Oliygohimizda 1-bosqich talabalarining ota-onalari va yaqinlari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi
Bugun, 12-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida mas'ullar boshchiligida birinchi bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlarning ota-onalari va yaqinlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mas'ullar oliygohimizda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan o'quv xonalari hamda malakali professor-o'qituvchilar tomonidan olib boriluvchi dars mashg'ulotlari, talaba turar joylaridagi sharoit va qulayliklar haqida so'z yuritildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida talabalarning ota-onalariga universitet ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksida belgilangan kiyinish me'yorlari haqida ham ma'lumotlar berildi.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM