Telegram Web Link
Forwarded from Mille.uz
​​Bir nimalar haqida yozmoqchi bo’lganingda vaqt, vaqting bo’lganida esa yozishga biror so’z topa olmaysan. Bu qanchalar alamli. Nima haqida yozish haqida so’raganimda esa har xil javob variantlarini o’qib fikrlarim almashib ketdi. Kimdir baxt haqida yana boshqa birov dard haqida yozishimni aytishdi. Bular umuman bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikki xil mavzu. Men esa aynan BAXT mavzusini tanladim ♡

Biz qachon baxtli bo’lamiz, bilasizmi? Atrofimizdagilardan, kishilardan, olamda bo’layotgan voqealardan, bitta qilib aytganda qadarimizga yozilganlaridan rozi bo’lsak, barchasini ochiq chehra bilan qarshi olsakkina haqiqiy baxtni his qilamiz!

Instagram, telegram umuman internet olamiga kirsangiz go’yoki hamma kim o’zarga poyga o’ynayotganga o’xshaydi. Chiroyli hayotni ko’z ko’z qiladiganlar ko’paygan. (biz insonlar kundan kunga sun’iylashib ketyapmizmikan?!) Ularni ko’rib o’zingni baxtsiz, hech narsaga erishmagan, omadsiz deb o’ylaysan kishi. Aslida unday emas, sizga kulib turgan, o’z hayotidan minnatdor o’sha insonlarda dard yo’q deysizmi? Balki, siz ulardan ko’ra omadli va baxtlidirsiz. Yaxshilab o’ylab muohaza yuriting, balki men haqdirman!

Atrofingizdagi insonlar bilan o'zingizni solishtirishni bas qiling, baxtni ularning qarichi bilan o'lchamang, aksincha o'zingizda boridan baxt yarating! Kuling, baxtni his qiling!

#mille_uz- shunchaki shaxsiy qarashlarim :-)
​​Yomg'irdan so'ng havo ancha salqin va osmonni esa bulut qoplagan biroz qo'rqinchli)

Siz tomonlarda ob-havo qanday?

#☁️
BAXTLIMIZ | Rasmiy 🕊
10 K bo'lganimiz bilan o'zimni o'zim tabriklayman! 🙈🥳😅 | (• ◡•)|
Эсимда ўша дамлар 🥲)

Бу дунёда ҳамма нарса ўткинчи, шундай экан хеч қачон манманлик қилманг. Бугун ишонган нарсангиз эртага қўлингизда бўлмаслиги мумкин. Ёки сиз қаттиқ ишонган инсон (сиздан манфаат олмаётган бўлса) сизни тарк этиши ҳам мумкин. Бу ҳаётда фақат ва фақат ўзингизга ишонинг ва олдинга, ўша сиз орзу қилган мақсад ва орзуларингиз томон юринг! Мен сизга ИШОНАМАН!

Биз билан бирга бўлган барчангиз биз учун қадрлисиз!

#🌷
Forwarded from Mille.uz
​​#☕️

Bugundan boshlab @mille_chat guruhida #challenge tashkil qilamiz. Har kuni o'qigan kitobingiz, olgan tasurotlaringiz, o'zingizga yoqqan jumlalarni keltirib o'tasiz. Challenge da faol qatnashgan obunachilarimizga sovg'a sifatida kitoblar taqdim etamiz!

Guruhga quyidagi tartibda yozib borish kerak bo'ladi:

#challenge #day1 #Mille (ismingiz)

Men bugun Halqa asarini o'qidim (22-bet) Asarda Anna va Jozef ismli er-xotinlar (ikkisi ham jurnalist) musulmonlar hayoti va Islom dini haqida to'liqroq ma'lumot to'plash va shu haqida ko'rsatuv tayyorlash maqsadida bir kemaga chiqishadi. U kema 1000 nafar insonni o'ziga sig'diradi. Ular ichida har turli insonlarni uchratish mumkin. Ammo kemaning qat'iy qoidasi bor, bu chipta olish vaqtidanoq har bir insonga tushuntiriladi. Kemada ochiq kiyinish, ajnabiy musiqalar tinglash, behayo odatlar taqiqlangan. Sarxush qiluvchi ichimliklar ichilmaydi, tamaki chekilmaydi. Kemaning ichida ham kichikroq masjid bor. Bo'lmalar har bir oila uchun alohida. G'ayridin ayol yo o'zi yo eri bilan chiqa oladi. Muslimalardan hamisha mahramlari bo'lishi talab etiladi. Istisno holatlar ham bor, buni kema rahbariyati hal qiladi. Kemadagi musulmonlar birma-bir o'zlarining boshlaridan o'tgan voqealarni va islom dini haqida so'zlab berishadi.

#Jumlalar

Islom muhit joriy etgan majburiyat emas, G'arbda shunday fikr bor, Islom- sof insoniy fitratning sog'lom ehtiyojidir.

Akrom Malik
📚 "Halqa"


🌷Mana shu tartibda yozib qoldirasiz, demak boshladik. Bu barchamiz uchun foydali va manfaatli bo'ladi In Sha Alloh! Challenge da faol qatnashib eng sara kitoblarni qo'lga kiriting!

@mille_uz- shunchaki shaxsiy qarashlarim :-)
Свет ўчиб уйда зерикиб қолганлар учун махсус 😅

Яқинларга юбориб кайфиятларини кўтариб қўямиз

👉 👉 @SAVED_NEWS.
Forwarded from Mille.uz
​​Biz kim bo'ldik?!

Dinimizda axloq, axloqimizda din qolmadi. So'zlarimiz haddan ziyod ko'p, amallarimiz haddan ziyod kam. So'zlarimiz tepaga o'sib borgani sari amallarimiz yerga kirib bormoqda.
Qani o'sha ummat - "Laa ilaha illalloh!" deganida, qalbi tub-tubi bilan larzaga keladigan?!
Qani o'sha ummat - namozga qoyim turganida, shamdek qotib qoladigan?!
Qani o'sha ummat - ro'za tutganida oshqozoni emas, tili ham, ko'zi ham, qulog'i, qalbi ham ro'za tutadigan?!
Qani o'sha ummat - dunyoning jamiki moliga ega chiqsa-da, bir zakotga yetgulik boylikni qo'lida saqlamaydigan?!
Qani o'sha ummat - Allohning Baytini tavof qilajakmanmi, deya ko'zlaridan ko'zyoshlari buloq bo'lib oqadigan?!
Qani o'sha ummat - musulmonning bir ohi uchun Yer yuzini ostin-ustun qiladigan?!
Yo'q, bugun bunday ummat yo'q!
Bugun ummat aytayotgan kalimaning qiroati chiroyli, xolos.
O'qiyotgan namozi emas, ichida turgani masjidi serhasham, xolos.
Tutayotgan ro'zasi emas, saharlik va iftorlikda yeyayotgan ovqatlari turfa va rango-rang, xolos.
Berayotgan zakoti emas, to'playotgan moli va u molga ko'rsatayotgan muhabbati go'zal, xolos.
Qilayotgan haji emas, haj orqasidan xohlayotgan obro'-e'tibori behad baland, xolos.
Olayotgan ilmi emas, ilmini ko'z-ko'z qilishi muhtasham, xolos.
Astag'firulloh! Ming marta astag'firulloh!

✍️ Akrom Malik
📚 "Halqa"

@mille_uz- sevimli kitoblaringiz makoni :-)
-Sizni eslamaydigan duolarim bormikan..

#ulashing
T.me/baxtlimiz_juda 🕊
@shakhrukhdarmanov - русские мотивации
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8-MART ham yaqilashmoqda! Qanday sovg'a olishni bilmayapsizmi?

«I lova you» kuloni eng noodatiy va ramantik sovg'a bo'ladi. Agar siz unga yorug'lik nurini yo'naltirsangiz (masalan, chiroq yoki smartfonning yoritgichi), unda paydo bo'ladigan soyada muhabbatning eng muhim mantralarini, har bir inson hayotidagi eng muhim so'zlar «Men seni sevaman»ni dunyoning 100 tilida o'qishingiz mumkin. Hatto, o'zbek tilida ham.

So'zlar kulonning ichki yuzasiga o'yilgan va ularni kattalashtirish uchun maxsus ob'ektiv ishlatilgan

📌 Haqiqatan ham g'ayrioddiy bezak
📌 Noyob va chiroyli sevgi belgisi
📌 Yorug'lik marjonga yo'naltirilganida «mo'jiza» o'zini namoyon qiladi
📌 Kulonning sirini faqat ikkalangiz bilasiz

Batafsil:👇
👉 batafsil.com/s/RujIU
Buyurtma: 👇
👉 batafsil.com/s/RujIU
2024/09/30 09:31:45
Back to Top
HTML Embed Code: