Telegram Web Link
Олийгоҳларда янги ўқув йили
————————
Андижон давлат университетида янги ўқув йили олдидан тантанали тадбир бўлиб ўтди. “Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!” шиори остидаги тадбирда вилоят раҳбари, университет вакиллари, талабалар ҳамда уларнинг ота-оналари иштирок этдилар.

Шухратбек Абдураҳмонов ўз нутқида мамлакатимиздаги тинчлик-осойишталик, таълим тизимидаги ислоҳотлар хусусида сўз юритиб, барча талабаларни янги ўқув йили билан қизғин табриклади. Тадбирда иқтидорли ёшлар томонидан ватан мадҳини тараннум этувчи шеърлар ҳамда гўзал куй-қўшиқлардан иборат дастурлар намойиш этилди.

Тадбир якунида олийгоҳни мазкур йилда тамомлаган битирувчилар томонидан янги қабул қилинган талабаларга университетининг рамзий калити топширилди.

Саҳифа: @andpress
🩵🩵🩵

🧑‍🎓Universitetimizda professor-o'qituvchilar tomonidan mustaqillik darslari o'tkazilmoqda

Bugun, 10-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan birinchi kurs talabalariga professor-o'qituvchilar tomonidan mustaqillik darslari olib borilmoqda

Mashg'ulotlar davomida professor-o'qituvchilar tomonidan "Bir bo'lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" shiori ostida istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimiz hamda qator sohalarda, shu jumladan, ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'z yuritildi.

Shundan so'ng, mas'ullar oliygohimizda yaratilgan sharoitlar, o'quv va laboratoriya xonalari, talabalar turar joylari bilan tanishtirdi va o'z mutaxassisliklari bo'yicha mustaqil izlanishlar olib borishi, ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishi va kelajakda yetuk kadr bo'lib chiqishi uchun zarur ko'nikmalar berdi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

📆 Bugun, 10-sentabr Andijon davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi mudiri, dotsent Xamrayeva Tanzilya Ravilevnaning tavallud ayyomi.

🎊 Andijon davlat universiteti jamoasi Tanzilya Ravilevnani tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam salomatlik hamda ezgu maqsad yo‘lidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi. Doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini va yoshlarimizga ilm berishda kuch-quvvat tilaydi!

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 21:20:58
Back to Top
HTML Embed Code: