"Zakovat" intellektual o'yini AQShga tashrif buyurdi.
Kecha Nyu-Jersi shtatining Dover shahrida, Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasi binosida AQShning turli shtatlaridan kelgan yettita bilimdonlar jamoasi o'zaro bellashdi.
O'yinni shaxsan O'zbekistondan tashrif buyurgan "Zakovat" boshlovchisi Abdurasul Abdullayev olib bordi.
Men ham Nyu-York shtatidan "Mahalla USA" jamoasi safida qatnashdim.
Murosasiz kechgan bahsda Pensilvaniya shtatidan kelgan "Yurtdosh" jamoasi birinchi o'rinni oldi. Lekin biz ham yomon qatnashmadik. :)
Qiyinchilik shunda bo'ldiki, javoblarni har bir savol uchun yozma topshirdik. Bunda ba'zan to'g'ri topgan bo'lsak ham, qog'ozda so'zning boshqa varianti yozilgani uchun javob qabul qilinmadi.
Xullas, ham aqliy, ham ma'naviy yaxshi xordiq chiqardik.
Tashkilotchilarga, xususan, homiy "Vatandoshlar" jamiyat fondiga va mezbon Turkiston-Amerika jamiyatiga katta rahmat.
@bmamadiev

"Apple" kompaniyasi "iPhone 16"ni e'lon qildi. Olamshumul o'zgarish yo'q: texnik o'zgarishlar minimal; asosiy fokus sun'iy intellekt imkoniyatlariga qaratildi - ular ham bosqichma-bosqich, dasturiy yangilanishlar orqali e'lon qilib boriladi.
Bu orada Ilon Mask ikki yildan so'ng Marsga kosmik kema uchirishni rejalashtirayotganini e'lon qildi. Ilk parvoz odamsiz bo'ladi. U Marsga muvaffaqiyatli qo'nish imkoniyatini o'rganadi. 6 yildan keyin esa Marsga odamlarni uchiramiz, deya da'vo qilmoqda Mask.
Maskning bergan va'dalari doim amalga oshgan, faqat u aytadigan muddatga yana bir necha yilni qo'shib hisoblash kerak bo'ladi.

"Fikrlovchi" robotlar va hammaning hamma narsasi bo'ladigan kelajak
Sun'iy intellekt yangi davrga kirmoqda. "OpenAI" kompaniyasi ikki kun avval tahliliy va mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega "o1 Preview" modelini ommaga taqdim etdi.
Kompaniyaning da'vo qilishicha, bu model berilgan topshiriqni bajarishdan oldin "o'ylaydi"; uning muammolarni tahlil qilish va yechish salohiyati biologiya, kimyo yoki fizikaga oid murakkab masalalarni yechadigan doktorlik darajasi (PhD) tadqiqotchisiniki bilan teng.
Hozirgacha "OpenAI"ning eng ilg'or modeli bo'lgan "ChatGPT-4o" Xalqaro matematika olimpiadasidagi misollarning atigi 13 foizini to'g'ri yecha olgan bo'lsa, yangi "o1" modeli bu misollarning 83 foiziga to'g'ri javob topgan. Dasturlash musobaqasida ham uning muvaffaqiyati 89 foiz ishtirokchilarnikidan yaxshiroq chiqqan.
Kuzatuvchilarning aytishicha, aslida bu model hozirgi holatidan ancha qudratli bo'lib, uning g'arazli maqsadlar yo'lida suiiste'mol qilinishiga yo'l qo'ymaslik uchun kompaniya asl potensialini ataylab pasaytirgan holda ommaga taqdim etmoqda. Masalan, u bilan biologik qirg'in qurollarini yaratish nazariy jihatdan mumkin, deydi ekspertlar.
Bu modelni ishlatish ancha qimmat bo'lgani bois (kompyuter resurslarini ko'p talab qiladi), hozircha "Plus" foydalanuvchilari undan haftasiga 30 martagacha foydalanishi mumkin.
Men ham ishlatib ko'rdim. Yagona kamchiligi - savolga javob berish ko'proq vaqt oladi. Buni model "o'ylash" va "tahlil qilish" uchun ketgan payt deb aytmoqda. Lekin beradigan javoblari mukammal. Aslida oddiy savol-javoblarda uning boshqa "ChatGPT" modellaridan farqini sezish qiyin. Uning afzalligi murakkab fikrlash va tahlilni talab qiladigan masalalarda ko'rinadi.
"OpenAI"ga ko'ra, "o1" modeli, fikrlashga asoslangan ilk model va uning yanada yaxshilangan versiyalari kelajakda navbat bilan e'lon qilib boriladi.
So'nggi paytlarda "Anthropic" kompaniyasining "Claude" boti ham sifat bo'yicha "OpenAI"ning ilg'or modellariga yetib olgani, hatto undan o'tib ketayotganini sezyapman. Masalan, kod yozish bo'yicha menga "Claude"ning ishi "ChatGPT-4o"nikidan ancha yaxshiroq ko'rinadi. "Google"ning "Gemini" botidan uncha ko'nglim to'lmadi. Uni juda kam ishlatganman; shunda ham negadir ko'proq hafsalam pir bo'ladigan javoblar olganman.
Aytgancha, "Amazon" kompaniyasi "Anthropic"ning asosiy hissadorlaridan biri; unga 4 milliard dollar sarmoya kiritgan.
Xullas, kelajak qiziq. Ilon Maskning aytishicha, sun'iy intellektga asoslangan kelajakda hammaning hamma narsasi bo'ladi: hamma farovonlikda yashaydi. Chunki sun'iy intellekt asosida hamma narsani arzon va behisob miqdorda ishlab chiqarish mumkin. Jismoniy mehnatlarning barchasini robotlar bajaradi. Gumanoid robotlar soni yer yuzidagi odamlar sonidan bir necha barobar ko'p bo'ladi. Odamlarning bir kunda 8 soat ishlashi va mehnati uchun maosh olishi kabi an'anaviy iqtisodiy modellar o'zgaradi.
Bunday kelajakning amalga oshish imkoniyati, Ilon Maskka ko'ra, 80 foiz. Lekin sun'iy intellekt hammasini barbod qilishi ham mumkin va buning yuz berish ehtimoli 20 foizga teng, deydi Mask.

Pandemiya erasi bizga taqdim etgan uydan ishlash imkoniyati nihoyasiga yetmoqda. "Amazon" kompaniyasi 2025-yil 2-yanvardan boshlab barcha xodimlar haftada besh kun ofisdan ishlashga o'tishini ma'lum qildi.
Hozir haftada faqat uch kun ofisdan ishlayapmiz.
@bmamadiev
Hozir haftada faqat uch kun ofisdan ishlayapmiz.
@bmamadiev
Dasturlashni endi o’rganishni boshlagan paytim tuzgan kunlik rejamni topib oldim. 2021-yilning oxirlari edi, adashmasam…
Reja o’z samarasini berdi. Oradan bir yil o’tib “Amazon”ga ishga kirdim.
Daily Schedule
0. Wake up at 6 am;
1. Work email;
2. Breakfast;
3. Telegram;
4. Personal email (Read Daily NYT News);
5. Work;
6. Lunch at 12 pm;
7. Study... Study... Study...;
8. Read Medium Article;
9. Dinner;
10. Study;
11. Get ready for bed at 10:30 pm sharp!
12. Sleep at 11 pm sharp!

O'qishda barcha talabalar orasida eng yuqori bahoni siz olsangiz - hatto u 4 bo'lsa ham - albatta, xursand bo'lasiz. Lekin sizdan yuqoriroq ball to'plagan talaba bo'lsa, 5 ham tatimaydi.
A'lo baho bilan o'qishni bitirgan talaba ham norozi bo'ladi; agar u mamlakatdagi eng nufuzli kompaniyaga ishga kira olmasa.
Eng nufuzli kompaniyaga ishga joylashgan talaba ham norozi; chunki hamkasbi undan ko‘proq maosh oladi.
Kompaniyada eng yuqori maosh oladigan odam ham mamnun emas; chunki u o'z muvaffaqiyatini o'zidan puldorroq bo'lgan boshqa tanishlari bilan solishtirishni boshlaydi.
Buni amerikaliklar kalamush poygasi deb ataydi. Agar siz hayotda boshqalar bilan poyga o'ynasangiz, hech qachon baxtli bo‘la olmaysiz; chunki poygada har doim sizdan oldinda kimdir bo'ladi. Bu narsa hayotingizda bor narsalarni qadrlashga va qanoat qilishga yo'l qo'ymaydi.
Baxtli bo'lish uchun aslida ko'p narsa kerak emas...

Tasavvur qilamiz: 2124-yil kirib keldi. Roppa-rosa yuz yildan keyin. U payt shu matnni yozayotgan odam ham, uni o'qiyotgan odam ham bu dunyoda bo'lmaydi; yer ustida emas, ostida bo'ladi. Nafaqat siz, balki aka-ukalaringiz, yoru-birodarlaringiz ham bu dunyoni allaqachon tark etgan bo'ladi...
Biz umrimizning aksariyatini sarflab, misqollab yig'ib qurgan dang'illama uyimizda begonalar yashayotgan bo'ladi. Bizga tegishli neki bo'lsa (agar bo'lsa), hammasiga boshqalar egalik qiladi.
Qanchamiz bobomizning otasini yoki onasini taniymiz? Kimligi tugul, ismini eslay olamizmi?
Uyingizda balki avlodingiz yashar, lekin u sizning ismingizni bilmasa, demak, begona.
O'lganimizdan keyin, bizni uzog'i bilan bir necha yil eslashadi. Yana bir necha yil o'tib, ijtimoiy tarmoqlarni va telefonimiz xotiralarini to'ldirgan rasm va videolarimiz tarixning axlat qutisiga uloqtiriladi...
Biz hatto xotiralarda yashamaymiz. Chunki bizni tanigan odamlarning o'zi bu dunyoda bo'lmaydi.
Tirikchilik tashvishlaridan bir lahza tin olib, shular haqida o'ylasak, biz quvib yurgan maqsadlarimizning ko'pi qanchalik mayda va ahmoqona narsalar ekanini tushunamiz.
Mazmunli umr - bu odam o'lim to'shagida yotganda o'tgan hayotiga qarab afsus chekmaydigan umrdir.
G'arbda keksa odamlar eng ko'p nimadan afsuslanishi haqida qator tadqiqotlar o'tkazilgan. Ularning xulosalari bir-biriga o'xshash. Odamlar keksayganda, odatda, quyidagilardan afsus-nadomat chekar ekan.
1. Sevgan va yaqin insonlari, oilasi bilan yetarli vaqt o'tkazmaslik
Fakt shuki, 24 soatlik kunimizning aksariyati yo ishda yo ko'chada o'tadi. Uydagi vaqtimizning ham aksariyati ehtimol televizor (kompyuter) oldida yoki uyqu bilan o'tsa, ajab emas.
Odam o'lim to'shagida yotganda eng yaqin insonlari, do'stlari bilan ko'proq vaqt o'tkazmaganidan; ularga yetarli e'tibor va muruvvat ko'rsata olmaganidan afsuslanar ekan.
2. Risk qilishdan qo'rqib, orzulardan voz kechish
Orzularimiz ko'p (Faqat moddiy orzularni tushunmang). Ko'pincha, qo'limiz kaltalik qilib yoki shunchaki, tavakkal qilishdan qo'rqib, ulardan osongina voz kechib qo'ya qolamiz. Komfort zonamizdan chiqishni xohlamaymiz. Qarib-qartayib qolganimizda esa, essiz, yoshligimda, belimning quvvati borligida shu ishlarni qilmagan ekanman, deb nadomat chekar ekanmiz.
3. Sog'likning qadriga yetmaslik, nosog'lom turmush tarzi
Qarilik ham kasallikdek gap. Ko'pchilik nafaqaga chiqqanimda maza qilib dam olaman, deydi. Lekin umr bo'yi sog'ligiga yaxshi qaramagani uchun, nosog'lom turmush kechirgani uchun, nafaqa yoshiga yetar-yetmas, kasalliklardan arimay qoladi. Keyingi umr esa afsus-nadomat va dard-hasratlar bilan o'tadi...
4. Boshqalarga yordam bermaslik, xayrli ishlarni kam qilish
Odam qariganda, mendan nima ish qoldi; nimadir yaxshilik qildimmi, deb o'ylarkan. Demak, birovga yaxshilik qilish, yaxshi nom qoldirish imkoniyati ko'proq yoshlikda bo'lar ekan.
5. Bugun bilan yashamaslik
Aksariyatimiz uy uchun, mashina uchun pul yig'ish bilan ovoramiz. Dam olishga ulguraman; uyimni bitkazib olay, to'yimni o'tkazib olay, deb hayotimiz o'tib ketganini sezmay qolamiz. Dam olishni ortga surish, ko'p ishlash - keksayganda odam eng ko'p afsuslanadigan narsalardan biri ekan.
6. Boshqalar uchun yashash
Bu, ayniqsa, bizning xalqqa ko'proq xos. Odamlar nima deydi, deb ko'pincha o'zimiz xohlagandek yashay olmaymiz. Demak, aslida biz boshqalar uchun yashayapmiz. Menimcha, eng behuda va befoyda umr mana shunday hayot bo'lsa kerak.
Bu bitiklarni o'qiyotgan paytingiz to'rt muchangiz sog', iligingiz butunmi; demak, sizda hali imkoniyat bor.
Kelinglar, mazmunli umr kechiraylik...

"Open AI" kompaniyasi sun'iy intellekt asosida ishlaydigan "ChatGPT" modelining yangilangan ovozli suhbat funksiyasini e'lon qildi. Bundan avval ham "ChatGPT" bilan ovoz orqali gaplashish mumkin edi, faqat sun'iy ovozligi sezilib qolardi.
Yangi versiya, avvalo, tabiiyligi bilan ajralib turadi. Hozircha undan pulli obunachilar foydalanishi mumkin.
Men ham sinab ko'rdim. Avvalgisidan ancha yaxshilangani sezilib turibdi. Uni har xil savollar bilan qiynadim, pichirlatib ko'rdim, kuldirdim; haqiqiy odamdek hammasini o'xshatyapti. Faqat hali kuylay olmas ekan. 🙂
Savollarga darhol javob beryapti; oldingidek kuttirib qo'ymaydi.
Uni o'zbek tilida ham gapirishga majburladim. Haliyam o'zbekchani aksent bilan gapiryapti; lekin gaplarni tuzishida deyarli xato qilmadi. Umuman, "ChatGPT" o'zbek tilida juda a'lo darajada ishlayotgani haqida avvalroq yozgan edim.
"Sun'iy intellekt"ning bu yangi funksiyasi tez orada gumanoid robotlarga ko'chadi. "Figure" kompaniyasi allaqachon buni o'z robotlarida eksperiment qilishni boshlagan. Yaqin 5-10 yil ichida esa bu robotlar xonadoningizga kirib boradi.
Ular nafaqat uy yumushlarini bajaradi, balki yolg'iz odamlarga hamsuhbat, do'st va hatto yor bo'lishi mumkin.
Kelajak qiziq va ayni paytda qo'rqinchli.

AQShda yashash huquqini beruvchi Grin karta dasturiga ariza topshirish boshlanibdi:
https://dvprogram.state.gov/application.aspx
Topshirishdan charchamaganlar yana imkoniyatlarini sinab ko’rishi mumkin. Hozir topshirsangiz, javoblar 2025-yil may oyida chiqadi.

Siz bilan hech shunday bo‘lganmi? Siz katta ishtiyoq, ijobiy his-tuyg‘ular va optimizm bilan ingliz tilini yoki boshqa yangi narsani o‘rganishni boshlaysiz, lekin keyin birdaniga qiziqishingiz susaya boshlaydi.
Siz o‘zingizni dangasa va istaksiz his qila boshlaysiz, kerakli vazifalarni bajarishni xohlamay qolasiz. Tanish holatmi? 😁
Bu nima uchun sodir bo‘layotganini va qanday qilib tuzatish mumkinligini bilishni xohlaysizmi? Agar javobingiz "ha" bo‘lsa, bu maqola (Ingliz tilida) aynan siz uchun: 👇👇👇
https://www.tg-me.com/akmal_akbarow/11

Isroil - AQShning arzandasi. AQSh uning ko'p ishini yoqtirmaydi, lekin nima desa ham, nima qilsa ham, doim uni qo'llab-quvvatlaydi.
Isroil-G'azo urushi
7-oktabr voqealaridan keyin Isroil G'azoni bombalash kampaniyasini boshladi. AQSh bunga qanday javob berdi? Isroilning o'zini himoya qilish huquqini to'liq qo'llab-quvvatlashini; nima yordam kerak bo'lsa, hammasi berilishini bot-bot ta'kidladi. Va so'zida turdi...
Urushning ikkinchi bosqichi: Isroil G'azoga bostirib kirdi
Bu orada Vashington G'azoning bosib olinishi xato bo'lishi haqida Isroilni ogohlantirdi. Isroil bunga qanday javob berdi? G'azoni yer bilan bitta qilib, hozirgacha davom etayotgan bosqinga start berdi.
Vashington esa Isroilni "G'azoga insonparvarlik yordami ko'proq o'tishini ta'minlashga va tinch aholini himoya qilish choralarini ko'rishga" chaqirish bilan cheklandi. Bu chaqiriqqa Isroil qanday javob berdi? G'azoga gumanitar yordam kirishini taqa-taq to'xtatdi; tinch aholi jon saqlayotgan maktablarni, qochoqlar lagerlarini nishonga tutdi; shu kungacha 40 mingdan ortiq falastinlikni o'ldirdi. AQShdan Isroilga harbiy qurol-yarog' oqib kelishi esa to'xtagani yo'q.
Urushning uchinchi bosqichi: Isroil Livanga bostirib kirdi
Shimoliy hududlarini "Hizbulloh" raketalaridan himoya qilish da'vosi bilan Isroil endi Livanga qarshi bombalash kampaniyasini boshladi. AQSh Isroilni "to'liq qo'llab-quvvatlashini" eslatdi, lekin Livanga bostirib kirishdan ehtiyot bo'lish haqida yana ogohlantirdi. Isroil, odatdagidek, bu ogohlantirishlarga quloq tutmadi. AQSh esa Isroil va AQSh manfaatlarini himoya qilish uchun mintaqaga qo'shimcha askar va texnika jo'natishini e'lon qildi.
Urushning to'rtinchi (ehtimol oxirgi) bosqichi: Eronga hujum
Isroilning Livan va Suriyadagi hujumlarida ko'plab Eron qo'mondonlari va rasmiylari halok bo'ldi. "Hizbulloh" va "Xamas" yetakchilari Eron hududida yo'q qilindi. Bunga javoban, Eron Isroilga qarata so'nggi bir yil ichida ikkinchi bor raketalar hujumini uyushtirdi.
AQSh Prezidenti Jo Bayden Eron tahdidiga uchragan Isroilni "to'liq, to'liq, to'liq qo'llab-quvvatlashini" aytdi. Ayni paytda Oq uy mojaroni diplomatik yo'l bilan hal qilishga va ikki tomon o'rtasida to'liq urush boshlanib ketishiga yo'l qo'ymaslikka chaqirmoqda.
Isroil bunga qanday javob beradi, deb o'ylaysiz? Albatta, quloq solmaydi. Nega? Chunki AQSh har doim undan yordamini, himoyasini ayamasligini biladi. Isroil AQShning e'tiroz va ogohlantirishlarini qancha buzmasin, bu yordam uzilmasligi kundek ravshan. Netanyaxu bundan unumli foydalanishni yaxshi uddalayapti.
Ayniqsa, saylov arafasida. AQSh siyosatdonlari biladiki, Isroilga qarshi gapirgan hech bir nomzod prezident bo'la olmaydi; saylovda yutqazishi aniq. Shuning uchun, Isroilni yomon ko'rsa ham, siyosatchilar jamoatchilik orasida uni tish-tirnog'igacha himoya qilishga majbur.
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama 2-prezidentlik muddatini yakunlash arafasida BMT Xavfsizlik kengashida Isroilni qoralovchi rezolyutsiyaga qarshi veto qo'llashdan tiyilgan edi. Bu o'sha paytda ancha shov-shuv bo'lgan va hatto Isroilga xiyonat deb atalgan. Ehtimol, o'shanda Obama biroz vijdoniga qarab ish tutgandir. Lekin saylangungacha va prezidentlik davrida u ham Isroilga sodiqligini ko'p isbotlashga uringan.
Xullas, AQSh qudratli ota. Isroil esa arzanda o'g'il. U har qancha xarxasha va injiqlik qilmasin, ota baribir uni kechiradi va himoya qiladi.
Yoki majoziy qilib aytganda, Isroil AQShning tasho*idan ushlab olgan; qayerga sudrasa, AQSh orqasidan borishga majbur; nima desa, aytganini qiladi.

Kecha “Men, robot” (I, Robot) filmini qaytadan tomosha qildim. Kinoda sun’iy intellekt inson nazoratidan chiqib ketishi hamda robot va insonlar o’rtasidagi kurash aks etgan.
Film boshida shunday bir epizod bor. Robotlarni o’lguday yomon ko’radigan detektiv Del Spuner texnika hech qachon odam bilan tenglasha olmasligini Sanni ismli robotga (bosh qahramonlardan biri) shunday tushuntiradi: sen hech qachon simfoniya (murakkab musiqiy asar) bastalay olmaysan; go’zal tasviriy san’at asarlarini yaratish qo’lingdan kelmaydi.
Kinodan bugungi kunga qaytamiz. Bizda hali bu kinodagidek robotlar yo’q, lekin sun’iy intellekt allaqachon Betxoven darajasida simfoniya bastalayapti; u yaratgan tasviriy san’at asarlarini esa professional rassomnikidan farqlash qiyin.
Men 10 yil ichida kinodagidek harakatlana oladigan (jangari tryuklardan tashqari) va muloqot qiladigan robotlar yaratilishiga va xonadonlarga kirib borishiga ishonaman. Birgina, “Figure” kompaniyasi taqdim etgan prototipga qarang. Va bundan buyog’iga o’zgarishlar juda tez sodir bo’ladi…
Mutaxassislarning aytishicha, insoniyat hozir 5-sanoat inqilobiga qadam qo’ymoqda. Ayrimlarga ko’ra, bu insoniyat tarixidagi oxirgi sanoat inqilobi bo’lishi mumkin.
Bugun odamlar ishlatadigan texnologiyalarning 99,9 foizi oxirgi 250 yil ichida yaratilgan. To’rtta sanoat inqilobi ham shu davr ichida ro’y bergan va bu muddat jami insoniyat tarixining bor-yo’g’i 0,1 foizini tashkil etadi.
Vaholanki, bugungi odam zoti kamida 200 ming yoshda ekani taxmin qilinadi. Insoniyat tamaddunining tamal toshi hisoblanadigan dehqonchilik kashf qilinishi uchun qariyb shuncha vaqt sarflangan; ya’ni ilk agrar tizim bundan 12 ming yil oldin paydo bo’lgan. Buyuk kashfiyotlardan yana biri – g’ildirak ixtiro qilinishi uchun yana, taxminan, 8-9 ming yil ketgan (er. av. 3500-yil). Oradan yana ikki ming yilcha o’tib, temir kashf qilindi. Milodiy era boshlanishi bilan kashfiyotlar sur’ati ancha tezlashdi. Oxirgi 250 yil ichida esa favqulodda darajada…
Matematikada ekponensial o’sish degan tushuncha bor. Ya’ni, boshida o’sish sekin boshlanadi va vaqt o’tib, karrasiga oshib boradi. Tabiatda bunga misollar ko’p: o’simliklar, bakteriyalar va aholining o’sishi; yadroviy zanjirli reaksiya oqibatida atomlarning bo’linishi va hokazo.
Futurolog Rey Kurzveylga ko’ra, texnologiyadagi o’sish ham xuddi tabiatdagi jarayonlar kabi eksponensial o’sishni boshdan kechiradi va yaqin kelajakda chiplar bugungi chiplardan millionlab marta kuchli bo’ladi.
Har ikki yilda chipdagi tranzistorlar soni ikki baravarga oshib borishi haqidagi Mur qonuni bunga bir dalil. O’tgan asrning 60-yillaridan beri bu qonun (bashorat) buzilmasdan, amalda o’z isbotini topib kelmoqda; ya’ni har ikki yilda chiplarning hisob-kitoblarni amalga oshirish quvvati kamida ikki barobarga o’syapti.
Shunga asoslanib ba’zi ekspertlarning taxmin qilishicha, keyingi 4-5 yil ichida miqyosi oxirgi yuz yilda sodir bo’lgan o’zgarishlar bilan teng texnologik o’sish yuz beradi.
Kinoga qaytamiz. “Men, robot” filmi 2035-yil haqida; kinoning o’zi 2004-yilda suratga olingan. Ijodkorlar eksponensial o’sish bo’yicha ancha optimist bo’lgani ko’rinib turibdi: 2035-yilgi Chikago manzarasi, ayniqsa, transport infratuzilmasi bugungi kundan ancha ilg’or.
Keyingi 10 yil ichida AQShda bunday infratuzilma bo’lishiga men ishonmayman. Demak, ba’zi yo’nalishlarda, masalan, ijrosi hukumatning keng ishtiroki va nazoratini talab qiladigan sohalarda tez o’sishni kutmagan ma’qul.
Ammo robotlar va sun’iy inellekt haqidagi tasavvurlar, menimcha, real kutilmalarga yaqin.

Nyu-York shahar meri Erik Adamsga qarshi korrupsiya bilan aloqador bir nechta federal jinoyat ishi bo'yicha tergov olib borilmoqda.
Adams Nyu-Yorkdagi o'zbeklar jamiyati bilan yaqin va jamiyatning deyarli barcha yirik tadbirlarida faol qatnashib kelgan. Qizig'i - shahar meriga qo'yilgan ayblovlardan biri o'zbeklar bilan bilan bog'liq.
"Nyu-York Tayms" nashrining yozishicha, Nyu-Yorkdagi qurilish kompaniyasi rahbari, asli o'zbekistonlik Tolib Mansurov Adamsning saylov kampaniyasiga noqonuniy yo'l bilan pul o'tkazgan va evaziga undan biznesini yuritishda yordam so'ragan. Adams Mansurovning Bruklinda qurilishi to'xtab turgan binosiga hokimiyatdan tegishli ruxsatni olishda yordam bergani da'vo qilinmoqda.
Adamsga qo'yilgan boshqa ayblovlar ham Nyu-Yorkda yashovchi turkiy jamoalar vakillari bilan bo'lgan noqonuniy oldi-berdilar haqida.
Bu mashmashalar ortidan Adamsning bir qator yordamchilari o'z ixtiyori bilan ishdan bo'shagan; ayrimlari jinoyatga sherik sifatida tergovga tortilgan.
Erik Adams ayblovlarni rad etmoqda.

"Milton" to'foni munosabati bilan O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi Florida shtatidagi o‘zbekistonliklardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.
Ofat yuz bergan hududlarda yashayotgan bo'lsangiz va sizga shoshilinch yordam kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
+1-202-251-8298
+1-202-300-9526
To‘fon natijasida jabrlanganlar AQShning Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligining quyidagi ishonch raqamlariga ham murojaat qilishlari so‘raladi:
- Shoshilinch tibbiy yordam: 911
- Favqulodda vaziyatlarni boshqarish Federal agentligi raqamlari:
(800) 621-3362
(800) 462-7585
(800) 985-5990
umumiy masalalar bo‘yicha: +1-202-646-2500
- Florida shtati ko‘mak liniyasi: +1-800-342-3557
- Florida shtati Evakuatsiya qilishga ko‘maklashish xizmati: +1-800-729-3413

"Tesla" kompaniyasi uzoq kutilgan va bir necha marotaba ortga surilgan robot taksilar taqdimotini nihoyat o'tkazdi.
Tadbir "We, robot" (Biz, robot) deb ataldi. Demak, unda "I, robot" (Men, robot) filmidagi kelajakka ishoralar bo'lishini oldindan taxmin qilish mumkin edi va shunday bo'lib ham chiqdi.
Kompaniya rahbari Ilon Mask tadbirda uchta yangi mahsulotni taqdim etdi: ikki eshikli va ikki o'rindiqli, haydovchisiz harakatlanadigan avtomobil (robotaxi), 20 kishilik, haydovchisiz harakatlanadigan mikroavtous (robovan) va "Optimus" gumanoid robotlarining yangi avlodi.
Taksi xizmatlari uchun ishlatiladigan yangi avtomobilning ruli ham, oyoq qo'yadigan pedali ham yo'q, deya da'vo qildi Mask. Uning o'zi sahna oldiga ana shunday mashinalardan birida keldi.
Bu avtomobil 2027-yilgacha ommaviy ishlab chiqarilishi va savdoga qo'yilishi kutilyapti. U ishlatimay turgan paytlarda mustaqil tarzda ko'chada taksi qilib, egasi uchun pul ishlab yuradi.
Ikkinchi mahsulot - "I, robot" filmidagi kelajak transportini eslatadigan mikroavtobus. Mask uni tanishtirar ekan, antiqa ko'rinishdagi kelajak transporti sahna oldiga "suzib" keldi va ichidan 20 tacha odam tushdi. Uning ham ruli va haydovchisi yo'q; ichida oppoq va shinam o'rindiqlar bor, xolos.
Bu robot avtobus o'zgarishlarsiz ana shunday ko'rinishda ishlab chiqariladi, dedi Mask.
Nihoyat - hammaning ko'zi sahnaga qarab yurib kelayotgan bir guruh robotlarga tushdi. Bu kechaning uchinchi taqdimoti - "Optimus" robotlari edi.
Maskning aytishicha, tez orada bu robotlarni ko'chalarda, tamaddixonalarda ko'rish odatiy holga aylanadi; ular uy xizmatkoriga, suhbatdoshga aylanadi.
Bu gaplari bilan Mask xuddi "I, robot" filmidagi robotlar haqida bir hafta oldin yozganlarimni tasdiqlagandek. Ammo men filmdagi transport tizimining yaqin 10 yil ichida paydo bo'lishiga jiddiy shubha bildirgan edim.
Aftidan, Mask bunday transport kelajagini ham tezlashtirish niyatida.

Kamida ikkita fan bo'yicha Nobel mukofoti bu yil sun'iy intellekt sohasida ishlaydigan olimlarga nasib qildi. Yutuq olganlarning uch nafari "Google" kompaniyasida ishlaydi yoki ishlagan.
Fizika bo'yicha Nobel mukofoti sun'iy intellekt inqilobiga turtki bergan fundamental kashfiyotlari uchun professorlar Jef Hinton va Jon Hopfildga berildi. Ular "sun'iy neyron tarmoqlari yordamida mashinalarga o'rganish imkoniyatini beruvchi asosiy kashfiyotlari va ixtirolari" uchun taqdirlandi. Jef Hinton yaqingacha "Google" kompaniyasida ishlagan.
"Google"ning yana ikki xodimi Demis Hasabis va Jon Jamper ham Kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor deb topildi. Ular sun'iy intellekt yordamida protein strukturasini aniqlashda erishgan yutuqlari uchun mukofotlandi.