Telegram Web Link
#sport #tanlov #kechki_konsert

🎓Universitetda talabalarning bo’sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda

Kuni kecha “Yoshlar oyligi” doirasida Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti dekani tashabbusi bilan talabalarning darsdan bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning maroqli hordiq olishlarini ta'minlash maqsadida sport musobaqalari, tanlov, kechki konsert dasturi tashkil etildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2935

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm #sayohat

Talabalarimiz "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil" aksiyasi doirasida Samarqand shahrini sayohat qildi


“Yoshlar oyligi” doirasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida “Yoshlar Turizm haftaligi” o‘tkazilmoqda. Andijon davlat universitetining bir guruh faol talaba-yoshlari ham ushbu haftalikda faol ishtirok etib, yurtimizning tarixiy manzili, ochiq osmon ostidagi muzey, koʻhna Samarqand shahriga bordilar.

Sayohat davomida, yoshlar Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasi, Registon ansambli, Amir Temur monumenti, Bibixonim madrasasi, Islom Karimov maqbarasi va monumenti, Shohizinda majmuasi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Samarqand siti hamda Buyuk ipak yoʻli turizm markazi koʻngilochar maskanlari va tarixiy obidalarda boʻlib, koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/24 21:30:56
Back to Top
HTML Embed Code: