Telegram Web Link
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 8-13 avgust kunlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan "Lochin" bolalar oromgohida "Yoshlar — kelajak bunyodkorlari!" shiori ostida "III ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi" bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro qurultoyda Andijon davlat universiteti talabasi Ibrohimjonova Bibirobiya ham faol ishtirok etdi.

Talabamizga qurultoyda faol ishtirok etishini hamda yangi bilimlarni egallab, yurtimiz rivoji yo‘lida yana-da shijoat bilan mehnat qilishda bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟥

🏬 Prezidentimizning tashabbuslari Markaziy Osiyo ravnaqi uchun muhimdir

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 8-9-avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Qozogʻiston Respublikasida boʻlib, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

✍️ Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyevning uza.uz saytida e'lon qilingan maqolasi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#eslatma

Biz korrupsiyaga qarshimiz! Sizchi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida @eduuzanticor_bot rasmiy Telegram boti tashkil etilgan.

❗️Bot orqali Siz vazirlik, uning tizim tashkilotlari, akademik litseylar, professional va oliy ta’lim muassasalarida duch kelgan korrupsion holatlar haqida xabar berishingiz mumkin.

☝️Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish imkoniyati ham yaratilgan:

📞 1006 Ishonch telefon raqami;

📤 [email protected] elektron pochta manzili.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Ayni kunlarda Toshkent davlat agrar universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish: Tajribalar va istiqbol rejalar” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari bo'lib o'tmoqda.

Seminar doirasida respublika OTMdan kelgan ishtirokchilarga ushbu yo'nalishda o'ziga xos tajribaga ega mentorlar tomonidan taqdimot va mashg'ulotlar o'tkazilib, yangi o'quv yili davomida ma'naviy-ma'rifiy sohada olib boriladigan ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur seminarda Andijon davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i T.Mo'ydinov ham ishtirok etmoqda.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

📆Bugun 15-avgust, payshanba.

🌏 Arxeologlar kuni.
💌“Allo” so‘zining tug‘ilgan kuni.
🇪🇬Misr - Nil toshqini kuni.
🇮🇳Hindiston - Mustaqillik kuni.

Tarixiy voqealar:

🎖1534-yil - Loyola Parijda Iyezuitlar ordenini tashkil qildi.
📝1717-yil - Rossiya, Fransiya va Prussiya o'rtasida Amsterdam shartnomasi imzolandi.
💵1835-yil - Aylanadigan barabanli kir yuvish mashinasi uchun patent olindi.
1960-yil - Kongo Respublikasi Fransiyadan mustaqilligini e'lon qildi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🫅🏻 1769-yil 15-avgust - Fransiya imperatori Napaleon Bonapart.
🤵🏻‍♀️ 1915-yil 15-avgust - mahoratli aktrisa, O'zbekiston xalq artisti Tursunxon Jafarova.
🧑🏻‍💼1924-yil 15-avgust - O‘zbekiston FA akademigi, tarix fanlari doktori, tarixchi-olim, etnograf, turkshunos, professor Karim Shoniyozov.
👨‍💼1935-yil 15-avgust - telejurnalist, kichik hajmdagi hikoyalar ustasi Elbek Musayev.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#perevod

📊 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Joriy yilda bittagina o'zgarish bor. San'at sohasida o'tish bali oshirilibdi. O'tgan yili san'at sohasida o'tish bali 80 ball edi, joriy yilda 93 ball etib belgilanibdi. Boshqa yo'nalishlarda o'zgarish yo'q.

Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:

xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.

❗️Yuqoridagi 2 toifa uchun test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo’ladi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💜💜💜

⚖️ Soʻnggi yillarda ta'lim muassasamizda ham korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Agarda Siz, universitet hududida har qanday korrupsion holatga duch kelsangiz yoki professor-o'qituvchi va xodimlarning noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarga ega bo'lsangiz rahbariyatning quyidagi telefon raqami yoki telegram botlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🔸Baxtiyorjon Akbaraliyev — Andijon davlat universiteti rektori;
☎️ +998742238830
📱@anddu_rektori_bot

🔸Azizbek Yuldashev — rektor maslahatchisi;
☎️+998993996688

🔸Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi.
☎️ +998742248191
📱@adu_anticorruptionbot

❗️Inson o'zgarsa, jamiyat o'zgaradi, agar siz va biz, barchamiz korrupsiyaviy holatlarga befarq bo'lmay qarshi kurashar ekanmiz, jamiyatimiz ham bu kabi illatlardan holi bo'laveradi.

✴️Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/25 05:25:18
Back to Top
HTML Embed Code: