Telegram Web Link
⚡️2 kundan keyin o'qishni ko'chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, 15-iyul kuni OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlangan edi.

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga kochirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa o‘qishini ko‘chira oladi: https://www.tg-me.com/adpiuz/24609

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Ufqqa intilib yashagan insonlarning haqiqiy hayot manzarasi

🔠 Bugun sizlarning e’tiboringizga havola etadigan spektakl o‘zbek xalqining matonati, chin insoniy fazilatlari, vatanga sadoqat bilan yashayotgan insonlarning orzu-umidlari, baxtli kunlari-yu kutilmagan fojialari, jumladan, qahramon Ikromjon ota, uning urushdan qochib kelgan o‘g‘li Tursunboy va bemehr farzand dog‘ida vafot etgan Jannat xola obrazlari orqali Ikkinchi jahon urushi davridagi hayot haqida so‘zlaydi.

🎭 Aynan mana shu spektaklda Jannat xola obrazini ijro etgan Vazira Mahmudova “Talabalar teatr studiyasi” tanlovining 2024-yilgi mavsumi “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan edi.

Spektakl premyerasini ko‘rib, talabalarning ijro mahoratiga o‘zingiz ham baho berishingiz mumkin.

➡️Spektakl premyerasini ko‘rish 🌐

Spektaklni tomosha qilib, like bosishni va fikrlaringizni YouTube kommentariyasiga yozib qoldirishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

📆 Bugun 4-avgust, yakshanba.

🌏Xalqaro ishlayotgan yolg‘iz ayollar kuni.
🌏Butunjahon arg'imchoqda uchish kuni.
🌏Shampan vinosi tug'ilgan kun
.
🇻🇪Venesuela - Milliy gvardiya kuni.

Tarixiy voqealar:

✈️1912-yil - Ilk 2 nafar yo‘lovchilar La-Mansh bo‘g‘ozi ustidan uchib o‘tdi.
📲1922-yil - Telefon ixtirochisi Aleksandr Bell dafn marosimi paytida 1 daqiqa 13 million telefon ishlamay turdi.
🏬1989-yil - Toshkentda “Temiryo'l texnika” muzeyi ochildi.
🤝1999-yil - O‘zbekiston Mavrikiy Respublikasi bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🖋1895-yil 4-avgust - o'zbek matbuoti asoschilaridan, yozuvchi Mirmuhsin Shermuhammadov.
🎨1915-yil 4-avgust - grafik rassom, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi Igor Savitskiy.
⚽️1985-yil 4-avgust - Manchester Yunayted yarim himoyachisi Luis Antonio Valensiya.
👩‍💼1942-yil 4-avgust - teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rimma Ahmedova.

🏛 Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_tarixi

📆 Bugun 5-avgust, dushanba.

🌏 Xalqaro svetofor kuni.
🌏 Ufqni kuzatish kuni.

🇦🇮 Angliya - Konstitutsiya kuni.
🇭🇷 Xorvatiya - G‘alaba va vatanga minnatdorchilik kuni.

Tarixiy voqealar:

🗽 1884-yil
- shu kuni Nyu-York shahrida "Ozodlik haykali" qurilishi boshlandi.
🪪 1891-yil - "American Express" cheklari muomalaga kirdi.
🚥 1914-yil- Klivlend (AQSh)da dunyodagi birinchi elektr svetofor o'rnatildi.
💥 1953-yil - birinchi ''RDS-6s'' vodorod bombasi Semipalatinsk poligonida portlatildi.

🎊 Tavallud ayyomlar:

🧑🏻‍🎨 1844-yil 5-avgust - rus rassomi Ilya Repin.
🩻 1921-yil 5-avgust
- rentgenolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Jo'ra Abdurasulov.
👨🏼‍🚀 1930-yil 5-avgust - amerikalik astronavt, birinchi marta oyga qadam qo‘ygan odam Nil Armstrong.
🖋 1941-yil 5-avgust - Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, jamoat arbobi O'tkir Hoshimov.

🏛 Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#diqqat #elon

⚡️Bugun o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabulining so'nggi kuni

👉 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

❗️Eslatma: arizalar 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

"IFTIXORIMSAN, VATAN"

18-33 yoshgacha bo‘lgan shoir va xonandalar uchun.

Ijodiy ishlaringizni ushbu telegram manzilga jo‘nating! 👇

@iftixorimsan_vatan

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #muhim

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari davom etmoqda!


Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#yigilish

Siyosiy qatag'on qurboni bo'lgan yurtdoshlarimiz xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan videokonferensiya o'tkazildi

Prezidentimizning PQ-270-son qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida Mudofaa vazirligi markaziy apparati, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi tarix instituti va shu kabi bir qator organ, tashkilot mas'ullaridan iborat respublika komissiyasining ishchi organ tarkibi tasdiqlandi.

3-avgust kuni ishchi guruh a'zolari, shuningdek, Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari" muzeyi direktori, professor, tarix fanlari doktori R.T.Shamsutdinov ishtirokida ishchi organning birinchi majlisi bo'lib o'tdi.

Videokonferensiyada mas'ullar tomonidan qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimizning hayoti, faoliyatini oʻrganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha istiqboldagi rejalar belgilanib olindi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 21:19:57
Back to Top
HTML Embed Code: