Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_oyligi #Andijon #live

Ayni vaqtda Andijon shahri markazidagi shoh ko‘chalar tutashgan maydonda Yoshlar oyligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Faoliyatimizni estradamiz yulduzlari ham e'tirof etmoqda.

Izoh kоmmentariyada kutamiz...

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#yoshlar_oyligi #Andijon #live

Ayni vaqtda Andijon shahri markazidagi shohko‘chalar tutashgan maydonda Yoshlar oyligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali ko‘trarinki ruhda o‘tmoqda.

Sahnada yoshlarimizning sevimli san'atkorlari Shohruhxon, Benom guruhi, Shohrux rep, Dili.Me, Otabek Mirzaholov, Oybek Teshaboyev kabi ijodkorlar Andijon yoshlariga a'lo kayfiyat ulashmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_tarixi

📆Bugun 21-iyun, juma.

🇺🇳Butunjahon
insonparvarlik kuni.
🇨🇴Armaniston - Aviatsiya kuni.
🇼🇸Xitoy - Ajdar qayiqlari kuni.
🇫🇷Fransiya - Musiqa bayrami.

Tarixiy voqealar:

🇺🇸1898-yil - Guam AQSh tarkibiga kiritildi.
📰1918-yil - “O‘zbekiston ovozi” (Ishtirokiyun, XDP) ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etildi.
🚕1925-yil - Moskva ko’chalarida taksilar yura boshladi.
🚀2004-yil - Dunyodagi birinchi xususiy kosmik kema - "SpaceShipOne" birinchi marta kosmosga chiqdi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🤵‍♂️1882-yil 21-iyun - amerikalik yozuvchi, rassom, jamoat arbobi Kent Rokuell.
👩‍💼1921-yil 21-iyun - amerikalik aktrisa, model, qoʻshiqchi Jane Russell.
🤵🏻‍♀️1955-yil 21-iyun - opera va balet artisti, Oʻzbekiston xalq artisti Zamira Davletmuratova.
⚽️1955-yil 21-iyun - fransuz futbolchisi, Yevropa chempioni, murabbiy Mishel Platini.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#abituriyent

Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?

Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda.

Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.

Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.

Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?

Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak.

Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.

Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.

Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.

Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak.

‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.

Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.

ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/adu_uz/35288

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_oyligi #yoshlar_festivali

🏟Andijonda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilgan yoshlar festivali shijoatli va isteʼdodli yoshlarni yagona maqsad sari birlashtirdi.

100 ming nafardan ziyod andijonliklar bilan gavjum boʻlgan gala-konsertda koʻrgazmali harbiy chiqishlar, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “UzChess” hamda “UstozAI” loyihalari targʻiboti oʻtkazildi.

#Yangi_Ozbekiston_yoshlari_birlashaylik

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Sertifikat magistratura 2024.pdf
6.4 MB
#qabul_2024 #magistratura #sertifikat

Qaysi mutaxassislikka C1 shart?
Qaysi mutaxassislikka B2 kerak?
Qaysilariga B1 ham bo‘ladi?


2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida taqdim etilmoqda (ilova)

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 15:13:22
Back to Top
HTML Embed Code: