Telegram Web Link
#chellenj

Giyohvandlikka “asr vabosi” deya taʼrif beramiz. Unga qarshi nafaqat illat, balki global ofat sifatida kurashamiz. Chunki bugun ayni shu xatar insoniyat salomatligi, taqdiri va hatto kelajagiga rahna solayotgani sir emas.

26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tomonidan ta'lim muassasamiz ishchi xodimlari va talabalar o'rtasida "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida chellenj o'tkazildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#rektor_faoliyati

Rektor universitetda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o'tkazish bo'yicha tayyorgarlik holatlarini o'rgandi


Bugun, 26-iyul kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev mas'ullar ishtirokida universitetga alohida iqtidor talab qiladigan ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida imtihonlar o'tkazilishi belgilangan hududda bo'ldi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2947

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Imtihon_natijalari

🎓Andijon davlat universitetida bakalavriat ta'lim yo'nalishining sirtqi ta'lim shaklida tahsil olgan bitiruvchilarning majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovlaridan topshirgan test natijalari

📋 Tarix jahon mamlakatlari bo'yicha yo'nalishi natijalari.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Zakovat teleo‘yini muxlislari diqqatiga!

Xabaringiz bor, endilikda har o‘yinning boshida va oxirida muxlislar uchun alohida 2 ta yutuqli savol berilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tanlovga iloji boricha ko‘proq qatnashchilarni jalb qilish hamda qatnashchilar o‘rtasida imkoniyatlar teng bo‘lishini ta’minlash maqsadida endilikda telegram kanalimizda teleo‘yinlar translyatsiyasi olib borilmaydi. Shuningdek, teleo‘yinning to‘liq videosi o‘yin efirga ketganidan bir hafta o‘tib YouTube kanalimizga joylanadi.

Yozgi mavsumda teleo‘yinlar “Milliy” telekanalida juma kunlari soat 22:10 da efirga uzatiladi. Barcha qatnashchilarga omad tilaymiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent

‼️ESLATMA: abituriyentlar bugun to‘lovlarni amalga oshirishi shart


Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan.

Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Ma’lumotlarga ko’ra, ko’pchilik abituriyentlar to’lovlarni amalga oshirmagan. Bu esa testga kiradiganlar sonini yanada kamaytiradi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Tabrik

Qadrli jurnalistlar, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar!


Siz, azizlarni 27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari” kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Bugun dunyoda tahlikali vaziyat hukm surayotgan bir vaqtda kuchli huquqiy davlat va pirovardida fuqarolik jamiyatini qurish maqsadimiz ustuvor bo’lib qolaveradi. OAV, jurnalistlar va blogerlar huddi oyna kabi yuzimizga kamchiliklarimiz va muammolarimizni ko‘rsatib bermoqdaki, bu barchaga birdek foydali va manfaatli bo‘lmoqda. Bugun Andijon davlat universiteti barcha turdagi OAV hamda blogerlar bilan samarali hamkorlik olib bormoqda va bundan keyin ham doimo ochiq muloqotda bo‘lishini bildirib o‘tmoqchiman.

Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Baxtiyorjon Bakirovich Akbaraliyev Andijon davlat universiteti rektori

👉🏻rektorning telegram sahifasi
#kun_tarixi

📅Bugun 27-iyun, payshanba.

🇺🇿O'zbekiston
- Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
🇹🇲Turkmaniston - Madaniyat va san'at xodimlari kuni.
🇻🇪Venesuela - Jurnalistlar kuni.
🇷🇺Rossiya - Yoshlar kuni.

Tarixiy voqealar:

🏛1834-yil -
Kiyev universiteti ochildi.
🚃1865-yil - Rossiya temir yo'llari vazirligi tashkil etildi.
📰1906-yil - Turkistonda birinchi milliy gazeta «Taraqqiy» chop etildi.
👨‍💻1994-yil - Matbuot va OAV xodimlari kuni nishonlana boshlandi.

🎊Tavallud ayyomlar:

👨🏻‍🔬1869-yil 27-iyun
- nemis embriologi, Nobel mukofoti sohibi Xans Shpeman.
👩‍💼1895-yil 27-iyun
- rus shoirasi va nasriy yozuvchisi Irina Odoevseva.
🤵🏻‍♀️1958-yil 27-iyun
- taniqli xonanda, O'zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova.
👩‍💼1950-yil 27-iyun
- kino va dublyaj aktrisasi, O'zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Imtihon_natijalari

🎓Andijon davlat universitetida bakalavriat ta'lim yo'nalishining sirtqi ta'lim shaklida tahsil olgan bitiruvchilarning majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovlaridan topshirgan test natijalari

📋 Maktabgacha ta'lim yo'nalishi natijalari.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/27 09:31:37
Back to Top
HTML Embed Code: