🇺🇿🇰🇷KOICA dan magistratura va doktarantura uchun grant

Kimyo sohasida ishlaydiganlar uchun KOICA va O'zkimyosanoatdan grant.
Koreyaning nufuzli universitetlarida magistratura yoki PhD o'qing.

Bu grant loyihasi uchun magistraturaga 1 ta, PhD uchun 3 ta o'rin ajratilgan. Grant bo'yicha Koreyada o'qib qaytganlar Koreya va O'zbekiston birgalikda tashkil etadigan Kimyo texnologiya innavatsion markazida ishlashlari mumkin bo'ladi.

Hujjatlar qabuli 16- Apreldan, 7-Maygacha.

Ma'lumot uchun:
Telefon: (+998) 90 003-55-22
E-mail: [email protected] [email protected]
Manba: KOICA rasmiy kanali

Bu grantga qiziqishi borlar, yuqoridagi telefon raqamlari yoki email orqali bog'lanib, to'liq ma'lumot olishlari mumkin.

P.s. Kimyo sohasi juda ham muhim va qiyin soha, shunga bu sohada bunaqa grantla kam bo'lishi mumkin. Imkoniyatdan foydalanib qolila.
#grant #koica #magistratura #phd #koreya

@allimtv
🇰🇷🇺🇿Koreyaga magistratura va Phdga grant

Chet elliklar Koreyashunoslik akademiyasida bepul o’qishlari mumkin. Academy  of Korean studies (AKS) akademiyasi 2025-yil Kuzgi semester uchun ro'yxatdan o'tish talablarini e’lon qildi.

Bu akademiyaning yaxshi tomoni:
1) Chet elliklar uchun o’qish bepul
2) Shu bilan birga oyiga 800 000 won (600$) stipendiya va boshqa stipendiyalarni ham olishlari mumkin.
3) Arzon yotoqxona puli va bepul Koreys tili darslari

Bu o’qishda o’qiydigan chet ellik talabalarning 76.5% i stipendiyalar olayotgani ham quvonarli.

Bu o’qishga 2025-yil Kuzgi semestr uchun online ro’yxatdan o’tish shu yilning 17-Martdan 28-Martgacha davom etadi.

Ro’yxatdan o’tish sayti: www.studyinkorea.go.kr

Siz ham bu akademiyaga o’qishga topshirib bepul o’qish imkoniyati va yuqoridagi stipendiyalarni olishingiz mumkin.

Eng asosiy talab sizda bakalavr diplomi va TOPIK(kamida 4-daraja) yoki IELTS sertifikati bo'lishi kerak.

Bu akademiyada:
1) Gumanitar yo’nalish – Koreya tarixi, Eski qo’lyozmalarni saqlash, Filasofiya va Koreys tili va madaniyati fakultetlari;
2) San’at yo’nalishi – Folklorshunoslik, Din asoslari, Musiqashunoslik, San’atshunoslik, Adabiyotshunoslik fakultetlari;
3) Jamiyatshunoslik yo’nalishi – Siyosatshunoslik, Jamiyatshunoslik, Ta’lim fakultetlari bor.
4) Xalqaro Koreyashunoslik

Agar sizda muddati o’tmagan TOPIK yoki IELTS sertifikati bo’lmasa, o'qishga hujjat topshira olmaysiz:(

Faqatgina Xalqaro Koreyashunoslik fakultetiga IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80 bilan hujjat topshirish mumkin!

Keyin TOPIK 4-darajadan past bo’lgan(3 yoki 2-daraja) sertifikat bilan bu o’qishga hujjat topshirish mumkin emas.

Sizga kerakli boshqa ma’lumotla uchun havola:
https://grad.aks.ac.kr/cms/usr/wap/selectAplctnDataList.do?siteAplctnId=recruitUks&classifiedSearch=2&postYnSearch=Y&aplctnLangSearch=kor&listAll=1&menuNo=2010121000&lang=kor#none
Ariza va boshqa kerakli hujjatlar quyida!

P.s. GKS dan o'ta olmagan yoki umidini uzganlar uchun Koreyada magistratura va PhD uchun grant:)
#aks #grant

@allimtv
🇺🇿Ishga: ROUN'D kafesi

Nega kafeda ishlash dersiz? Bu kafeni Koreyalik odam ochgan va bu yerga Koreyslar ko'p boradi. (Ishxonadagi Koreyslar bilan o'zim ham borib turaman:)

Shuning uchun bu yerda Koreys tilini o'rganayotganlar gaplashish tajribasini oshirishi mumkin deb o'ylayman.
Talablari qiyin emas:
18 yoshdan oshgan, Ingliz va Rus tilini biladigan odam kerak ekan. (Koreys tilini biladiganlarni ham jon deb ishga qabul qilishsa kerak).

Kafeda ishlashga qiziqadiganlar uchun bu yaxshi imkoniyat.
Ma'lumot uchun: +99890-122-28-14 telefon raqami orqali murojat qiling.
Manba: Sejong maktabi telegram kanali

O'zim ham Koreyada kafeda 3 yarim yil ishlaganman. Juda qiziq bo'lgan va xizmat ko'rsatish sohasi hamma uchun emasligini tushunganman😅

P.s. Bu kafeda ishlash qiyin degani emas. Shunchaki hammani tabiati bunday ishlarni ko'tarmasligi mumkin:)

@allimtv
🇺🇿Navro'z bayrami muborak

Assalomu alaykum. Barchani Bahor bayrami bilan tabriklayman. Shu bilan birga bugun Ramazon oyining 3-Jumasi.
Afsuski Ramazon oyi juda tez o'tib ketayotganga o'xshayapti:(
Bu qo'shaloq bayram barchamizga hayrli bo'lsin!
InshaAlloh qilayotgan amallarimizga o'zi savobini ko'paytirib bersin!

P.s. Ramazonni qolgan kunlaridan unumli foydalanadigan bandalaridan qilsin!

@allimtv
🇰🇷Ishga: Hyundai Construction

Kimlar uchun: Koreya universitetlarida bakalavr (magistr yoki Phd) ni bitirganlar yoki 2025-yil avgustda bitiradiganlar.
- Diplom baholari 4.5 shkalada 3.0 dan baland bo'lganlar
- TOPIK 4-daraja yoki KIIP 5- yoki bundan yuqori darajaga ega bo'lganlar.
- Sohasi mos keladiganlar

Qaysi soha bo'yicha xodimlar ishga qabul qilinadi:
- Yer va o'rmonchilik
- Arxitektura
- Mexanik injineriya
- Elektron injineriya
- Kompyuter injineriya
- Nuklear injineriya
- Tabiy fanlar
- Gumanitar fanlar (Kadrlar bilan ishlar, xalqaro marketing, sifat nazorati va boshqa)

Ishga hujjat topshirish muddati:
24-Martgacha

Hujjat topshirish va batafsil ma'lumot uchun havola: https://recruit.hdec.co.kr/reMenuAction.do

P.s. Borgan sari Koreya kompaniyalari chet elliklarni ishga olishda faol bo'lmoqda. Bu biznikilar uchun yaxshi imkoniyat. Bunday imkoniyatlardan ko'proq foydalanishga harakat qiling!

@allimtv
🇰🇷Daewoongdan sportchilar uchun stipendiya

Ha shunday stipendiya ham bor ekan:) Koreyada sport sohasida o'qiyotganlar yoki shu sohaga qiziqishi borlar bu stipendiyani olish uchun hujjat topshirishlari mumkin.

Umumiy stipendiya miqdori 1 500 000 won (3 oyga 500 000 ming wondan beriladi)

Shoshiling muddat oz qoldi: 24-Martgacha ro'yxatdan o'tish kerak

Talablar:
1) Sport sohasida o'quvchi talabalar
2) Reabilitatsiya sohasida o'quvchilar
3) Sportga qiziquvchilar

Stipendiyada boshqa yana nima beriladi?
- Soha mutaxassisidan dars olish imkoniyati
- Koreyaning mashxur kompaniyalari sport markazlariga tashrif imkoniyati
- Programa tugaganidan so'ng "Healience core center" ga ishga kirish imkoniyati

Programaga ro'yxatdan o'tish uchun:
1) Ariza to'ldirish va video olish
2) O'qishdan ma'lumotnoma (qayerda o'qishligi haqida), baholari haqida ma'lumotnoma va tarjimai xol kerak bo'ladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://dftalent.vividapp.kr/position/19

Manba: Daewoong foundation instagram sahifasi

P.s. Har xil soha uchun shunaqa stipendiyalar ko'p bo'lgani yaxshi albatta. Shunda adolat bo'ladida nima deysiz?😉

@allimtv
TOPIK IBT 6-imtixoni bekor bo'lgani haqida

O'tgan hafta bo'lishi kerak bo'lgan TOPIK IBT (kompyuterda topshiriladigan imtixon) bekor bo'ldi.
Koreys tili markazi bu uchun uzr so'rab, imtixon pulini qaytarib berishini e'lon qildi.

Lekin bir qiziq taklif ham berishdi.
Ya'ni 6-IBT TOPIK imtixoniga ro'yxatdan o'tib, imtixon topshira olmaganlar 99-PBT TOPIK imtixoniga ro'yxatdan o'tishlari mumkin bo'lar ekan.
Ularga qo'shimcha joylar berilarkan.

Bunda TOPIK darajasini (ya'ni 6-IBT TOPIK topshirish uchun tanlangan I yoki II darajani) o'zgartirib bo'lmaydi, lekin imtixon topshirish joyini tanlasa bo'ladi.
Shu bilan birga agar siz 99-PBT TOPIK imtixoniga ro'yxatdan o'tsangiz IBT imtixoni uchun to'lagan pulizdan bir qismi qaytariladi.
IBT TOPIK I uchun 150 000 so'm
IBT TOPIK II uchun 200 000 so'm

Yoki siz 99-PBT TOPIK imtixonini topshirmayman desangiz IBT imtixoni uchun to'langan pulizi hammasini qaytarib olishingiz mumkin.

Pulni qaytarish uchun ariza yuborish sanasi:
25-Martdan 27-Martgacha

Arizani telegram (@guliraboymatova, @Shavkatovna12) yoki email ([email protected]) orqali yuborishiz mumkin.

Pulni naqd yoki karta orqali qaytarib olishingiz mumkin.
6-IBT TOPIK I va II pulini qaytarib olish arizasi quyida joylashgan.
Manba: Koreys tili markazi telegram kanali

P.s. Imtixon bekor qilinsa ham tashvishi ko'p ekan😅 Yaxshilab tayyorlanib keyin boshlamisilami deydigan odam yo'q:)

@allimtv
🇺🇿Ramazon Hayiti muborak

Assalomu alaykum. Hammaga Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
InshaAlloh keyingi Ramazonlarga ham eson-omon yetkazsin!
Ish, o'qishlarda o'zi madad bersin! TOPIK topshiradiganlarga 6-daraja, GKS ga hujjat topshirganlarga kutganidan ham yaxshi natija chiqsin:)

Hammamiz o'ylagan yaxshi niyatlarimizga yetib yuraylik!
Bayram kunlari hayrli o'tsin.

@allimtv
🇰🇷Koreyadagilar uchun foydali programa

Men Koreyada yashaganimda eng ko'p qiynalgan narsam, ovqat va namoz o'qish joylari. Chunki biz paytda halol oshxonalar juda kam edi. Ular haqida ma'lumot esa undan ham kam edi.
Keyin masjidlar haqida ham shunday muammo bor edi.

Koreyadagi yurtdoshlarimiz bu muammoni yechish uchun juda yaxshi ish qilishibdi:

"URconnection jamoasi"dan Koreyadagilar uchun kerakli ilova - "Halal Compass"

Halal Compass deb nomlangan ilovasini Android va iOS uchun ishlab chiqildi va hoziroq Play Market va App Storedan yuklab olib, sinab ko'rishingiz mumkin.

Koreyada halollikka rioya qilib hayot kechirishingizda ushbu ilovaning oz bo'lsa-da yordami tegsa xursand bo'laman deb shu yerda ulashyapman:)

"Halal Compass"ning o'ziga xos hususiyatlari quyidagilar:

- Koreyadagi masjidlar ro'yxati va aniq manzillarini ko'rish
- Yashash joyingiz bo'yicha namozlar vaqtini ko'rish
- Koreyada faoliyat ko'rsatayotgan halol do'kon va kafelar haqida ma'lumot olish
- Kafe/Do'kon egalari uchun "Profil" bo'limi orqali o'z do'kon va kafelarini qo'sha olish imkoniyati
- "Yangiliklar" va "Kitoblar" bo'limining mavjudligi
- "Taqvim" bo'limi orqali Koreyadagi shahringiz bo'yicha Ramazon Taqvimini pdf formatda yuklab olish va boshqalar


Manba: koreyadagi_dev telegram kanali

P.s. Hamyurtlarimizning bunday savobli amallari bardavom bo'lsin. Sinab ko'rib, o'z izohlaringizni qoldiring, shunda yana ham mukammal programa yaratiladi!

@allimtv
Forwarded from Mentor Akbarov
#CareerMentor

Moliyaviy sektorda xalqaro karyera qilish haqida orzu qilayotganlar uchun ajoyib imkoniyat!

KB Kookmin Banki 2025-yil 1-yarim yillik uchun yangi xodimlarni ishga qabul qiladi! 🌍💼

📌 Nafaqat koreys fuqarolari, balki chet elliklar ham ariza topshirishi mumkin!
📌 Xorijiy tillarni biladiganlar va xalqaro tajribaga ega nomzodlarga afzallik beriladi!

Ishga qabul qilinadigan yo‘nalishlar: UB (Shaxsiy moliya bo‘yicha mutaxassis) – Mijozlarga maslahat berish va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish
Umumiy bo‘limlar – Raqamli texnologiyalar/ICT, investitsion moliya, risklarni boshqarish, global operatsiyalar, mablag‘lar va ishonchli boshqaruv
Allim Tv - 🇰🇷🌐 Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!
#CareerMentor Moliyaviy sektorda xalqaro karyera qilish haqida orzu qilayotganlar uchun ajoyib imkoniyat! KB Kookmin Banki 2025-yil 1-yarim yillik uchun yangi xodimlarni ishga qabul qiladi! 🌍💼 📌 Nafaqat koreys fuqarolari, balki chet elliklar ham ariza…
🇰🇷Ishga kirish uchun yordam

Yuqoridagi postni yaqindagina Koreyadagi yurtdoshlarimiz uchun ishga kirishda yordam berishni boshlagan Akbarov Dilshod qo'ygan.

U o'zining ishga kirishdagi mentorlik kursi orqali ish topishda qiynalayotganlar katta yordam beryapti.
(Bu huddi men GKS grantini yutish uchun qilayotgan mentorlikka o'xshaydi:)

Dilshod mentorlikni yaqinda boshlaganiga qaramay yaxshi natijalarga ega bo'lmoqda.
Uning shogirdlari LG, Kolon, Naver kabi Koreyaning katta kompaniyalariga ishga kirmoqda.

Mentorlik davomida u o'quvchisi bilan birga-bir ishlab, muvaffaqiyatga erishguncha qo'llab-quvvatlamoqda.
Bu Koreyada ish topishga qiynalayotgan yoshlarimiz uchun ayni muddao. Chunki o'qishni bitirib, ishga kirish uchun nima qilishni yaxshi bilmaydiganlar juda ko'p. Men kanalga ishga joylashish haqida ma'lumot qo'yib, rezyume yuborishni aytganimda bu nima ekanligini so'raganlar ham bor afsuski...

Shuning uchun bu Koreyada ish qidirayotgan yoshlarimizga fodyali bo'ladi deb o'ylayman. Reklama emas tanish-bilishchilik😄

Koreyada ishga joylashish uchun kerakli ma'lumotlarni Dilshodning @mentorakbarov kanalidan olishingiz mumkin!

P.s. Dilshod mendan 1 yil oldin (2013-yil) GKS yutib, Koreyaga ketgan. Men o'qigan Sunmoon universitetida til kursini o'qigan. Mendan yosh bo'lishiga qaramay juda aqlli bola ekan deb o'ylaganman birinchi ko'rganimda. Mana hozir buni isbotini ko'ryapman:) Mayli ishlarga omad! Koreyada shunday mentorlar ko'paysin!

@allimtv
🇺🇿99-TOPIK haqida qo'shimcha ma'lumot

Habaringiz bor 6-TOPIK IBT imtixonini topshira olmaganlar uchun 99-TOPIK PBT imtixoniga kirishga qo'shimcha joy ajratildi.

Shunday qo'shimcha joyga ega bo'lganlar topiktashkec.uz saytidagi shaxsiy sahifalariga kirib TOPIK arizasi va kvitansiyasini yuklab olishlari kerak bo'ladi. Imtixon kuni shu kvitansiya va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan borish kerakligi uchun.

Shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo'lmaganlar tug'ilganlik haqida guvohnomani asli va o'qish joyidan ma'lumotnoma bilan imtixon topshiradigan joyga borishlari kerak. (Kvitansiya ham bo'lishi shart albatta)

Qo'shimcha ma'lumot va savollar uchun +99871-291-8182 (ichki raqam: 123 - 124) telefon qilishingiz mumkin.
Manba: topiktashkec.uz

P.s. Odam ko'payib ketgan bo'lsa hammani sig'dira olishsa bo'lgani😅

@allimtv
🇰🇷🇺🇿Sharafli muhbirlar 2025

Koreyaning halqaro madaniyatni yoyish tashkiloti va Korea.net platformasi "2025-yilgi sharafli muxbir" programasiga yozilishga taklif etadi.

Bu programada Koreyaga qiziqishi baland hamma qatnashishi mumkin.(O'zbekistondagilar ham)

Talablar:
1) Instagram, Youtube va Facebookda faol bo'lish
2) 10 ta chet tilidan birida maqola, rasmli habar, video olish
*Ingliz, Ispan, Arab, Rus, Fransuz, Vetnam, Yapon, Xitoy, Nemis va Indoneziya tillarida.

Programaga ro'yxatdan o'tish muddati: 13-Aprelgacha
Programa muddati: 2025-yil 5-oydan 2026-yil 4-oygacha

Programa foydalari:
1) Eng zo'r muxbirga gonorar beriladi.
2) Faol qatnashchilarga sovg'a
3) Koreya madaniyatiga bo'gliq tadbirlarda bepul qatnashish
4) Korea.net platformasining ishlarida qatnashish
5) Sharafli muxbir sertifikati beriladi.

Yozilish uchun link: https://honoraryreporters.korea.net/studio/index.do

P.s. 2 yil oldin Koreyadagi sharafli muhbir bo'lganlar prezident saroyiga ham taklif qilingan:)
#muhbir #koreya #O'zbekiston

@allimtv
KOLON bilan birga "Kamalak tidimdol mentor 10" programasi

Programa maqsadi: Chet ellik oila farzandlari, Shimoliy Koreyalik bolalarga mentor bo'lib, ularga ustozlik qila oladigan chet ellik talabalar bilan Koreyaga yanada moslashib ketishligini ta'minlash.

Programada qatnashish uchun Koreys tilini yaxshi bilish kerak!
Bu programaga Koreyada o'qiyotgan chet ellik talabalar(bakalavr va magistraturada o'qiyotganlar) hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirish muddati: 7-Aprelgacha

Programaning foydalari:
1) 9 oylik programa tugaganidan so'ng 1 800 000 won stipendiya (1 talabaga nechta menti to'g'ri kelishiga qarab beriladi. Ko'proq mentiga ega talaba ko'proq stipendiya va yordam oladi)
2) Madaniy hordiq programasi uchun 50 000/ 80 000/ 100 000 won pul beriladi.(Oyida bir marta)
3) Guruh bo'lib qatnashsa bo'ladigan madaniy sayohat tashqil qilinadi

Programa davom etish muddati: 2025-yil Apreldan Dekabrgacha
Hujjat topshirish usuli: Onlayn ariza yuborish orqali yoziladi.

Onlayn ariza va batafsil ma'lumot uchun link:
https://ko.surveymonkey.com/r/rainbow10apply

Kerakli hujjatlar:
1) O'qishda o'qiyotganlik hujjati(재학증명서);
2) ID karta nusxasi(외국인등록증)

Nomzodlar tanlab olingandan so'ng ular barcha muhim tadbirlarda qatnashishlari kerak.
#mentoring #koreya

P.s. Mentoring bilan shug'ullanishni yoqtiradiganlar uchun yaxshi programa. O'zbekistonlik bolalarga Koreys tilini o'rgatish yo'nalishi ham bo'lishi kerak. Bolalar bilan maroqli vaqt o'tkazib, stipendiya olish kimga ham yoqmaydi:)

@allimtv
🇺🇿Ishga: Yoon&Yang LLC kompaniyasining O'zbekistondagi vakolatxonasi

Yoon&Yang LLC Korea yuridik firmasi hisoblanib, bir qancha chet davlatlarida, jumladan O'zbekiston Toshkentda vakolatxonasi joylashkan. Shu vakolatxonaga ofis-menedjer qidirilmoqda.

Javobgarlik:
1) Hujjatlarni saqlash
2) Ofis kirim va chiqimlari hisobotini yuritish
3) Mehmonlarni kutib olish
4) Direktor bergan vazifalarni bajarish

Talablar:
1) 21 va undan katta yoshli qizlar
2) Rus tilini bilish kerak.
3) Ingliz tili yoki koreys tilini o'rta yoki undan yuqoriroq darajada bilishi kerak.
4) Programmalar (Word, Excel, Gmail pochta) ni bilish

Ish jadvali va boshqalar:
1) O'zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi asosida shartnoma tuziladi(mehnat daftarchangiz qonuniy "yurib" turadi)
2) Ish joyi: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 107-B (Bodomzor NBU binosining yonidagi International Business Centre binosida joylashkan)
3) Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, 9:00 - 18:00 gacha
4) Dam olish kunlari: 1 yilda umumiy 21 kun to'lanadigan dam olish kuni.
5) Oylik suhbatdan so'ng belgilanadi

Mehmonlarning aksariyati Rus yoki Koreys tilida so'zlashadi. Direktor Koreys, lekin Rus tilini ham biladi. Ba'zan ayollariga ham telefon orqali yordam kerak bo'lib qolishi mumkun. Ayollari ham Koreys lekin Koreys va Ingliz tilidan boshqa tilda so'zlasholmaydi. Shu sababli nomzodlar Rus tili bilan birga, Koreys yoki Ingliz tilini yaxshi bilishlari kerak.

Rezyumeni erkin shaklda @khurshida_a orqali, Ingliz, Koreys yoki Rus tilida yuborishingiz mumkin. Savolalr bo'lsa ham shu telegram akkunti bilan bog'laning.

Bu tashkilot haqida to'liq ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz: https://yoonyang.com/eng/firm/foreign-tashkent

P.s. Ish qidirayotganlar uchun foydali bo'lishi mumkinligi uchun ulashyapman. Mendan nega faqat qizlar deb so'rashni foydasi yo'q, yuqorida keltirilgan odam yoki telefon orqali bog'lanib so'rab ko'ring)

@allimtv
🇺🇿Sejong maktabi notiqlik va insho tanlovi

Sejong maktabi o'quvchilari uchun tanlov e'lon qilinadi.
Tekinga Koreyaga borishni xohlaysizmi? Unda bu tanlov siz uchun!

Kimlar uchun: Sejong maktabi 2B guruhi va undan yuqori kursda o'qiyotganlar tanlovda qatnasha oladi.

Ro'yxatdan o'tish usuli:
16-aprelgacha – guruh o‘qituvchilariga ariza topshirish
23-aprel – saralash bosqichi (Notiqlik) / 13:00 / Toshkent, 1-sejong Hakdang
7-may – final / 13:30 / Toshkent, 1-sejong Hakdang
Oktabr o‘rtalari – superfinal / Koreyada amaliyot davomida

Sovrinlar:
Notiqlik va insho bo‘yicha g‘oliblar Koreyaga safar qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Finalchilar orasidan 2026-yilda Koreya universitetlarida o‘qish uchun stipendiya oladiganlar tanlab olinadi.
* Vizani rasmiylashtirish xarajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.

Notiqlik san'ati va insho yozish tanlovi mavzulari:

Notiqlik:
1. Mening eng sevimli Koreys iboram va uning ma’nosi
2. Sejong Hakdangda o‘tkazgan eng yodda qolarli darsim

Insho:
1. «___ning tug‘ilishi» (masalan, orzu tug‘ilishi, Sejong podshohining tug‘ilishi va h.k.)
2. Sejong Hakdang va mening orzularim

Manba: Sejong maktabi telegram kanali

Barchaga omad tilayman!

P.s. Sejong maktabini shunaqa tanlovlarini ko'rib, shu yerga kirib ham o'qishim kerak edi deb o'ylab qolaman😅

@allimtv
2025/04/08 10:24:48
Back to Top
HTML Embed Code: