Telegram Web Link
#uchrashuv

Prokuror va yoshlar uchrashuvi


Bugun, 27-iyun kuni Andijon davlat universitetida 30 iyun - “Yoshlar kuni” hamda "Yoshlar oyligi" doirasida viloyat prokurori o'rinbosari hamda andijonlik yoshlar ishtirokida "Prokuror va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2948

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#abituriyent

❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda

Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.

Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Mutolaa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
80 kun davomida 8 ta kitob oʻqing va 20 million soʻm yuting.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oyina.uz portali sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan “Kitoblararo 80 kun” marafonini boshladi!

Toʻrt bosqichdan iborat marafonda 8 kitobni oʻqing va maxsus sinovlardan oʻtib, gʻolib boʻling!

1-o‘ringa 20 million so‘m va’da qilingan.

Sovrinli o‘rinlar esa odatdagidek uchta emas, o‘ndan ortiq!

To‘liq ma’lumot va marafonda ishtirok etish uchun manzil: @oyinatanlovbot

Telegram | Instagram | Ilova
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#etirof

🎗Nuriddin Samandarov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi


Prezident qaroriga binoan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda alohida faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan yurtimiz taraqqiyotini yuksaltirish, jonajon Vatanimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan Andijon davlat universiteti talabasi Samandarov Nuriddin Maxammatjon oʻgʻli “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti jamoasi oliygohimizning eng faol, iqtidorli va tashabbuskor yoshlaridan biri bo'lgan Nuriddin Samandarovni va unga saboq bergan ustozlarini ushbu e'tirof bilan samimiy qutlab, kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_tarixi

📅Bugun 28-iyun, juma.

🌏Xalqaro
ijtimoiy biznes kuni.
🇰🇿Qozog'iston - Aloqa va axborotlashtirish xodimlari kuni.
🇺🇦Ukraina - Konstitutsiya kuni.
🇻🇳Vetnam - Oila kuni.

Tarixiy voqealar:

💰1816-yil - Sankt-Peterburgda birinchi fond birjasi ochildi.
🏟1919-yil - Millatlar Ligasi tashkil etildi.
🚘1946-yil - Gorkiy avtozavodida birinchi “Pobeda” avtomobili chiqarildi.
📗1996-yil - Ukraina Konstitutsiyasi qabul qilindi.

🎊Tavallud ayyomlar:

👨‍💼1916-yil 28-iyun
- rus fizigi, kvant elektronika asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi Aleksandr Proxorov.
👨🏻‍🔬1927-yil 28-iyun
- amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi Shervrud Rovland.
🤵🏻‍♀️1929-yil 28-iyun
- sharqshunos olima, pedagogika fanlari doktori, professor Saniya Fayzulina.
💸1971-yil 28-iyun
- kanadalik va amerikalik muhandis va tadbirkor, PayPal, SpaceX asoschisi, Tesla Motors asoschilaridan biri Elon Mask.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024 #baholash_mezonlari
#kasbiy_ijodiy_imtihonlar

Andijon davlat universitetida alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha topshiriladigan amaliy-ijodiy imtihonlarda abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar hamda baholash mezonlari

📋 60210800 - Amaliy san'at
📋60211500 - Cholg'u ijrochiligi
📋60210500 - Rangtasvir (dastgohli)
📋60211400 - Vokal san'ati (an'anaviy xonandalik)
📋61010200 - Sport faoliyati: Boks
📋61010200 - Sport faoliyati: Futbol
📋61010200 - Sport faoliyati: Kurash
📋61010200 - Sport faoliyati: Basketbol
📋61010200 - Sport faoliyati: Voleybol
📋61010200 - Sport faoliyati: Badiiy gimnastika
📋61010200 - Sport faoliyati: Yengil atletika
📋61010200 - Sport faoliyati: Belbog'li kurash
📋61010200 - Sport faoliyati: Stol tennis
📋61010200 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sporty(parasport)

Eslatma: Alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar Ijodiy-amaliy imtihonlardan tashqari majburiy fanlar (O’zbekiston tarixi, matematika va ona tili)dan ham test sinovlaridan o‘tadilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/27 07:32:54
Back to Top
HTML Embed Code: