#mutolaa #ibrat
Ramazonda “fil”lardan ehtiyot bo‘ling!
Bir kuni Imom Molik odatlariga ko‘ra Masjidun Nabaviyda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini rivoyat qilib o‘tirar, talabalar esa u kishining atrofida hadislarni yozib borishar edi. Shunda to‘satdan bir odam: “Madinaga ulkan fil keldi”, deb baqirdi. Madina ahli oldin hech ham filni ko‘rmagan edi. Shu bois talabalarning hammasi Imom Molikni tashlab filni ko‘rish uchun yugurib ketdilar. Imomning oldida faqatgina bir talaba - Yahyo ibn Yahyo Laysiy qoldi. Imom Molik unga: “Nega ular bilan chiqmading? Bundan oldin filni ko‘rganmisan?” dedilar. Shunda Yahyo: “Men bu yerga filni emas, Molikni ko‘rish uchun kelganman”, dedi.
Taammul qilaylik. Imom Molikning oldiga kelganlardan faqat birgina talaba nima uchun kelganini va maqsadi nima ekanini bildi. Boshqalarga o‘xshab ustozining oldidan fil uchun ayrilmadi.
Natijada esa Muvattoning eng mashhur va ishonchli roviysiga aylandi. Andalusning molikiy shayxlari undan dars oldilar. Bugun filni ko‘rishga ketganlarning ismlarini hech kim bilmaydi. Ammo Yahyo ibn Yahyo Laysiyning ismi tarixda muhrlanib qoldi.
Bizning davrimizda ham mana shunday “fil”lar bor. Faqat ularning ko‘rinishlari boshqacha:
Teleko‘rsatuvlar - fillar;
Kino va filmlar - fillar;
Qo‘shiq va o‘yinlar - fillar;
Ijtimoiy tarmoq - eng katta fil!
Xullas, har kim o‘zining “fil”ini o‘zi yaxshi biladi. Ramazonda mana shu “fil”lardan ehtiyot bo‘ling!

Kechira olsangiz Alloh Uchun Kechiring Dindoshim
Men ham bir Allohning Ojiz va Gunohkor bandasiman
Qalbingizni og'ritgan bo'lsam Kechiring.

🫵 Сизга бир гап айтайми?
Рамазон ойи олдидан бир инсонга Жаннатни тиладим, топингчи у ким экан? 😊
Қизиқ бўлса...
Каъбани 👇 устига босиб кўринг!
🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋
🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋🕋
👉 @Tezkor24official

РЎЗА ТУТАМАН.
Биламан кўп гуноҳим,
Надоматлар ютаман,
Насиб қилса Аллоҳим,
Мен ҳам рўза тутаман.
Эрта озонда туриб,
Мўмин, мусилмон бўлиб,
Юзларим нурга тўлиб,
Мен ҳам рўза тутаман.
Мурувват қилиб ҳар он,
Тушларимга кир Раҳмон,
Қоч йўлимдан эй шайтон,
Мен ҳам рўза тутаман.
Ризқим сўраб тонг, азон,
Онам билан ёнма ён,
Тилаб Аллоҳдан имон,
Мен ҳам рўза тутаман.
Тўлиб савоб қозоним,
Ифториму озоним,
Ҳуш келдинг рамазоним,
Мен ҳам рўза тутаман.
👉 @Tezkor24official
Биламан кўп гуноҳим,
Надоматлар ютаман,
Насиб қилса Аллоҳим,
Мен ҳам рўза тутаман.
Эрта озонда туриб,
Мўмин, мусилмон бўлиб,
Юзларим нурга тўлиб,
Мен ҳам рўза тутаман.
Мурувват қилиб ҳар он,
Тушларимга кир Раҳмон,
Қоч йўлимдан эй шайтон,
Мен ҳам рўза тутаман.
Ризқим сўраб тонг, азон,
Онам билан ёнма ён,
Тилаб Аллоҳдан имон,
Мен ҳам рўза тутаман.
Тўлиб савоб қозоним,
Ифториму озоним,
Ҳуш келдинг рамазоним,
Мен ҳам рўза тутаман.
👉 @Tezkor24official