Telegram Web Link
👉👉👉 JAVOBLAR:

1. Hayotdagi hodisalarga tasirchan insonlar pastani shunday siqib ishlatadilar.

2. Tejamkor shaxs. Depressiyaga moyilligi bor.

3. Qaysar, o'jar. Sustkashlik bilan xarakat qiluvchi insonlar pastani shunday siqib chiqaradilar.

4. Odamlar bilan chiqisha olmaydigan, qo'rs odamlar pastasi shunday bir tekis holatda bo'ladi.
Nega boshqalarni ayblash bunchalik qoralanadi?

Har bir inson o'zini hayoti uchun o'zi mas'uliyatni bo'yniga olib yashashi kerak. Bu eng muhim vazifa bo'lsa, boshqalarni ayblash bu vazifani bajarishga putur yetkazadi. Bir ish qilasiz xatolik sodir bo'lsa, shu odam sabab bo'ldi deysizda, xatoni to'g'irlamaysiz. Keyingi gal ham shu xato takrorlanadi sizningcha yana kimdir aybdor. Xullas o'la o'lguncha boshqalar aybdor bo'lib, o'zingiznii isloh qilish hayolingizga ham kelmay umr poyoniga yetadi. Psixologiyada shunday holat borki, sizda nimadir salbiy hodisa ro'y berdimi, bejizga emas. Demak, siz o'zingizni qaysidir jihatingiz ustida ishlashingiz kerak. Oddiy voqea ham bekordan bekorga sizda sodir bo'lmaydi. Sababini qidirib xatoni to'g'irlashga harakat qilsangiz, haqiqiy rivojlanasiz. Boshqalarni ayblasangiz, mas'uliyatni his qilmaysiz. Natijada vazani yerga tushirib yuborsangiz, yerni tortishish qonunini ayblaydigan darajaga yetasiz.

@islomiypsixologiya_uz
Biz DANGASA hamda ERINCHOQ onalarmiz va afsuski biz koʻpchilikmiz...

▪️ Farzandlarimizning kiyimlarini dazmollaymiz, dasturxonni oʻzimiz yigʻishtiramiz, farzandlarimizga piroglar pishirib beramiz, maktabga ketayotganida sumkasini tayyorlaymiz, roʻmolchalarini dazmollab taxlab choʻntagiga solib qoʻyamiz, oʻyinchoqlarini yigʻib tartiblab qoʻyamiz, bolalarimizning xonasini saranjomlaymiz. Chunki biz dangasa, qizgʻanchiq va betoqat onalarmiz – biz farzandlarimizga yumushlarni oʻrgatish oʻrniga oʻzimiz tezgina qilib qoʻya qolamiz. Ularga oʻzlari dazmol qilishlari uchun zamin yaratmaymiz, kiyimlarini kuydirib qoʻyishidan qizgʻanamiz.
Nega sakkiz yoshli oʻgʻlimiz yoki qizimiz mazali pirog pishira olmaydi? Chunki biz buni farzandimizga oʻrgatishga dangasalik va betoqatlik qilamiz.
▪️ Nega besh yoshli oʻgʻlimiz oʻz paypoqlarini yuvib qoʻya olmaydi? Chunki biz uning maromiga yetmagan ishidan qanoatlana olmaymiz.
▪️ Nega oʻn yoshli farzandimiz buzilgan elektr asboblarini tuzata olmasligi kerak? Nima uchun biz uni oʻzimiz tuzatib qoʻya qolamiz? Chunki biz buni farzandimizga oʻrgatishga, xavfsizlik qoidalaridan dars berib oʻtirishga erinamiz.
▪️ Nega yetti yoshli qizimiz mehmon uchun ajoyib dasturxon tuzatolmaydi? Chunki biz unga ishonch bildirmaymiz, biz uning betartib qilingan ishlarini qaytadan toʻgʻrilab chiqishga betoqatlik va dangasalik qilamiz. Undan koʻra oʻzimiz bajarib qoʻya qolamiz va biz bu hamma ayblarimizni "mehribonlik" va "gʻamxoʻr ona" niqobi bilan chiroyli qilib bezatib qoʻyishni ham juda yaxshi uddalaymiz.
▪️ Hamma ishni biz onalar oʻzimiz bajaramiz va farzandimizning ongida hamma ishni onalar bajaradi degan tushunchani mustahkam qilib shakllantiramiz. Farzandlarimiz katta boʻlishgach esa, ularning oʻz xonalarini tartiblab qoʻymasliklaridan, yumushlarimiz haqida qaygʻurmasliklaridan oʻzimizga oʻksinib ham qoʻyamiz.
◼️ Biz mehribon, jonkuyar, gʻamxoʻr onamiz va 15 yoshida ham onasining etagidan tutib yuradigan, 20 yoshida ham mustaqil boʻla olmagan, 25 yoshida ham aytarli hech nimaga erisha olmagan farzandlarni oʻstiramiz...

Ozoda HABIBULLAYEVA
Qaynab turgan suvda aksingni koʻra olmaganingdek, gʻazab otiga mingan paytingda ham haqiqatlarni koʻra olmaysan
🗣  Omma oldida nutq soʻzlashning eng samarali usullari

👉 Bilamizki, taqdimot yoki nutq jarayonida tinglovchilarni jalb qilish juda qiyin. Shu sababli bu borada yaxshi natijaga erishish uchun notiqlikning eng samarali usullaridan foydalanish lozim. Chunki berilgan vaqt qisqa, qoʻshimcha qilish uchun esa koʻp holatlarda ikkinchi imkoniyat boʻlmaydi.

👆Xoʻsh, eng samarali usullar qaysilar?

💠 Nutqni mavzudan biroz yiroq boʻlgan noanʼanaviy usulda boshlang. Masalan, qarsak chalish, qoʻlni qisirlatish, sal balandroq gapirish, sheʼr aytish va hokazo. Garchi bu gʻalatidek tuyulsa-da, birinchi holatdayoq tinglovchilar eʼtiborini jalb qilishga yordam beradi;

💠 Nutqda faqat gapirishdan yiroqlashing. Mavzuga mos suratlar, qisqa videoroliklar, faktlar, statistikalar, iboralardan foydalaning. Taʼsirchanlik doirasini kengaytiring;

💠 Mavzu nomini qayta-qayta eslatishdan, bitta soʻz yoki jumlani takrorlashdan ehtiyot boʻling. Iloji boricha yangi fikrlardan foydalaning;

💠 Imkon qadar motivatsiya ulashishga harakat qiling. Yolgʻon yoki isbotlanmagan faktlarni ishlatmang. Bu bir zumda tinglovchi eʼtiborini sizdan yiroqlashtiradi;

💠 Nutqda tabassumdan ham foydalanishni unutmang. Qiziq-qiziq voqealar orqali yigʻilganlarni uyqusirashdan, zerikishdan qutqarishingiz mumkin;

💠 Tinglovchiar oʻrtasida ochiq suhbat va soʻrovnoma tashkil eting. Mavzu bahs-munozara bilan qiziqish uygʻotadi;

💠 Taqdimotning yoki nutqning foydasi haqida aytishni unutmang. Bu shuncha ketgan vaqt uchun afsuslanishning oldini oladi.

💠 Agar siz yuqoridagi usullardan samarali foydalana olsangiz, kutilgan natijaga erishish bir necha barobarga osonlashadi.
🌞 Qanday qilib asablarni tinchlantirish va stressni ketkazish mumkin?

Qanday qilib asablarni tinchlantirish va stressni ketkazish to‘g‘risidagi maslahatlar – ayniqsa zamonaviy hayotda shiddatli sur’at bilan yashayotganlarga kerak bo‘ladigan juda foydali maslahatlar hisoblanadi.

Siz hamma kasalliklar asablardan degan iborani eshitgan bo‘lsangiz kerak. Agar ko‘nglingiz tinch bo‘lsa, muammolar ham unchalik qo‘rqinchli ko‘rinmaydi, kasalliklar ham yengilroq kechadi.

Lekin sizda har doim ishda ham, ko‘chada ham stressli holatlar paydo bo‘lsa nima qilish kerak?

Meditatsiyaning har xil texnikalari mavjud, lekin ularning deyarli hammasi nafas olish-chiqarish mashqlari va diqqatni biror-bir ijobiy narsaga qaratishga asoslangan.

O‘ngacha sanang, mushaklarni bo‘shashtirishga, ulardan tanglikni olishga harakat qiling, nafas olishga va chiqarishga e’tibor bering (odatda stress holatida nafas ushlab turiladi).

Hatto fojialardan ham yaxshi lahzalarni izlang, zero ko‘p hollarda bu oddiy ko‘ngilsizlik bo‘ladi va siz bir necha kundan keyin ularning ustidan kulasiz.

Kulgili tomonlarini topishga harakat qiling, hatto jilmayish ham keskinlikni pasaytiradi va asablarni tinchlantiradi.

Tinchlanish uchun dori-darmonlar ichishga shoshilmang. Moychechak, yalpiz, limono‘t va valeriana qaynatmalaridan iching, yoting va o‘zingizni chalg‘itishga harakat qiling.

Kunduzi asablarni qanday qilib tinchlantirishni o‘ylamaslik uchun stressli holatlarni kamaytiring.

Albatta, siz tanglikdan to‘liq qutula olmaysiz, lekin to‘yib uxlasangiz sizning jahlingizni chiqarish qiyin bo‘ladi.

To‘g‘ri ovqatlanish, ish va dam olish tartibi, yaxshi rejalashtirilgan kun sizni chidamli va hatto stressni yuqtirmaydigan bo‘lishga yordam beradi.
Pokiza qalblar gohida ranjiydi, gohida jarohatlanadi, lekin hech qachon nafratlanmaydi.
#​TEST


Kuyosh botishini tanlang. O‘zingiz haqingizda bilib oling.
#Test_javoblari


1-Doim hamma narsani rejalashtiruvchi insoniz va har-bir xarakatingizni boshqarib turishga odatlangansiz,noodatiy qarorlar siz uchun emas.
Siz ko'p ishlarda iqtidorlisiz va u xususiyatlaringizni rivojlantira olasiz.
Ko'p qizikarli narsalarni o'ylaysiz va ularni zavq, bilan hayotga qo'llaysiz.😉

2-Siz emotsiyalarga boy insonsiz va osonlik bilan do'stlar ortira olasiz. Ba'zi xollarda kayfiyatingiz o'zgarib turadi, sababi esa hamma narsalarni o'zingizga yaqin qabul qilasiz.Yaqin insonlaringiz bilan ochiqlik bilan suhbatlashib tursangiz xammasi o'z o'rniga tushadi.

3-Siz uchun rivojlanish muhim hisoblanadi va ko-p vaqtingizni o'z ustingizda ishlatishga qaratasiz.Vaxti-vaxti bilan dam olishni unutmang.😉

4-Bu rasmni maqsadlari aniq bo'lgan insonlar tanlaydilar.Taqdir yo'lingizni o'zingiz barpo etasiz va xech kim sizga tusqinlik qila olmaydi.Juda qatiyatli va sabrli insonsiz, qiyinchiliklardan qo'rqmaysiz hamma narsa yaxshilik bilan tugallanishiga ishonasiz.😉

5-Siz izchil va hamisha hamma narsani o'lchab ko'rib ish yuritadigan insonlardansiz, tez yechim qabul qilmaysiz.o'zingiz bilan yakka holatda qolishni xush ko'rasiz.Insonlar bilan munosobatda bo'lib turishni unutmang.😉

6-Insonlarga doim yordam qo'lini cho'zasiz ba’zi hollarda o'zingizni va qiziqishlaringizni unutib qo'yasiz.
Siz maqsadi aniq, kuchli, tabiatan lider insonsiz.Ba’zi hollarda emotsiyani ushashni ham bilish kerak.😉
Агарда сиз стресс, тушкунликдан қутулмоқчи бўлсангиз, нафсингизга бир назар солишингиз керак. Бу каби ҳолатлардан қутулишингизга ёрдам берадиган баъзи тавсияларни тақдим қиламиз:

🔹 Келажак борасида базовталанманг, ризқнинг камлигидан хавфсираманг. Зеро, ризқ Аллоҳнинг қўлида. “Осмонда эса сизларнинг ризқу рўзларингиз (яъни, Ерда мўл ҳосил бўлишига сабаб бўлгувчи ёмғир) ва сизларга ваъда қилинаётган нарса (яъни, жаннат) бордир”.

🔹 Ўтган ишларни ҳадеб ўйлайверманг, йўқотганларингизга ачинманг. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Сенга бирор иш етса, “Агарда бунақа қилганимда, фалондақа бўларди”, демагин. Аксинча “Аллоҳ тақдирни битиб қўйган, Ўзи хоҳлагани бўлди”, дегин. Зеро, “агарда” калимаси шайтоннинг ишига йўл очади”, дея марҳамат қилганлар.

🔹 Аллоҳ таоло пешонага нимани битган бўлса ва нимани жорий қилса, ҳаммасига рози бўлинг. Мўмин одам ҳаёт синовларидан чўчимайди. Мўминнинг ҳамма иши яхшилик. Расулуллоҳ алайҳиссалом шундай деганлар: “Мўминнинг иши ажиб. Унинг ҳамма иши ўзи учун хайрдир. Бунақаси фақат мўмин учундир. Унга хурсандчилик етса, шукр қилади, бу унга хайр бўлади. Агар бошига ёмон иш тушса, сабр қилади ва бу ҳам у учун яхшилик бўлади”.

🔹Бошингизга тушган ғам-ташвишларнинг саноғи билан қизиқиш ўрнига Аллоҳ таолонинг неъматларини сананг. Зеро, Аллоҳ таоло Иброҳим сурасининг 34-оятида: “Агар Аллоҳнинг неъматларини санасангизлар, саноғига етолмайсизлар” , дея марҳамат қилади.

🔹 Бошқаларга ҳам эътиборли бўлинг, худбин бўлманг! Ҳар куни бирор бир инсоннинг табассумига сабаб бўладиган яхшилик қилинг.


📚 Доктор Ҳассон Шамсий Пошонинг "Жаннат бўстонларидаги оилавий оқшомлар" китобидан
Qanday qilib o'z g'azabingizni tinchlantirishingiz mumkin?

"Nafs, g'azab va ochko'zlik jahannamga olib boruvchi uchta illatdir."

✍️Agar inson o'zini boshqarib bo'lmaydigan g'azabi bilan shu hayotni o'zida  sog'lig'ini, martabasini buzishi, bu hayotda allaqachon do'stlari va qarindoshlarini yo'qotishi mumkin bo'lsa - u holda g'azab jahannamga ham olib borishi aniq! Siz biror narsani juda  xohlasangizu unga erisha olmasangiz, qoniqtirilmagan nafsingizdan g'azab paydo bo'ladi.

To'xtashni o'rganing. Masalan, kimdir sizni haqorat qildi,  yoqimsiz gap aytdi, javob berishga shoshilmang, chuqur , sekin nafas oling, hayolan o'ngacha sanang. Boshida xech bo'lmasa kamida uchgacha sanay olsangiz ham natijasi yaxshi bo'ladi. Undan ham yaxshisi, suhbatni boshqa kunga ko'chirishdir.

Faqatgina ushbu oddiy qoidaga amal qilishni o'zigina nizoli vaziyatlar ehtimolini 90 foizga kamaytiradi. Oddiy, kundalik muloqotda bu usulni qo'llashni o'rganish kerak. O'ylab gapiradigan kishi insonlarda doimo hurmat hissini uyg'otadi.
Пайғамбар алайҳиссалом суюкли қизлари Фотимаи Заҳрони турмушга бергач, уни ҳазрати Али хонадонига кузатаётганларида, бундай насиҳат қилганлар:

“Қизим, ўзингни ҳамиша озода тут, Роббингни зикр қил ва вужудингни сув билан покла. Эринг сенга боққанда хурсанд бўлсин. Кўзларингга сурма қўй, чунки у аёлларга зийнатдир. Бошингга зайтун мойидан сурт, чунки зайтун мойи суртган аёлга шайтон яқинлашмайди.

Эй Фотима, эринг сенга қараганида, кўзларингни юмма, токи муҳаббатинг кучайсин. Эринг бошқа тарафга қараган пайтда унинг юзига боқ, бу билан бир ой рўза тутганлик савобини оласан.

Эй Фотима, эрингнинг камчиликларини, айбини бировга айтма, бундай қилсанг, Аллоҳнинг, Пайғамбарнинг, фаришталарнинг ва эрингнинг нафратига учрайсан. Сен уй юмушларини бажар, эринг эса уйдан ташқаридаги ишларни қилсин. Эй Фотима, бу ўгитларни менга Жаброил сўзлади”.

©️ Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф роҳимаҳуллоҳ

"Ижтимоий одоблар китобидан"
Фейсбукдан
Меҳрли қучоқлар болани ўзгартиради

Қизим боғчага борганида ҳам вазифаларини бажаришга қийналар эди. Мактабга бора бошлаганидан кейин ҳам шу ҳолат давом этди. 
Бир куни қайсидир фандан икки баҳо олиб келди. Аёлим уйни бошига кўтариб, қизимни уруша бошлади. Шунда мен аёлимни ёнимга чақириб, қизимиз шундоқ ҳам афсусда эканлигини, унга бақириш ортиқчалигини тушунтирдим. Кейин қизимни чақирдим. У кўз ёшларини артиб, ёнимга келди. Қизимни бағримга босган кўйи: “Қизим, хафа бўлма, хоҳлаган баҳоингни олавер”, деб кўнглини юпатдим. 
Кейин қизимни дарсдан кейин, қўшимча шуғулланиши учун моҳир устоз қўлига топширдим. Шундан сўнг доимо қизимнинг ўқишларидан хабардор бўлиб, вақти-вақти билан уни ўқишга қизиқтириб турдим. Қизим ҳар сафар беш баҳо олса ёки қандайдир муваффақиятга эришса, уни бағримга босиб, пешонасидан ўпиб қўяр ва: “Баракаллоҳ қизалоғим, қандай баҳо олсанг ҳам мен сени яхши кўраман”, дер эдим. 
Ўқув йили тугаб, қизим уйга онаси билан кириб келганда юзида қувонч аломатлари балқиб турар эди. Қизимнинг қўлида ўқув йили охирида энг фаол ва аълочи ўқувчиларга бериладиган мақтов ёрлиғи бор эди. Ўқув йили якуний натижаларига кўра, қизим ўқиши ва хулқида намуна бўлиши билан бирга, умумий баҳолар бўйича синфида иккинчи ўринни ҳам эгаллабди.

Демак, мен тушундимки, боланинг таълими ва тарбиясига меҳр-муҳаббат ва шафқат билан ёндашиш болани муваффақиятсизлар сафидан муваффақиятлилар мартабасига кўтарар экан.

📚Доктор Абдуллоҳ Муҳаммад Абдулмуътининг "Фарзанд тарбиясидан 700 та сабоқ" китобидан
Forwarded from BOLA PSIXOLOGIYASI (Sohiba Ilhomovna)
"Odobning qanchalik muhim ekanini bilsangiz edi, ollohdan risq o‘rniga odob so‘ragan bo‘lardingiz". Hazrati Ali (r.a)
https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
​Bugun ayni vaqti

Har kun kamida 1 soat kitob mutolaasi uchun vaqt ajrating. Aks holda keyinchalik vaqt sizni bu imkoniyatdan ajratib qo‘yadi. O‘zingizda kuch va shijoat toping. O‘zingizni o‘zingiz ruhlantiring. Kuniga 8 soat emas 7 soat uxlang. Lekin kitob o‘qish uchun, ilm olish uchun vatq albatta toping.

O‘zingiz uchun o‘zingiz vaqt ajratmasangiz, hech kim siz uchun vaqt ajratib bermaydi. Ishoning insonlar uchun sizning hayotingiz umuman ahamiyatsiz. '' O‘zing uchun o‘l yetim! ''.

Hattoki o‘sishingiz uchun kuniga 1-2 soat vaqt ajrata olmas ekansiz, siz yaxshi mashina, qimmat uy, ko‘p pulni faqatgina tushungiz va orzularingizda ko‘rib yuraverasiz. Bularni orzularingizda emas amalda, real hayotda ko‘rish uchun ham bugun, hozir harakat qiling.
Hech oʻylab koʻrganmisiz! Nega orzu qilasiz, maqsad qoʻyasiz yozasiz-u, maqsadingizga yeta olmaysiz!

Sababi oʻzingizda. Siz oʻzingiz oʻz boshingizga omadsizliklarni chaqiruvchi fabrikasiz. Nega deysizmi??
Sizning boshingizdan chiqayotgan oʻy- fikrlar vibratsiyaga- malum bir energik quvvatga ega.

Bu quvvat inson aurasi deyiladi. Agar siz doimo noliyversangiz, oʻzingizni omadsiz deb hisoblasangiz- bu energik quvvat shaklida sizdan chiqib koʻpayadi va taqdiringizga taʼsir qiladi.

Aurani kuchaytirish mumkin. Faqat yaxshi narsa oʻylash va Yaratgandan umid qilish yaxshilik yoʻlida harakat qilish orqali.
Forwarded from BOLA PSIXOLOGIYASI (Sohiba Ilhomovna)
"Odobning qanchalik muhim ekanini bilsangiz edi, ollohdan risq o‘rniga odob so‘ragan bo‘lardingiz". Hazrati Ali (r.a)
https://www.tg-me.com/BOLA_PSIXOLOGIYASI
🔖AFFIRMASIYA

SHUKRONALIK KELTIRISH QO'LLAB KO'RING VA O'ZINGIZNI YANGITDAN KASHF QILING

🗯 O‘z oyoqlaringiz hayotdagi asosiy transport ekanligi haqida o‘ylang. Buning uchun oyoqlaringizga
♥️SHUKRONALIK keltiraman deng

🗯 Qo‘llaringiz bilan bajargan ishlaringiz~hayotingizdagi asosiy ish quroli, ulardan kun davomida foydalanasiz.
Qo‘llaringiz va barmoqlaringizga
♥️Shukronalik keltiraman deng.

🗯 O‘zingizni ajoyib tuyg‘ularingiz haqida o‘ylang.
O‘zingizni ta'm bilish sezgingizga
♥️SHUKRONALIK bildiring.!

🗯Hid bilish orqali hayotning ajib iforlarini sezasiz. Hid bilish sezgingizga shukronalik keltiring.
Sezgilaringiz borligi, ular orqali o‘zingizni himoya qilganligiz. O‘z yaqinlaringizga tegish, quchoqlash... Imkonini bergan. Bu hayotning eng qadrli narsalari uchun
♥️Shukronalik keltiraman deng.

🗯 Ko‘zingiz mo‘jizasi. Tabiat go‘zalligini, hayot yo‘lini ko‘rish imkonini beradi
♥️Shukronalik keltiring

🗯 Quloqlaringiz haqida o‘ylang, o‘zingiz va boshqalarning ovozini eshitganligiz, atrofdagi ovozlarni tinglaganiz uchun
♥️Shukronalik keltiraman deng.

🗯 Miyangiz hayot mazmunini ko‘rish va tajriba to‘plashga imkon beradi. O‘zimning miyamga va aqlimga
♥️SHUKRONALIK keltiraman.

🗯 Trillonlab hujayralar to‘xtovsiz 24 soat davomida, 7 kunsizsalomatligiz ustida qayg‘urib ishlaydi. Hujayralaringizga Minnatdorlik bildiring.! Tanangizni avtomatik ishlayotgani haqida
♥️SHUKRONALIK keltiraman!

🗯 A'lo ishlaringiz uchun,tanadagi boshqa organlarning eng ajoyibi YURAK! Uchun
♥️SHUKRONALIK keltiraman deng..
2024/09/30 06:26:49
Back to Top
HTML Embed Code: