Telegram Web Link
#tanishtiruv #rektor

Yangi tayinlangan rektor jamoaga tanishtirildi

Bugun, 15-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hukumat qaroriga muvofiq Andijon davlat universitetiga rektor lavozimiga yangi tayinlangan Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovichni jamoaga tanishtirdi.

Uchrashuvda Sаrvarxon Buzrukxonov yangi ta'yinlangan rektorning mehnat faoliyati haqida maʼlumotlar berib, masʼuliyatli vazifada omad tiladi.

Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari oliygohda mavjud imkoniyatlarni ham koֹ‘zdan kechirib, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Водий бозор
#ТЕЗКОР #РАСМАН

Эртага Андижонда автобуслар йўловчиларга бепул хизмат кўрсатади!

Муборак Қурбон ҳайити байрамини кўтаринки шукуҳда ўтказишни ташкил этиш ва аҳолини байрам тадбирлари белгиланган жойларга бепул бориб-келишларини ташкил этиш мақсадида Андижон шаҳридаги автобус корхона раҳбарлари ташаббуси билан шаҳар ичи автобус йўналишларидаги автобуслар 2024 йил 16 июнь куни соат 04:00 дан 10:00 га қадар йўловчиларга БЕПУЛ хизмат кўрсатади.

(Андижон вилояти Транспорт бошқармаси)

Бу хабарни барча андижонликларга етказиб қўйинглар.

Канал👉
@VODIYBOZOR
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#kun_tarixi

📆Bugun 16-iyun, yakshanba.

🇺🇳Afrika - bolalar kuni.
🇦🇷Argentina - Muhandislar kuni.
🇮🇸Islandiya - Shirinliklar kuni.
🇿🇦 JAR - Yoshlar kuni.

Tarixiy  voqealar:

🎡1925-yil - “Artek” bolalar oromgohi ish boshladi.
1903-yil - "The Ford Motor Company" tashkil topdi.
✈️1963-yil - Dunyodagi birinchi fazogir ayol Valentena Tereshkova kosmosga parvoz qildi.
📝2004-yil - Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘gʻrisida bitim imzolandi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🧑🏻‍🏫1888-yil 16-iyun - rus matematigi va geofizigi, nostatsionar koinot nazariyachisi Aleksandr Fridman.
👨‍💼1896-yil 16-iyun - fransuz avtosanoatchisi, “Pejo” avtokompaniyasi asoschisi Jan Pejo.
🧑‍🔬1897-yil 16-iyun - nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi Georg Vittig.
🧑🏻‍💼1964-yil 16-iyun - ingliz yozuvchisi, motivator va shaxsiy rivojlanish boʻyicha mutaxassis Robin Sharma.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

JShShIRni qalbakilashtirib
bo‘lmaydi!

⚡️JShShIRni o‘zgartirishning imkoniyati yo‘q 14 ta raqamdan iborat bo‘ladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

📆Bugun 17-iyun, dushanba.

🌏Butunjahon qurg'oqchilikka qarshi kurashish kuni.
🇲🇨Indoneziya - Bolalar kuni.
🇦🇿Ozarbayjon - Tibbiyot xodimlari kuni.
🇰🇬Qirg‘iziston - Suv xo‘jaligi xodimlari kuni.

Tarixiy voqealar:

1944-yil - Islandiya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
💣1967-yil - Xitoyda birinchi vodorod bombasi sinovdan o‘tkazildi.
📷1970-yil - Edvin Lend “Polaroid” kamerasiga patent oldi.
💻1988-yil - “Microsoft” MS DOS 4.0 operatsion tizimini ishlab chiqdi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🤵‍♂️1818-yil 17-iyun - fransuz bastakori, dirijyor, pedagog Sharl Guno.
🧑‍🔬1920-yil 17-iyun - fransuz mikrobiologi, genetik, Nobel mukofoti sohibi Fransua Jakob.
🧑🏻‍💼1946-yil 17-iyun - rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi Javlon Umarbekov.
🏊‍♂️1964-yil 17-iyun - nemis suzish ustasi, uch karra olimpiada chempioni Mixael Gross.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#abituriyent

Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar

Qabul kvotalari tasdiqlandimi?

JAVOB: Yo‘q, hozircha qabul kvotalari tasdiqlanmadi. Tuya go‘shtini yegan kvotalar har yili qabul boshlanib ketgach tasdiqlanishi odatiy holga aylangan. Garchi joriy yilda dastlabki bosqichda faqat fanlar majmuasi tanlanayotgan bo‘lsa-da, lekin bu qabul kvotalarini istagancha kech tasdiqlash mumkin degani emas. Abituriyentlar kvotalarga qarab fanlar majmuasini tanlashi ham mumkin edi. Afsuski, haligacha kvotalar ma’lum emas. Qachon tasdiqlanishi haqida ham aniq ma’lumot yo‘q.

Joriy yilda ham beshta yo‘nalish tanlasa bo‘ladimi?

JAVOB: Ha, bo‘ladi. Hozir abituriyentlar faqat fanlar majmuasini tanlayapti. Test sinovlari to‘liq yakunlangach esa, 15 kun ichida beshtagacha yo‘nalish tanlashi mumkin bo‘ladi.

Joriy yildan sirtqi ta’lim bo‘lmaydimi?

JAVOB: Bo‘ladi, sirtqilar yopilgani yo‘q. Ko‘pchilik pedagogika sohasidagi 14 ta yo‘nalishning sirtqisiga faqat pedagogik staji borlargina topshirishi mumkinli haqidagi xabarlarni o‘qib, barcha sirtqi yo‘nalishlar yopilibdi, deb xato tushunadi. Aslida sirtqilar yopilgani yo‘q.

Mana bu yerda batafsil javob bor:
https://www.tg-me.com/xushnudbek/19225

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#abituriyent

Telefon raqamini yo'qotgan abituriyentda qanday yechim bor?

Parolni unutgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi orqali o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Telefon raqamni o‘zgartirish” funksiyasi orqali shaxsiy kabinetiga kirib, mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamini yangilashi mumkin.

Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Bilimni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga ish vaqtida murojaat qilishi mumkin.

Bunda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_tarixi

📆Bugun 18-iyun, seshanba.

🌏Xalqaro oziq-ovqatlar kuni.
🇦🇿Ozarbayjon - Inson huquqlarinini himoya qilish kuni.
🇹🇲Turkmaniston - Adliya organi xodimlari kuni.
🇦🇩Moldaviya - Tarixchilar kuni.

Tarixiy voqealar:

📗1837-yil - Ispaniyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi.
✈️1928-yil - Amelia Earhart samolyotda Atlantika okeanini uchib o'tgan birinchi ayol uchuvchi bo’ldi.
🗞1979-yil - SSSR va AQSh strategik qurollarni cheklash to'g'risida ''SQCh-2'' shartnomasini imzoladi.
🏛1982-yil - Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi ochildi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🧑‍🔬1845-yil 18-iyun - fransuz fiziologi, Nobel mukofoti sohibi Sharl Lui Alfons Laveran.
👨🏻‍🔬1889-yil 18-iyun - shveysar organik kimyogari, Nobel mukofoti sohibi Karrer Paul.
🤵🏻1946-yil 18-iyun - xushovoz xonanda, O’zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov.
🕵️‍♂️1942-yil 18-iyun
- amerikalik muxbir, kinotanqidchi va ssenarist Roger Jozef Ebert.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Ro‘yxatdan o‘tish
Bilimni baholash agentligi
#qabul2024 #foydali #ovozli_chat

⚡️Joriy yil kollej yoki texnikumga kirish istagida bo‘lganlar ham 25-iyunga qadar OTM bakalavriati uchun talabgor abituriyentlar qatori bir vaqtda (5–25-iyun kunlari) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim


Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan bugunga qadar Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida 4 ta ovozli chat o‘tkazilib, mavzuga doir barcha savollarga javob berilgan.

1-OVOZLI CHAT:
2024-yil 4-iyun kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi
#abituriyent

Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega saytda ko’rinmayapti?

Ko‘plab abituriyentlar xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomalar my.uzbmb.uz saytida ko‘rinmayapti-ku, deb so’rashmoqda.

Chunki Oila va xotin-qizlar qo’mitasi hozircha tavsiyanoma berilganlar ro’yxatini tegishli reestrga kiritmagan. Shu sababli saytda ko’rinmayapti.

Tavsiyanoma chiqmasa, o’zim qo’lda kiritsam bo’ladimi?

Yo’q, hech bir imtiyoz qo’lda kiritilmaydi. Hammasi avtomatik o’zi chiqadi. Faqat bittagina chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat, masalan IELTS sertifikati qo’lda kiritiladi xolos, qolgan hammasi avtomatik ko’rinadi.

Agar sizda xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma bo’lsa-yu, lekin u saytda ko’rinmayotgan bo’lsa, bundan xavotir olmang. Tavsiyanomalar 25-iyunga qadar Bilimlarni baholash agentligi bazasiga kiritiladi.

Va imtiyoz ko’rinmayotgan bo’lsa ham, fanlar majmuasini tanlab qo’ysangiz bo’laveradi. Hozir tanlasam, keyin imtiyoz qo’shilmay qoladi, deb xavotir olmang.

Agar siz tavsiyanoma olish uchun ariza yuborgan bo’lsangiz-u, lekin haligacha javobi chiqmagan bo’lsa, ya’ni na qanoatlantirilgani, na rad etilganini aniqlay olmayotgan bo’lsangiz, unda Oila va xotin-qizlar qo’mitasiga murojaat qiling.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#abituriyent

Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 170 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizni farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 11:19:33
Back to Top
HTML Embed Code: