Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_oyligi #voleybol_musobaqasi

"Yoshlar oyligi" doirasida talabalar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida Andijon davlat universitetining "Barkamol avlod" sport majmuasida "Hokim kubogi" uchun oliy ta'lim muassasalari talaba-qizlari o'rtasida voleybol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹Qadrli vatandoshlar va yurtimiz mehmonlari!
****
Hukumat komissiyasining tegishli bayoni, bu bo’yicha Andijon viloyati Hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig’ining tegishli buyrug’i talablariga muvofiq, joriy yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar "Yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha DOLZARB 30 KUN" tadbiri o’tkaziladi.

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan maxsus videorolikni tomosha qilish orqali batafsil ma‘lumot olishingiz mumkin.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishda barchadan faol bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

📎Izoh: videorolik mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha maskanlarda namoyish etilishi, katta monitorlarga joylashtirilishi tavsiya etiladi.

🔰 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

📱Telegram | 📱YouTube | 📱Veb-sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #_yoshlar_oyligi

Andijon davlat universitetida "Yoshlar oyligi" doirasida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida mahalladagi 14-18 va 18-30 yoshlilar o'rtasida “Yosh huquqshunos” tanlovi bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ogoh_boling

Bugungi kunda telegram ijtimoiy tarmog‘ida turli xil firibgar kimsalar yoki botlar orqali ma’lum bir mansabdor shaxslar hamda rahbarlarning nomidan pul so’rash orqali jinoyat sodir etish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, Andijon davlat universitetida ham oliygoh rahbariyati a’zolari nomidan ko’plab fuqarolarga “plastikda pul bormi” degan xabarlar tarqatilmoqda.

Bunday firibgarlarga aslo ishonmang!

❗️Eslatib o’tamiz, o’zgalar nomidan ish ko’rish va firibgarlik orqali ularning nomini sotish qonuniy javobgarlikka tortilish uchun sabab bo’ladi!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#uchrashuv

Bugun, 19-iyun kuni Andijon davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo'limi hamda o'quv-uslubiy boshqarma hamkorligida sirtqi bo'limi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.

Dastlab, bo'lim boshliqlari Y.Narmuxamedov hamda A.Isayevlar tomonidan ta’lim sohasini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasidagi oliygohda tizimli ishlar amalga oshirilayotgani haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda mas'ullar bitiruvchi bosqich talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiya jarayonlarini adolatli, xolis va shaffof tarzda o'tishini ta'minlash, korrupsion holatlarning oldini olish bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish yuzasidan bo'lim boshlig'i va dekan o'rinbosarlariga tegishli ko'rsatmalar berdilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Ҳурматли ҳамшахарлар ва шаҳримиз меҳмонлари!

20 июнь куни, Андижон шаҳрида ўтказиладиган "Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик" шиори остидаги кенг қамровли тадбир муносабати билан, айрим кўчаларда шаҳар ҳокимлигининг тегишли фармойишига асосан, автотранспорт воситаларининг ҳаракати вақтинчалик чекланади.

Жумладан,
Андижон шаҳридаги:

“А.Навоий” ва “Чўлпон” шох кўчалари кесишган чорраҳа (Ўзбегим савдо мажмуаси)дан “А.Навоий” шох кўчаси ва “А.Фитрат” кўчалари кесишган чоррахагача;

“А.Навоий” шох кўчасидаги (вилоят ҳокимлиги қаршисидаги) айланма ҳаракат олдидан бошлаб, - “Ўзбекистон” ва “Бобур” шох кўчалари кесишган чорраҳа (Бизнес маркази)гача;

“А.Фитрат” кўчаси (Чоргузар туғруқхона кўчаси боши)дан “Ўзбекистон” кўчаси (“Голден чиккен” биноси) гача;

“Ўзбекистон” кўчасида жойлашган “З.М.Бобур” кутубхонаси олдидан, эски шаҳар ҳудудидаги "Деҳқон бозори" олдига қадар автотранспорт воситаларининг ҳаракати соат 16:00дан - 24:00 га қадар тўлиқ чекланади.

Ҳайдовчилардан ушбу чекловларни инобатга олган ҳолда ҳаракатланишларини илтимос қиламиз!

Саҳифа: @andpress
2024/09/25 13:31:17
Back to Top
HTML Embed Code: