"Muqaddima"ning 2-qismi tas'hih bosqichiga keldi. Hozir o'qishni boshlayapman. 2-qismini kutganlar bormi oramizda?
#iqtibos
"Фаразан, суверен давлат ҳокимияти шаклланиб, у танҳо бир кишининг қўлида тўпланса-ю, у бундан тўғри йўлларда ва ҳақиқат учун фойдаланса, бундай ҳокимият эгасини рад қилиб ёки унга эътироз билдириб бўлмайди. Зотан, Сулаймон алайҳиссалом ва унинг отаси Довуд алайҳиссалом ҳам Исроил уруғи устидан танҳо ва мустақил ҳукмронлик қилгандилар. Чунки давлат ҳокимиятининг табиати бу борада яккаҳокимлик ва суверенликни талаб этади. Ҳолбуки, уларнинг пайғамбарлиги ва тўғри иш устида бўлгани барчага маълумдир".
"Muqaddima. 2-qism"

Bu bilan Ibn Xaldun suveren davlat va legitim hokimiyat bir kishi, bir oila yoki urug' tomonidan ham o'rnatilishi mumkin demoqchi. Men ham shu fikrga qo'shilaman. Legitim bo'lish har 5 yilda albatta o'zgarib turish kerak degani emas.
100 ming$ pulingiz bo'lganida nimaga sarflagan bo'lardingiz? Javobingiz juda qiziq va muhim.
ibookning o'zida (Tirilish nashriyotisiz) 20 dan ortiq xodim faoliyat yurityapti. Shunday bo'lsa-da marketing jamoamizni yana ham kengaytirishga qaror qildik. Ertaga talablarni yozaman. Maqsadimiz aniq va jamoada ishlab o'sishingizga kafolat beraman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima
#oshiqlaryöli
Buxoroda gul bormi?
Ya Hu, Ya Mavlom.
Bundan a'lo yo'l bormi?
Hu, Hu, Hu Mavlom.
Ochil jannat eshigi,
Ya Hu, Ya Mavlom.
Bizlarga ham joy bormi?
Hu, Hu, Hu Mavlom.
Buxoroning yo'llari
Ya Hu, Ya Mavlom.
O'nqir-cho'nqir, chirmashgan.
Hu, Hu, Hu Mavlom.
Sodiqlarning qalblari
Ya Hu, Ya Mavlom.
Hamisha Allohga oshiq.
Hu, Hu, Hu Mavlom.
Buxoroda lolalar bor.
Ya Hu, Ya Mavlom.
Qavat-qavat ochilur.
Hu, Hu, Hu Mavlom.
Shayxning nurli yuziga
Ya Hu, Ya Mavlom.
Himmat qilsa-da, boqsak.
Hu, Hu, Hu Mavlom.
"Muhabbatnoma"dan
Ushbu she'r Bahouddin Naqshband qoddasallohu sirruhuga muhabbat o'laroq yozilgan.
Buxoroning buyukligi nomida emas, uni buyuk qilgan ulamo va fuzalolarda. Faxrlanish esa bizga yarashmaydi. Chunki biz ularning hech birlariga zarracha ham loyiq emasmiz.

Saharlik oldi Yorqinjon domla haqidagi xotiralarni ko'rdim. Do'stlar, biz o'zi shunga loyiq ekanmiz. Shunday ahli ilmlarimiz tirikligida ilmidan foydalanmay, xizmatini qilmay yurganimizdan keyin, faqat o'lganini bilib, 2-3 kun ko'z-yosh to'kkanimizdan keyin hozirgidek holatga loyiq ekanmiz-da. Ehh, hozir ham tiriklari bor, biz o'lishini kutyapmiz shekilli-a yana qolganlariniyam? Ehh...
#ish
ibook kitob do'koni smm mutaxassis izlayapti.
Talablar:
- sohasida ustoz ko'rganlik;
- Sun’iy intellektdan foydalana bilish (faqat ChatGPT emas);
- Kuchli tahlil qila bilish;
- Mas’uliyatli, deadline’ga amal qiladigan;
- Moslashuvchanlik;
- Kitob oʻqiydigan;
- SMM haqida toʻliq, marketingni bazoviy bilish;
- Ma’lumotlar bilan ishlay olish (qidirish, tahlil qilish, tartiblash).
Murojaat uchun: @islam_bv

Tushmaslikning iloji yo'q yagona joy - qabr.
Bormaslikning iloji yo'q yagona joy - Qiyomat kuni.
Kirmaslikning iloji yo'q joyda esa tanlov bor: jannat yoki do'zax.

"Dalaning yashil chegarasini ko'ryapsizmi, undan keyingi qumnichi? Bu ham bizning yer. Lekin ular buni buldozer bilan tekislagan, devorga yaqinlashish mumkin emas. Bu hamma fermerlar uchun qoida", deydi Safat. U isroilliklar unumdor tuproq qatlamini o'zlariga olib ketishganini tushuntirdi. U "isroilliklar" yoki "yahudiylar" so'zining o'rniga "ular" deb ishlatadi. Men har safar undan kim haqida gapirayotganini aniqlashtirib olaman va u devor tomonga ishora qiladi.
Yaqinroq borib, 500 metrlik hududda ekin ekishni boshlasa nima bo'lishini so'radim. Safat menga uni haqiqatda tushunyapmanmi, yo'qmi, bilish uchun qarab qo'ydi.
"O'ldirishadi", - dedi u va javobini yumshatishga uringandek jilmayib qo'ydi.
"Falastin. Agar o'lishim lozim bo'lsa". Nadejda Kevorkova

Hafta davomida ish bilan bo'lib ko'p kitob o'qiyolmagandim. Bugun birato'la 4 ta kitobdan 150 betga yaqin o'qidim.
1) Muqaddima 2-qism 30 bet;
2) Bo'stonul voizin 60 bet;
3) Kulayotgan odam 19 bet;
4) Палестина. Если мне надо будет умереть 33 bet.
Bir vaqtning o'zida bir nechta kitob o'qishning ko'p afzalliklari bor: zeriktirmaydi, birida diqqat pasaysa, keyingisiga o'tiladi, turli xil mavzularda ilm olasiz.
Boshqa foydalarini siz ayting 🧐

TEZ KUNDA
"Yahyo G'oziy 23 yoshda. 2008-yil dekabrda Bayt-Lahiya bombardimoni boshlanganida u qo'shnilari bilan birga xafvsiz joy deb o'ylab, BMTning "Al-Faxura" nomli maktabiga qochdi. Ammo maktabga zarba berildi, yuzidan jarohat olib, ikki ko'zi ham ko'r bo'lib qoldi. U bilan birga 82 kishi bo'lgan, hammasi halok bo'lgan, jumladan bir oiladan 11 kishi.
Oxirgi ko'rgan narsam ko'plab jasadlar edi. Keyin 16 kun reanimatsiyada xushsiz yotdim".
"Falastin. Agar o'lish lozim bo'lsa" Nadejda Kevorkova

O‘zgarishlar Ichkaridan Boshlanadi
1949-yilda Xitoy yangi davlat sifatida shakllanganida uning xalqaro ta’siri juda cheklangan edi. Biroq o‘tgan yillar davomida mamlakat ichkarisida ro‘y bergan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar Xitoyni dunyo maydoniga olib chiqdi. Den Siaopinning islohotlari tufayli Xitoy iqtisodiyoti ulkan yuksalishlarni boshdan kechirdi va global ta’sir doirasini kengaytirdi.
Den iqtisodiy islohotlar boshlaganidan keyin Xitoy asta-sekin o‘zining qattiq ijtimoiy va iqtisodiy siyosatlaridan voz kecha boshladi. Tashqi dunyo bilan aloqalarni mustahkamlash, savdo-sotiq va sarmoyani jalb qilish maqsadida mamlakat iqtisodiy erkinlik tomon yo‘nalish oldi. 1980-yillarga kelib, Xitoyda bozor iqtisodiyoti elementlari paydo bo‘ldi va tadbirkorlik rivojlana boshladi.
"Jozibador hujum. Xitoyning yumshoq kuch siyosati dunyo tartibini qanday o'zgartirmoqda?" kitobidan
Joshua Kurlanzik

"O‘zbekistonda 2005-yilda Andijon voqealaridan keyin Bush ma’muriyati Toshkentni keskin tanqid qilganida Xitoy darhol O‘zbekistonni “qat’iy qo‘llab-quvvatlashini” bildirdi va Islom Karimovni davlat tashrifi bilan Pekinga taklif qildi. Tashrif davomida Karimovga 21 marta to‘p otilishi bilan faxriy qabul tashkil etildi va ikki davlat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi".
"Jozibador hujum" kitobidan (nomining tarjimasi yana o'ylanadi)

She'r o'qishga ilhom keldi, saralari tanlab qo'yilgan yaxshi kanallar yo'qmi?
Amirxon Valijonov | Blog
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga davlat tashrifi chog'ida Prezident Emmanuel Makronga "Tirilish" nashriyotida chop etilgan fransuz adibi Viktor Gyugoning "Kulayotgan odam" asarini sovg'a qildi.
Prezidentning men samimiy hurmat qiladigan jihatlaridan biri aksar holatda davlat rahbarlariga kitob sovg'a qilishidir.
Inson to'rtta sabab bilan boshqa bir insonga yoki narsaga muhabbat qo'yar ekan.
1. Jamol. Tabiiyki barcha yaratiqlar go'zallikka intiladi.
2. Kamol. Komil inson yoki shu yo'ldagi kishi ko'ngilga yoqadi.
3. Navol. Bu ehson degani ekan, saxiy, qo'li ochiq odamga hamma muhabbatli bo'ladi.
4. Qarobat. Bu sizga qarindosh, qondosh bo'lgan yaqinlarga muhabbatli bo'lish ekan.

"Xalqaro ommaviy axborot vositalari Xitoy haqida yoritishsa ham, bu AQSH darajasida keng qamrovli emas. Natijada ba’zi jamoatchilik yetakchilari Xitoy boshqa yirik davlatlardan farqli o‘laroq boshqa mamlakatlarga hech qanday shart qo‘ymaydi yoki Pekinning istaklariga bo‘ysunishga majburlamaydi, deb ishonishlari mumkin. Ular Xitoyning yuksalishi chinakam sodda “g‘alaba-g‘alaba” strategiyasi ekaniga, ya’ni imkoniyat bo‘lishi mumkin, lekin tahdid emasligiga ishonishadi. Ammo har qanday asal oyi bir kun tugaydi. Xitoy yanada qudratli bo‘lgani sari xalqaro ommaviy axborot vositalari ham Xitoyga nisbatan tobora ko‘proq e’tibor qaratadi. Xitoyning ayrim muammolari, masalan, ortib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik yoki Pekinning Shinjon provinsiyasida musulmonlarga qarshi repressiyalari butun dunyo bo‘ylab yoritib boriladi".
"Jozibador hujum" kitobidan