нисбатан ўлим ҳукми берилди. Улар: дин пешвоси, оқловчи (адвокат), физик олим.

Жазо вақти келганда, биринчи бўлиб диний олимни келтиришди. Бошини гильотин (бошни танадан жудо қиладиган ускуна) остига қўйиб ундан:

- Ўлимингдан олдин айтадиган охирги гапинг борми? - деб сўрашди.

Дин олими: - Мен Аллоҳга ишонаман, Аллоҳ... Аллоҳ... Аллоҳ мени қутқаради! - деди.
Гильотин тиғи зарб билан тушаркан, бошига етмасдан тўсаттан тўхтаб қолди.

Оламон ҳайратланиб: - Олимга озодлик! Динга озодлик! Уни озод қилинг! - деб ҳайқирди. Дин олими жазодан қутилди.

Навбат оқловчига келди. Ундан:
- Ўлимингдан олдин айтадиган охирги гапинг борми? - деб сўрашди.

У: - Мен дин олимичалик Аллоҳни танимайман! Лекин мен, адолатга ишонаман! Адолат мени қутқаради! - деди.
Ускуна тиғи тушиб унинг бўйнига етай деганда тўхтаб қолди.

Оламон яна ҳайратланди.
- Оқловчига озодлик! Яшасин адолат! Уни озод этинг! - дедилар. У қутилиб қолди.

Сўнгги навбат физик олимга келди. Ундан ҳам: - Ўлимингдан олдин айтадиган охирги гапинг борми? - деб сўрашди.

У: - Мен дин олимичалик Аллоҳни, оқловчичалик адолатни билмайман. Лекин, гильотин арқони тугун бўлиб қолган. Айнан шунинг учун унинг тиғи тушишига монеълик қиляпти! - деди.

Физикнинг сўзи тўғри чиқди. Муаммони бартараф этишди. Ва унинг бошини танасидан жудо қилишди.

                         
Хулоса:

«Сукут қилиб бирор марта ҳам надомат қилмадим. Лекин гапириб қўйиб кўп марта афсусландим».

Баъзан ҳақиқат бўлса ҳам, уни айтишдан кўра, оғзингизни ёпишингизда сизга хайр бор!

Ўзингизнинг донолигингизни кўрсатишдан кўра, баъзан ўзингизни билмаган (тентак)га солишингиз сизга яхшироқ!

Хулоса ўзингиздан
!
​Қизимнинг мақтов ёрлиғи ёхуд вақтида англаган хатоим

Қизим эндигина тўрт ёшдан ўтган бўлса-да, феъли жуда оғир эди. Доимо жим юрарди. Сал гапга хафа бўларди. Бирор нарса сўрасангиз, зарда билан жавоб қайтарарди. Тўғри, болалар руҳиятида гоҳида шундай ўзгаришлар ҳам кўзга ташланади. Лекин бу анча кейин-ўсмирлик ёшларида кузатиладиган ҳолат.
Қизимнинг бундай бўлиб қолгани ҳақида узоқ ўйладим. Охири бунинг сабаби ўзим эканлигимни билдим. Мен кўпинча у билан гаплашганимда уни пастга урардим. Унинг ютуқларини эътироф этиш ўрнига, унинг муваффиқиятларига оддий ҳолатдек, ўзи аслида шундай бўлиши ҳам керак-да деган маънода ёндашардим. Айб иш қилиб қўйганда ёки бирор буюрган вазифамни бажара олмаган дамларида хали гўдак бўлишига қарамай қаттиқ-қаттиқ койиб, уни бир ишни эплолмайдиганга чиқарардим. Кези келганда турмуш ёки ишимдаги ташвишлар туфайли асабим бузилгани учун қизимни уриб ёки ҳақорат қилиб бошқаларнинг аламини ундан олардим.
Ўйлаб қарасам, ҳамма муаммо қизимда эмас, ўзимда экан. Мен ўз бепарволигим сабаб қизимни руҳан синдириб қўйган эканман. Тарбияда йўл қўйган хатоларим учун Аллоҳ таолога тавба қилдим. Аллоҳга шукрки, бу муаммони хали кеч бўлмасидан бартараф этишимга Ўзи тавфиқ берди.
Бир вароқни қўлимга олиб, унга қизимнинг барча фазилатлари, кўзга кўринган, мақтаса арзигулик жиҳатларини ёздим. Масалан, укасини яхши кўриши, меҳрибонлиги, одобли экани, ўртоқларини камситмаслиги, ҳеч кимни ҳақорат қилмаслиги, меҳмондўстлиги, сахийлиги, тартибли экани, озодалиги ва шу каби бошқа жиҳатларини ёзиб чиқдим. Кейин вароқни меҳмонхонамизнинг тўрига кўзга кўринадиган қилиб осиб қўйдим.
Дадаси ишдан қайтганларида қизимни чақириб, вароққа ёзганларимни икковларига ўқиб бердим. Қизимнинг фазилатларини қоғоздан бирма-бир ўқир эканман, шу палладаги унинг хурсандчилигини кўрсангиз эди! У шодлигидан қанот чиқариб учиб кетадигандай эди гўё!
Шундан кейин қизим анча ўзгарди. Албатта ижобий тарафга. Юзидаги доимги тундлик табассумга алмашди. Гапларидаги зарда оҳанги йўқолди.
Шундан кейин қачон уйимизга меҳмон келса, қизим меҳмоннинг қўлидан ушлаб меҳмонхонага олиб кирар ва “Келинг, сизга онам мен ҳақимда ёзганларини кўрсатаман” деб ўз қувончини изҳор қиларди. Мен ҳам Аллоҳнинг фазли ила ўз хатойимни вақтида англаб, уни тузата олганимдан хурсанд эдим.

📚Доктор Абдуллоҳ Муҳаммад Абдулмуътининг "Фарзанд тарбиясидан 700 та сабоқ" китобидан

© bintusodiq
#bola_tarbiyasi

FARZANDLAR BILAN TANLASHGA arziydigan 8 ta "jang"

Ota-onalik juda qiyin. Bolalar bilan arzimas narsalar ustida talashib tortishmang. Bolalarning sog'lom rivojlanishi uchun ota-onalar o'zlarining "janglarini" tanlashlari kerak.  Mana, farzandlaringiz bilan tanlashga arziydigan 8 ta jang:

O'qish jangi:

Farzandlaringizni kitobxon qiling.  Chunki o'qish kognitiv rivojlanishdan tortib diqqatni jamlash qobiliyatigacha bo'lgan barcha narsalar bilan bog'liq.  Farzandlaringizni hozir yoshligidan o'qishga rag'batlantiring va majbur qiling.

Tashqarida vaqt o'tkazish:

Farzandlaringizni tashqariga chiqishga majbur qiling. Tabiiy dunyo bizga ko'p narsalarni o'rgatadi. Qolaversa, tashqarida ularni quyosh nuri, toza havo va jismoniy mashqlar kutmoqda.  Eng muhimi, tabiat bizning dunyomizda etishmayotgan narsalarga to'la: kashfiyot, hayrat, tinchlik, quvonch.

Ish kurashi:

Farzandlaringizni uyda ishga soling.  Qanchadan-qancha ota-onalar o'z farzandlariga uyda barmog'ini ham ko'tarishni talab qilmasligidan xafaman. Faqat qo'lingizda supurgi yoki changlatta bilan o'rganishingiz mumkin bo'lgan bebaho hayotiy tamoyillar mavjud.  Ularning ustozi ter - bola ter to'ksin.

Birga ovqatlanish uchun kurash:

Farzandlaringiz bilan oila sifatida birga ovqatlaning. Bizning hayotimiz tinimsiz faoliyatdan iborat bo'lib qoldi. Hamma yugurgan, hamma band. Oilaviy birgalikda ovqatlanish - bu bandlik qurbongohida osongina qurbon qilingan qadriyatimizni tiklash uchun jismoniy pauza.  Hech narsa oiladan muhimroq emas.

Zerikish kurashi:

Farzandlaringiz zerikish bilan hamnafas yashasin. Har bir mashinada DVD ko'rsatmang, qo'lida doim telefon bo'lmasin. Bolalarga rejadan tashqari hech narsa bilan shug'ullanmaydigan vaqt kerak. Va qanchalik g'alati tuyulmasin, zerikish - bu mahorat.  Ota-ona sifatida zerikish shikoyatlari bilan kurashish qiyin.  Ammo agar siz taslim bo'lsangiz va ularning vaqtini mashg'ulotlar bilan to'ldirsangiz, siz bolani bandlikka qaram qilasiz.  Ularga bo'sh vaqt ajrating, zerikib qanday bo'lishni va nima qilishni o'zi kashf etsin.

"Birinchi men" jangi:

Farzandlaringizni oxirgi o'ringa qo'ying.  Hamma narsa uchun va har doim ham emas. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dunyo ular atrofida aylanmaydi. Taqsimlashda eng kichik bo'lakni bering. Pultdan voz kechiring.  Birovning ishlarini bajarsin. Ularning eng sevimli tanlovini doim bo'lmasligini tushunsin. Bu ularga yoqmaydi, lekin ularga kerak.

Noqulay suhbat kurashi:

Farzandlaringiz bilan noqulay suhbatlar o'tkazing.  Jinsiy aloqa, jinsini almashtiruvchilar, tana qiyofasi, diniy va madaniy qadriyatlar... Farzandlaringiz ko'zlarini aylantirib, qarshilik ko'rsatadilar.  Siz qoqilib, duduqlanasiz. Lekin ular sizning nuqtai nazaringiz, olingan saboqlaringiz va tajribangiz bilan bo'lishishingizga muhtoj va ichidan xohlashadi.

Cheklash kurashi:

Cheklovlar ichida yashashni o'rganish qimmatli hayotiy mahoratdir.  Darhaqiqat, kattalardagi ko'plab muammolar ularni qabul qila olmaslikdan kelib chiqadi.  Ekranni ishlatish vaqti chegaralari, ovqatlanish cheklovlari, o'yin va mashg'ulotlar cheklovlari - bularning hammasi yaxshi.

Hammamiz ham qiyin bir davrda farzand o'stiryabmiz. Bolalar bilan ko'p hollarda kelisha olmay qolamiz. Talashamiz, tortishamiz. Lekin ota-ona sifatida siz janglaringizni to'g'ri tanlashingiz kerak. Yuqoridagi kurashlar oson emas, lekin ular kurashishga arziydi.

Devid Morris (tarjimada ba'zi shaxsiy fikrlarim ham qo'shilgan)

Iroda Ahmed
Farzandim tortinchoq, u hamma bilan ham chiqishib ketavermaydi.

Bunga sabab boshqalarni unga nisbatan e'tiborsizligi, undan ko'p kamchilik topishidir. Ho'sh, siz ham farzandingizga shunday munosabatda bo'lasizmi? Albatta yo'q deysiz. Ammo bunday munosabat barcha ota-ona va bolalar o'rtasida bo'lgan va bo'ladi.

To'g'ri bunday holatlar unchalik sizga bilinmaydi ham ba'zida. Chunki biz bunday vaziyatlarga o'rganib qolganmiz. Bolani jiddiy tanqid qilish, uni haqoratlash, qattiq so'kish va boshqalar.

Xurmat li ota-onalar: "Bir vaqtlar siz ham bola bo'lgansiz. Lekin hali farzandlarimiz katta inson bo'lib ko'rmagan. Iltimos, ularni ham tinglaylik, ularga quloq solaylik... "

P.s: Xulosa o'zingizdan.
#bola_tarbiyasi #farzandtarbiyasi

SABRLI ONA BOʻLISH NIMA DEGANI?

-Sabrlimisiz?
-Ha, o’ylashimcha aksar holatlarda sabrliman.
-Onalik maqomida sabrlimisiz?

-Afuski yo’q, bolalarim bilan shunday vaqtlarni boshimdan o’tkazganmanki oxiri afsus bilan tugagan, sabrliroq bo’lmadim degan o’kinch qolgan.

Sabr o’zi nima? Unga turlicha ma’no berish mumkin: haqiqat yo’lida jiddu jahd qilish, qiyinchiliklarni yengib o’tish va chidamlilik. Sabr Islom dinida yuqori baholanadigan sifat va u onaga suv va havodek zarur.

Qur’onda kelgan ko’p oyatlarda sabrning ahamiyati ta’kidlanadi. “Ey, iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad so’ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir. (Baqara surasi, 153-oyat).

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallamdan rivoyat qilingan ko’p hadislarda bu sifatning muhimligi tushuntirilgan. Rivoyat qilinadiki: ”Kim sabr qilishni istasa, Alloh unga sabr beradi. Hech kimga sabrdan koʻra yaxshiroq va ulug’roq neʼmat berilmagan”.(Buhoriy, Sahih). Ulamolarimiz sabr haqida sanoqsiz kitoblar yozishgan. Shundoq ekan, ona uchun sabr qilish nimaligini bilamizmi?

O’smir farzandingiz sizga tinimsiz gap qaytargandagi “sabrli bo’lish” qanday bo’ladi? Hojatga kirganingizda bolangiz sizni o’sha zahotiyoq istab qoladigan holatlardachi? Uydan chiqayotganda kichkintoyingiz oyoq kiyimini faqat siz kiydirishingizni talab qilgandachi? Bolalaringiz urushib talashganida yagona istayotgan narsangiz faqat tinchlik bo’lgandachi? 10 yoshli farzandingiz yerga qarab tushunarsiz ming’irlab nimalardir deyotganida siz unga qayta qayta ko’zimga qara va odamga o’xshab gapir degan holatlaringizda sabr qilish qanday bo’lar ekan?

Sabrli bo’ling

Sabrli bo’lish hech narsa qilmasdan “ikki baholar”, “o’g’ir tabiatli o’smir” va boshqa qiyinchilik vaqtlari o’zidan o’zi yahshi bo’lishini kutish emas. Sabr qilish bu dangasalik maqomi emas.

Sabrli bo’lish hissiyotlarga yengilib, jahl kelgan vaqtda baqirib chaqirish va undan keyin kechirim so’rash emas. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallam aytadilarki:”Albatta sabr musibatning avvalgi lahzalarida (qilinadi)”, dedilar. (Buhoriy, Sahih).
Sabr qilish farzandingizning yomon xulqiga indamay chidash kerak degani ham emas. Bunday holatda siz bolangizni to’g’ri yo’naltirish va tarbiyalash usullarini izlab o’rganishingiz va bu ishda faol bo’lishingiz kerak.

Sabrli bo’lish degani muammoga gʻazabnok holatda munosabat ko’rsatishdan o’zingizni to’xtatib qolishingizdir.

Sabrli bo’lish bu o’zingizni bosib olgan holda muammolarga munosabat bildirib, ularga yechimlar qidirish va shu bilan birga farzandingiznga to’g’ri yo’nalish bera olishingizdir.

Sabrli bo’lish bu avvalo bola bilan ko’ngilni bog’lash va undan keyin uning xatosini to’g’irlash va obro’sini to’kmasdan uni tartibga chaqirishdir.

Kelinglar , Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam sabr bilan xatoni qanday to’g’irlaganlarini ko’rib chiqamiz.

Anas Ibn Molik Roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha:” Bir aʼrobiy (sahroda yashovchi) kimsa Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassallamning huzurlariga kelib, masjidning bir burchagiga bavl qildi. Shunda sahobalar baqir chaqir koʻtarishdi. Rosululluh sallallohu alayhi vassallam ularni tinchlantirdilar. Keyin esa bir chelak suv so’ratib, uning peshobi ustiga septirdilar”.

Tasavvur qiling bolangiz bilan shunday holat yuz bersa . Onaning sabri bolasining xatosini uni sindirish uchun emas balki farzandini yanada kuchliroq qilish uchun xizmat qilishi kerak. Bilaman, gapirish oson. Lekin boshqa yo’l yo’q, biz yo sabrli bo’lib farzandlarimizning shakllanishiga yordam beramiz, aks holda ularning shaxsiyatini sindirib qo’yishimiz mumkin.


Iroda Ahmad
Мен қўрқоқ отадан ботир, илмсиз отадан доно, ёлғончи отадан ҳақгўй фарзандни дунёга келганини кўрдим-у, лекин бузуқ онадан ҳаёли, илмсиз онадан донишманд, ўғри онадан тўғри фарзанд туғилганини кўрмадим.

Миллатни юксалтиришни хоҳласак, аввало аёлларни ўқимишли қилишимиз керак, шунда маърифатлик ва маънавиятли жамият вужудга келади!

Пайғамбар алайҳиссаломни, ёш Оиша онамизга уйланишларини сабабларидан бири ҳам, умматга маърифатлик она тайёрлашлик эди. Шунинг учун пайғамбар алайҳиссалом ҳаётлари ҳақидаги ва исломий фиқҳ борасидаги энг кўп ҳадислар Оиша онамиздан ривоят қилинади.

Қаранг! битта онани маърифатли бўлиши, бугунги кунгача бутун умматга қанчалар манфаатли бўлди. Энди тасаввур қилинг, ҳамма оналар илм ва маърифат соҳиби бўлсачи...?

❗️Огоҳ бўлайликки, душманларимизни энг ашаддийларидан бири бўлмиш (феменизим) ни асл ғояси, ислом оламини, исломий маърифатдан узоқ бўлган аёллар билан ҳалокатга учратишдир!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔠 Uy ishlari tugamaydi. Tozalaysiz, yana toʻziydi. Yuvasiz yana kir boʻladi...

Lekin bolaning bu yoshligi qaytib kelmaydi.

Ayni shu vaqtda unga eʼtibor, mehr, suhbatdosh, muallim kerak!

❗️Keyin bir necha yillar oʻtib bolani ayblab yurmang...
3 ёшда: Менинг онам ҳаммадан яхши!
- 10 ёшда: Онажон сизни яхши кўраман!
- 15 ёшда: Она менга бақирманг
- 18 ёшда: Ўзим ҳам биламан, ақлим етади!
- 30 ёшда: Онамни энди тушундим
- 35 ёшда: Онамжонимни кўргим келяпти
- 50 ёшда: Сизни йўқотишни хоҳламайман онажон!
- 70 ёшда: Онамни яна бир марта кўриш учун боримни берар эдим!

P/s: Онангиз ҳаётлигида қадрига етиб хизматини қилинг, хурсанд қилинг. Эртага уни юзига бир марта қарашлик орзу бўлиб колмасидан олдин.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Сиз митти коинотсиз...
Bola hatto gapira boshlamagan bo'lsa ham sog'inib qolasiz. Ko'zlarini, tabassumini, hatto yig'isini ham... Unga boricha mehr qo'ygansiz: ko'zlari yo so'zlari uchun emas.

Bolasini sog'ingani uchun uyqusidan uyg'otib oladigan onalar aql bilan emas, yurak bilan harakat qiladi...

Farzandini bog'chadan tezroq olib keltirmoqchi bo'lgan onani ham bunga sog'inch undaydi...

Eshikka ko'z tikib turgan ota balki maktabga ketgan bolasini sog'inib kutayotgandir...

Ota-ona mana shunday – o'n yillab bolasini sog'inib ulg'aytirar ekan-da, keyin u o'z oilasini qurib, ota-onani battar sog'inchga qo'yib ketadi...

Bu dunyoda ota-ona va bolalar sog'inchlar, hijronlarsiz yashay olamizmi?!


@GiyosiddinYusuf
Онангизни соғинсангиз уйга борасизми, кимлардир эса қабристонга...

Онангиз гиламга ўтирганларини кўрсангиз, югуриб бориб қўша қўша тўшак соласиз, аммо онаси тупроқда етганини билиб, битта тўшак сололмайдиган бор....

Бирор хато килиб ранжитиб қўйсангиз, битта қучоқлаб “кечиринг” десангиз волидангиз ҳамма гунохингизни кечириб юборади, аммо шундай фарзандлар борки, энди улар ҳеч қачон волидаларини бўйнидан қучиб “кечиринг” дейиша олмайди.....

Уйда юрасизми, кўчадами, балолардан асрагувчи битта қалқонингиз яъни онангизни дуоси ҳар доим сиз билан, аммо онасини дуосидан бебаҳра қолганлар қанча биродар....

Уйга кеч кириб борсангиз ҳам, йўлингизга интизор бўлиб, овқатингизни қайта қайта иситиб кутадиган онангиз бормилар, шукр қилинг кўчадан кеч қайтса, девордан сакраб ховлига кирадиган, ошхонага кириб бўш қозонни кўрадиганлар қанча.....

Қанчалик бахтли эканингизни ҳис қилдингизми, шу бахтингизни эҳтиёт қилинг!
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Men ilmning shahri bo‘lsam, Ali uning darvozasidir”.

Shu hadisni eshitgandan so‘ng bir nechta xorijiylar hasad qilib, o‘zaro maslahatlashdilar. “O‘n kishi tanho-tanho borib Alidan bir masalani so‘raymiz, agar har birimizga boshqa javob bersa, Muhammadnining so‘zlari rostligi ma’lum bo‘ladi va Alining olimligi aniq bo‘ladi. Ammo u bir xil javob bersa, demak hamma gap yolg‘on bo‘ladi”, deb sinamoqchi bo‘lishdi.

Ulardan birinchisi hazrati Ali r.a. oldilariga kelib: “Ey Ali, ilm afzalmi, boylik afzalmi”, deb savol berdi. Hazrati Ali k.v. dedilar:

— Ilm payg‘ambarlardan qolgan merosdir, ammo boylik Qorun, Shaddod va Fir’avn va ularga o‘xshash kofirlardan qolgan merosdir.

“Ey Ali, ilm afzalmi, boylik afzalmi”, so‘radi ikkinchisi.

— Ilm kishini hamma balolardan saqlovchi qo‘rg‘ondir, u senga qo‘rg‘on bo‘ladi, ammo boylikka sen o‘zing qo‘rg‘on bo‘lasan.

“Ey Ali, ilm afzalmi, boylik afzalmi”, so‘radi uchinchisi.

— Boy bo‘lgan kishining dushmani ko‘p bo‘ladi, ilmli zotning do‘stlari bisyor bo‘ladi.

“Ey Ali, ilm afzalmi, boylik afzalmi”, so‘radi to‘rtinchisi.

— Boylikni sarf qilsang, kamayib ketaveradi, ammo ilmni sarf qilishing sari ko‘payadi.

“Ey Ali, ilm afzalmi, boylik afzalmi”, so‘radi beshinchisi.

— Boyligi bo‘lgan kishini baxillik va ziqnalik sifati bilan yod qiladilar. Ilmli kishini esa ulug‘lik va hurmat ila yod qiladilar.

“Ey Ali, ilm afzalmi, boylik afzalmi”, so‘radi oltinchisi.

— Boylikni o‘g‘ridan ehtiyot qilish kerak, ammo ilmni ehtiyot qilish shart emas, chunki uni o‘g‘ri ololmaydi.

“Ey Ali, ilm afzalmi, boylik afzalmi”, so‘radi yettinchisi.

— Boyligi bor kishining moli qiyomatda hisob-kitob qilinadi, ammo ilmli kishining ilmidan hisob olinmaydi.

“Ey Ali, ilm afzalmi, boylik afzalmi”, so‘radi sakkizinchisi.

— Boylik ko‘p tursa eskirib, chirib, yo‘q bo‘lib ketadi, ammo ilm ko‘p turgan sari quvvat hosil qiladi.

“Ey Ali, ilm afzalmi, boylik afzalmi”, so‘radi to‘qqizinchisi.

— Boylik degani qalbni qoraytirib, xira qiladi. Ilm dilni ravshan va munavvar qiladi.

“Ey Ali, ilm afzalmi, boylik afzalmi”, so‘radi o‘ninchisi.

— Odamning moli ko‘p bo‘lsa, unga mast bo‘lib, Fir’avndek xudolik da’vo qiladi. Agar kishining ilmi ko‘p bo‘lsa, payg‘ambarlardek shikastalik ila bandalik qiladi.

Shundan so‘ngra xorijiylar hazrati Alining olimliklariga va Payg‘ambar alayhi salomning rostgo‘yliklariga iymon keltirib, musulmon bo‘ldilar. Hazrati Ali k.v. ularga qarab: “Agar sizlar umrim tamom bo‘lguncha ushbu savolni so‘rasangizlar edi, har biringizga boshqa-boshqa javob berardim”, dedilar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝️ Bolalar uchun hayotiy dars

Ilm olishga bolalarni qiziqtirish kerak. Buni qanday qilamiz degan savolga esa ilmlilar va ilmsizlarni hayot yoʻli yaqqol misol boʻla oladi.

➡️ Ushbu video ham deyarli shu haqida
Uy yumushlari bilan shug’illanayotganingizda kichkintoyingizni telefon va televizorlarsiz band qilib qo’yishning 6 samarali usuli :

☘️ bolangizning yoshiga mos o’yinchoq va kitoblar bilan to’ldirilgan o’yin maydonchasini tayyorlab qo’ying.

☘️ farzandingiz zavqlanadigan suralarni qo’ying va uni yolg’iz kuylashiga undang

☘️ bolangizga uy ishlarida yordamchi bo’lishiga qo’yib bering ( o’zining yoshiga mos o’lchamdagi supurgi yoki shvabra bering, yoki kirlarni rangi bo’yicha saralashni so’rang)

☘️ san’at va hunarmandchilik: rasmlarni bo’yashga yoki turli shakllarni qog’ozga yelimlashni ko’rsatib bering.

☘️ qutili o’yin: bitta qutiga qum, stakan va idishlar soling. Bolangiz o’ynab, yangi narsalarni kashf qilishi mumkin.

☘️ bolangizga oshxonada oson va xavfsiz bo’lgan ishlarda yordam berishiga ruxsat bering.

Anglangan onalik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Man nega hech qachon kichkintoyimga halaqit bermayman?

Tasavvur qiling-a, sizning yangi sevimli mashg'ulotingiz bor va siz uni juda yaxshi ko'rasiz. Siz ushbu sevimli mashg'ulot haqida hamma narsani aniqlamoqchisiz. Ammo keyin sizning hamkoringiz, ota-onangiz yoki do'stingiz ichkariga kirib, siz buni to'xtatishingiz va hoziroq ular muhimroq deb hisoblagan narsani qilishingiz kerakligini aytadi. O'zingizni qanday his qilgan bo'lardingiz? Hafsalasizmi? Badjahl? Xafami?

Bolalar diqqatini bir narsaga qaratganda biz ularni to'xtatganimizda o’zlarini xuddi shunday his qilishadi. Sizning nuqtayi nazaringizda bu takrorlanuvchi va axmoqona tuyulishi mumkin.

Agar biz bolalarimizning o’yin vaqtlariga halaqit bermasak, ular o’z muammolarini o’zlari hal qiladigan, erkin fikrli bo’lib ulg’ayadilar.

Yaqinlaringizga ham ulashib qo’ying ☘️
Taqdiringizdan rozi boʼling!

Chunki yaxshi oʼylab koʼrsangiz, nima boʼlgan boʼlsa ham, hammasi yaxshilikka boʼlgan.

Masalan:

🔘 Sizni hafa qilishdi – kechirishni oʼrgandingiz.

🔘 Qiyin kunlar berildi – sabr qilishni oʼrgandingiz.

🔘 Dard keldi – hamdardlikni oʼrgandingiz.

🔘 Sitamlar keldi — bardoshingizni tarbiyaladingiz.

🔘 Johil, gumrohlar atrofingizda bisyor boʼldi, imoningiz charxlandi.

🔘 Toshbagʼirlarga roʼbaroʼ boʼlib — mehr berishni oʼrgandingiz.

🔘 Kasal boʼlib — sogʼliqni qadrini bildingiz.

🔘 Musofir boʼlib — yurtingizni va yaqinlaringizni sogʼinishni oʼrgandingiz.

🔘 Yoshlikda uqimay — ulgʼaygach ilmni qadrini oʼrgandingiz.

Faqat sizdan iltimos: Yetim boʼlmasdan ota - onani qadrlashni va umr tugamasdan har lahzangizni qadrlashni oʼzingiz tezrok, oʼrganing.!

Chunki bularni qadrini bilganingizda kech boʼladi.
2024/09/29 14:26:49
Back to Top
HTML Embed Code: