⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2023-yil 21-oktabrdan 6-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (9-11-noyabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
👉 @bhfirdavsiy
✅ 2023-yil 21-oktabrdan 6-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
👉 @bhfirdavsiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirilmoqda.
Ya’ni:
👉 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m;
👉 yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;
👉 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7 foizga oshgan holda hisoblanadi.
Bazaviy hisoblash miqdori 1-dekabrdan 3 foiz miqdorda (7 foiz emas) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Sizlar bexabar bir loyihacha boshlab qoʻydim.
Aslida, talabalalikdan shunga tayyorlanib kelayotgandim. Juda koʻp loyihalarga jalb qilishdi.
Yanayam oʻzim mustaqil nimadir qilgim keldi. Bu ishning kelajagi nima boʻladi bilmayman.
Eng kamida oʻz imkoniyatlarimni baholab olaman. Qolganiga, xayrlisi, insholloh.
Qiziquvchilar uchun kanalga ulanish: https://www.tg-me.com/faktcheck_uz

… Odamlar:
– Soraxon folbin to‘ppa-to‘g‘ri Xudo bilan gaplashadi! –deyishadi. Mirobiddinxo‘ja bo‘lsa maqtanib:
– Bizning uydan Xudoning ovozi eshitilib turadi! – deydi. Ishqilib, ana shu narsalarni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldim-u, ertalab nonushtadan so‘ng to‘ppa-to‘g‘ri folbin xolamning uyiga qarab yo‘l oldim...
… Hovlisida yettita xotin, beshta chol, uchta bola o‘tirishibdi. Hammasi ham kasal bo‘lsa kerak, rangi oftob urgan xamakdek sap-sariq. Qalpoqni kiyib sekin ichkari kirdim.
Folbin xolam qorong‘i uyda o‘tirib olib rom ochyapti, qarshisida bola qo‘ltiqlagan mening oyimga o‘xshagan cho‘ziq yuzli bir ayol o‘tiribdi.
– O‘g‘lingni sariq jin uribdi, qizim, – dedi folbin xolam…
… Avvaliga qo‘rqqanimdan bezgak tutgandek dag‘-dag‘ qaltiradim. Keyin o‘zimni bosib sekin borib mo‘ralasam, xumning ichida o‘zimizning Mirobiddinxo‘ja o‘tiribdi.
Bilaklariga har xil shiqildoqlar taqib olgan, qo‘lida do‘ppidan sal kattaroq o‘yinchoq childirma! “I-ye, ha, shaytonning o‘zlari shu yerda ekanlar-da, yashavorsinlar-e! – dedim kulgim qistab, – sariq jin ham o‘zlari bo‘lsa kerak?”…
… Shu paytda shunaqangi achchig‘im chiqdiki, shunaqangi achchig‘im chiqdiki, cho‘ntagimdan to‘g‘nag‘ichni olib bor bo‘yicha yelkasiga sanchib yuborganimni o‘zim ham sezmay qolibman.
Asliga qarasang, har birimizning ichimizda bir Sora xola-yu, uning izmidan chiqmaydigan Mirobiddinxo‘jalar yashaydi.

@faktcheck_uz'da katta xatoga yoʻl qoʻyishimga sal qoldi.
Aslida shu xatoni qildim ham. Lekin ziyonning qayeridan qaytsang, kor deganlaridek, muammoyimni vaqtida angladim va yoʻlimni toʻgʻriga solvoldim.
Koʻkdalalik qizcha bilan bogʻliq vaziyatda 2 ta xatoga yoʻl qoʻydim:
👉 Jismonan va ruhan tayyorgarliksiz vaziyatni oʻrgandim;
👉 Erta xulosa chiqardim.
Mana shu 2 xatoyim esa uchinchisiga sabab boʻldi: xato verdikt (oʻzbekchasiga hukm) berildi.
Bu vaziyatdan chiqarilgan xulosam nima boʻldi?
👉 Ishga avvalo, ham jismoniy ham ruhiy tayyor ekanligingizni his qilish kerak;
👉 Charchoq holati vaziyatni oʻrganish uchun eng notoʻgʻri vaqt;
👉 Soniyalar yoki eng mayda detallar butun voqelik mohiyatini oʻzgartirib yuborishi mumkin;
👉 Rasmiy manbalarga ishonish doim ham foydali emas;
👉 Tajribalar xatolardan toʻplanadi, muhimi xulosani chiqara olish.
Koʻkdala haqidagi post chiqadimi?
Bu holatning qanchalik toʻliq oʻrgana olishimga bogʻliq.

"Infofiribgarlar" – tegishli malakaga ega bo'lmagan shaxslar tomonidan taqdim etiladigan ta'lim kurslari va treninglar – soni oshib bormoqda va bu kam rivojlangan axborot va media savodxonlik darajasiga ega aholiga moddiy va ma'naviy zarar keltirmoqda.
Ushbu soxta o'qituvchilar o'z auditoriyasining ishonchini suiiste'mol qilib, ko'pincha past sifatli yoki noto'g'ri ma'lumotlarni taqdim etadilar va haqiqiy ta'lim muassasalariga mo'ljallangan soliq imtiyozlaridan foydalanadilar.
Rossiya Federatsiyasi ushbu muammoni hal qilish uchun blogerlar uchun ta'lim faoliyati bo'yicha litsenziya olishni talab qiladigan qonun loyihasini taklif qilmoqda. Ushbu chora firibgar provayderlarni bozordan tozalash va iste'molchilarga sifatli ta'lim berilishini ta'minlashga qaratilgan.
Davlat Dumasining ishchi guruhi tomonidan boshqariladigan tashabbus, tez rivojlanayotgan onlayn ta'lim sektorida qat'iy qoidalarning zarurligini ta'kidlaydi, bu yerda daromadlar yiliga 123 milliard rublga ko'tarilgan.
O'zbekiston ham axborot firibgarligiga qarshi kurashish va o'z fuqarolarini himoya qilish uchun shunga o'xshash qonunchilikni joriy etishni ko'rib chiqishi kerak.
Ushbu masala bo'yicha qonuniy asos Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 61-moddasi va Jinoyat kodeksining 168-moddasida mavjud. Biroq, ushbu qonunlar hozirda faqat moddiy zararni qamrab oladi, bu esa axborot firibgarligining kengroq ta'sirini hal qilishda bo'shliqni qoldiradi.
Onlayn ta'lim faoliyati uchun aniq qoidalarni joriy etish orqali O'zbekiston ta'lim sifatini oshirishi, onlayn o'quv platformalariga bo'lgan ishonchni mustahkamlashi va o'z aholisini aldov amaliyotlaridan himoya qilishi mumkin.
Bunday huquqiy islohotlar nafaqat global standartlarga mos keladi, balki mamlakatning yaxshi ma'lumotli va savodxon jamiyatni rivojlantirishga sodiqligini mustahkamlaydi.

Известия
Учить — не портить: блогеров обяжут получать лицензию на образовательную деятельность
В Госдуме предлагают контролировать качество курсов и онлайн-семинаров инфлюенсеров
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi elektron ilmiy jurnalida mediasavodxonlik axborot xurujini bartaraf etishning eng muhim omili sifatida oʻtkazgan kichik tadqiqotimiz natijasi eʼlon qilinibdi.
Axborot makoni tobora kengayib borayotgan bugungi zamonda jamoatchilikning axborotni qabul qilishlari uchun xavfsiz muhitni yaratish juda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu tadqiqotimiz davomida bizga ishongan barcha ustozlarimga chuqur minnatdorligimni bildiraman.
Birgalikda biz katta kuchmiz!

Dadam mayli, ayam juda ko‘p sog‘inadi. Shaharga kelganda hidingga to‘yayin, deb, yonimda uxlaydi.
Opamga "Shoshayapman, ukang kuzatsin", deb, soatlab, piyoda suhbatlashadi.
Lekin "Qaytma" deydi. "Toshkentda unib o's, palak yoz", deydi. O‘ylasam, bo‘g‘zimga nimadir tiqiladi.
Toshkent – imkoniyatlar shahri. Bu yerda bosilgan bir qadam hududlarda yillarga cho‘ziladi.
Infratuzilma, ilm, e’tibor... Hammasi shu yerda.
Balki bolaligim o‘tgan ko‘chalar meni o‘ziga shuncha bog‘lagan. Hududlar men o‘ylagandan ko‘ra yaxshiroq rivojlangandir.
Lekin aldamchi (balki-da chin) tasavvurlarim shunday.
Yana, bilmadim...
18.10.2022-yil, Toshkent

Jurnalistika sohasidagi shogirdlarimga auditoriyani har doim 5 yoshli bola deb tasavvur qil deyman.
Oxirgi vaqtlardagi mavzular kuzatuvchilarimizga biroz murakkablik qilayotgandek. Shuning uchun men ham 5 yoshli bola texnikasidan foydalansam? qiziqmi?

Anonymous Poll
63%
Albatta, qiziq, yangi tajriba 😁
19%
Menimcha shart emas, odatiy format ham tushunarli 👌
19%
Qani, boshqalar nima debdi? 🤓