Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Rektorga biriktirilgan yoshlar holidan xabar olindi


Andijon davlat universiteti rahbariyati Qo’rg’ontepa tumanidagi Mirzo Ulug'bek, Mustaqillik, Mustaqillikning 15 yilligi MFYlarida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlar holidan xabar oldi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024   #Apellatsiya

✍️ Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏛 Andijon davlat universitetida ijodiy imtihonlar yuqori saviyada davom etmoqda

Ayni kunlarda Andijon davlat universitetida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan alohida iqtidor talab qiladigan ta'lim yoʻnalishlariga o'qishni ko'chirish bo'yicha kasbiy-ijodiy imtihonlar o'tkazilmoqda.

Bugun, 17-avgust kuni universitetimizda o'qishni ko'chirish bo'yicha alohida iqtidor talab qiladigan futbol ta'lim yoʻnalishiga hujjat topshirgan 44 nafar talabgorlar uchun ijodiy imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

Talabgorlarning ota-onalari uchun imtihon jarayonlarini live.adu.uz platformasi orqali jonli efirda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

Imtihon jarayonlarini shaffof oʻtkazishda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi hamda mas'ullar nazorat qilib bormoqda.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#otish_ballari

🏛 Andijon davlat universitetiga kirish uchun o'tish ballari

2024/2025-oʻquv yili uchun Andijon davlat universitetida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi, sirtqi hamda masofaviy ta'lim shakllari bo'yicha o'tish ballari

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💜💜💜

✍️ Imtiyozlilar uchun o‘tish ballari e’lon qilindi

Bunda abituriyentlar imtiyoz turini tanlagan holda, 2024-yilgi o‘tish ballarini ko‘rishlari mumkin.

👉 https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2024

Ma’lumot uchun: imtiyozlilarning o‘tish ballari super-kontrakt uchun amal qilmaydi. Ya’ni imtiyoz olgan qaysidir abituriyent imtiyozlilarning o‘tish baliga 2-3 ball yetmay qolgan bo‘lsa, unda 4 ballik shkalada super-kontrakt qila olmaydi. Super-kontrakt uchun faqat umumiy o‘tish ballari inobatga olinadi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #muhim

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari davom etmoqda!


Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
#diqqat #muhim Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari davom etmoqda! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari…
🎓 1-kursga tavsiya etilganlar yotoqxona uchun ariza yuborishlari mumkin

Endilikda talabalikka tavsiya etilgan 1-kurslar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Buning uchun Yagona portaldan roʻyxatdan oʻtish kerak. 1-kursga tavsiya etilganligi haqidagi maʼlumot avtomat ravishda tizimdan onlayn olinadi, qoʻlda kiritish shart emas. Ayni vaqtda, yangi talabalarning maʼlumotlari saytga yuklanish jarayonida.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi?
#abituriyent

JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan.

Joriy yilda ham xotin-qizlar uchun maxsus 2 mingta qo‘shimcha davlat granti uchun joy ajratilgan (xalq orasida 4%lik grant deyiladi).

Va bu 2 mingta o‘rin hududlar hamda fanlar kesimida taqsimlangan (https://www.tg-me.com/xushnudbek/24830).

‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️

Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.

Ikkinchidan,
xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://www.tg-me.com/xushnudbek/20045).

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.

Izoh: bu yerda siz topshirgan yo‘nalish qaysi fanlar guruhiga kirishi ham muhim. Afsuski, kvotalarning sohalarga taqsimlanish tufayli baʼzi hududlarda 69 ball bilan ham grantga kirishgan, ba’zi joylarda 160 ball bilan ham tavsiya etilmagan🤦‍♂️ Har yili shunday bo’lmoqda.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi?

JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi.

Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylayapti. Bu xato fikr.

Abituriyentlar testdan keyin yo’nalish tanlayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan.

Endi bugun yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q.

mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi.

Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Byudjetga kirdim, boshqa yo‘nalishga kontraktga o‘zgartira olamanmi?

JAVOB: Yo‘q, o‘zgartira olmaysiz.

Xullas, endi hech narsani o‘zgartira olmaysiz. Qaysi yo‘nalishga grantga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda grantda, kontraktga kirgan bo‘lsangiz, o‘sha yerda kontraktda o‘qiysiz.

Yo’nalish tanlayotganda o‘z shaxsiy tanlovingizni qilib bo‘lgansiz, “endi bunga o‘tsam-chi, endi unga o‘tsam-chi”, degan savollardan foyda yo‘q.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 21:33:15
Back to Top
HTML Embed Code: