Telegram Web Link
#marifat_ulashib

"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida umumta'lim maktablarida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Bugun, 16-sentyabr kuni Andijon davlat universiteti birinchi prorektori X.Xodjamberdiyev boshchiligida professor-o'qituvchilar "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Andijon shahridagi umumta'lim maktablarida targ'ibot tadbirlarini olib bordi.

Loyiha doirasida professor-o'qituvchilar tomonidan maktab o'quvchilariga Minhojiddin Mirzo, O‘ktamxon Soliyeva va Guljahon Mardonova kabi elimiz suygan adiblarning bugungi kundagi faoliyati, ularning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berilib, asarlaridan namunalar o'qildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ELON🇬🇧

📢 BM English o'quv markazi 16-sentyabr haftaning Dushanba kuni o'quvchilar bilan to'lib toshgan holda o'z faoliyatini davom etmoqda!

✔️Hozirda bizda:
1. Beginner
2. Elementary
3. Pre-intermediate
4. Intermediate
5. MULTILEVEL
6. IELTS

‼️Kurslari mavjud bo'lib, o'z kelajagi uchun befarq bo'lmagan va Ingliz tili orqali o'zi uchun porloq hayot yaratish istagida bo'lgan siz aziz o'quvchilar uchun hali ham qabul davom etmoqda.

Bizning o'quv markazda ta'lim olishni ixtiyor etish istagida bo'lsangiz, bemalol bizning faoliyatimiz bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Natijalar
8-12-oylik o'quv dasturimiz
Telegram rasmiy sahifamiz
Bizdagi narxlar

O'quv kurslari bo'yicha +998971668083 raqamiga qo'ng'iroq qiling yoki @BM_admin7 telegram profiliga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatma,16-sentyabrdan 22-sentyabrga qadar o'quv kurslarimizga chegirma orqali yozilishingiz mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#rektorlik_soati

Andijon davlat universiteti rektori rahbarligida navbatdagi “Rektor soati” o'tkazildi

Bugun, 16-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o'quv yilini samarali tashkil etish yuzasidan “Rektorlik soati” bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/3032

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
⚡️ Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri tasdiqlandi. Bunda ajratilgan qabul parametrlarining:

🔸 Toshkent shahridagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti;

🔸 viloyatlardagi OTM va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

10 000 ta qo‘shimcha qabul parametri – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.

👨🏻‍💻 Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

📋 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga tanlov qaydnomalari yetkaziladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zJU Andijon boʻlimi
🎙 Yosh jurnalistlar to‘garagiga marhamat!

💵 Jurnalistikaga qiziquvchi barcha uchun BEPUL to'garak!!!

Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo'limi qoshida "Yosh jurnalistlar" to'garagining navbatdagi guruhiga qabul boshlandi.

To'garakda malakali jurnalistlardan mahorat darslari, taniqli nashrlarda amaliyot o‘tash imkoniyati va sertifikat beriladi.

‼️To'garakda siz:

🎙 Jurnalistika bo'yicha bilimlarga;
📱 Mobil jurnalistika bo'yicha ko'nikmalarga;
📹 Montaj qilishni o'rganish;
📹 Ko'rsatuvlar tayyorlash;
✍️ Xabar va maqolalar yozish;
📲 Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarni samarali yurgizish orqali daromadga erishish;
📷 TV va radiolarda amaliyot o'tash imkoniyatiga ega bo'lasiz.

📆 Kasting 18-sentabr kuni soat 14.00 da Andijon shahri Ma’rifat uyi 1-qavatda bo‘lib o‘tadi.

📝 Kastingda ishtirok etmoqchi bo'lganlar @abduvali_qurbonov telegram manziliga o'zi haqida qisqacha ma'lumot va bog'lanish uchun telefon raqamlarini qoldirsin.

🏃 Shoshiling! Kastingga oz fursatlar qolmoqda. Ko'p tinglovchi olmaymiz. Joylar soni chegaralangan!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

📆 Bugun 17-sentyabr, seshanba.

🌏 Xalqaro bemorlar xavfsizligi kuni.
🌏 Butunjahon ilik donorlari kuni.

🌏 Xalqaro qizil panda kuni.
🇭🇳 Gonduras - O'qituvchilar kuni.

Tarixiy voqealar:

📺 1922-yil - Berlinda ovozli film namoyishi.
✈️ 1955-yil - bortida ishlaydigan yadroviy reaktori bo'lgan samolyotning birinchi parvozi kuzatildi.
✔️ 1991-yil - Linus Torvalds Linux operatsion tizimi yadrosini yaratdi.
🏛 1993-yil - Toshkentda Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochildi.

🎊 Tavallud ayyomlar:

🧑🏻‍💼 1857-yil 17-sentyabr - aviatsiya, aerodinamika va raketalar dinamikasi sohasidagi rus olimi, ixtirochi Konstantin Siolkovskiy.
👨‍💼 1898-yil 17-sentyabr - seleksioner olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Petr Kiyatkin.
🤵🏻 1907-yil 17-sentyabr - taniqli o‘zbek yozuvchisi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor.
👩‍💼 1988-yil 17-sentyabr - ingliz aktrisasi Ritu Arya.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ZakovatdaKuch
#UzbekPower

ZAKOVATGA QIZIQASIZMI?

⚡️Andijon davlat universitetida zakovat bo'yicha alohida Liga tashkil etilayotgani e’lon qilinadi!


📍Liga o'yinlari har chorshanba kuni soat 12-30 da universitetimiz axborot resurs markazi 2-qavatida bo‘lib o‘tadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar universitet zakovat kanalida berib boriladi.

🎊O'zini ko'rsatgan bilimdonlar terma jamoa a’zosi bo‘lishi va bu orqali oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bo‘ladigan turli xil tanlovlar, xususan, “Talabalar ligasi”, “Intellektual haftalik”, zakovat o‘yinlari bo‘yicha viloyatdagi OTMlar o‘rtasidagi tanlovlar va asosiysi “Intellektual olimpiada”da ishtirok etishingiz mumkin!

☎️Ro‘yxatdan o‘tish:
Roʻyxatdan oʻtish tartibi
Jamoa nomi
1 (ism-familiya) jamoa sardori
2
3
4
5
6
7 (zaxira oʻyinchi boʻlsa)
Jamoada kamida 5 kishi boʻlishi shart

@ASRORBEK_01_11

🧩Universitet zakovat kanali:
@ADUzakovatkanal

📡Universitet zakovat guruhi:
@ADUzakovatgroup

👀Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#TEZKOR_MUHIM

Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Andijon davlat universitetiga 2024/2025-o'quv yili uchun ikkinchi va keyingi oliy ta'limning bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan barcha talabgorlar suhbat jarayonlaridan muvaffaqiyatli o'tganini ma'lum qilamiz.

Hozirda tizimda shartnoma shakllantirish jarayonlari olib borilayotganligi sababli tez orada shartnomani yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Talabgorlar shartnomani yuklab, belgilangan miqdorda to'lovni amalga oshirgandan so'ng, universitet registrator ofisiga murojaat qilishlari so'raladi.

Talabgorlar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin:

+998742248187
+998742248194
+998742248197
+998742248195

“Call-center”ning ish rejimi:
Dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti pinned «#TEZKOR_MUHIM Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga! Andijon davlat universitetiga 2024/2025-o'quv yili uchun ikkinchi va keyingi oliy ta'limning bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan barcha talabgorlar suhbat jarayonlaridan…»
2024/09/21 17:53:02
Back to Top
HTML Embed Code: