Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent

Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi? 

Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:

1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.

Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;

2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.

Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi.

Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan;
Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas.

3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar

Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;

4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar.

Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.

Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi;

5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.

Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.

Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from JADID media | rasmiy
#tarix_va_taqdir

“FAYZULLA SULTONOV – “KATTA TERROR” QURBONI”
Rustambek SHAMSUTDINOV

⚫️1937-yil 13-noyabrda 10 yil muddatga hukm etilgan Fayzulla Sultonovning hozirgacha e’lon qilinmagan fojiali o‘limiga doir noyob hujjat topildi.
⚫️Fayzulla Sultonov istibdod tuzumi davri­da, uning adolatsizliklariga qarshi kurash­chilar safida bo‘ldi va shu adolat­siz­likning begunoh qurboniga aylandi.

Batafsil
: jadid-media.uz/fayzulla-sultonov-katta-terror-qurboni/

➡️@Jadid_media⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

📆Bugun 10-iyun, dushanba

🌏Butunjahon hunarmandchilik kuni.
🇭🇹Gaiti - Bolalar kuni.
🇨🇬Kongo - Yarashuv kuni.
🇯🇵Yaponiya - Soatlar kuni.

Tarixiy voqealar:

🏜1596-yil - Barents Ayiq orolini kashf etdi.
🚤1829-yil - „Oksford-Kembrij“ qayiqlar yoʻnalishi suvga tushirildi.
🎥1936-yil - Moskvada «Союзмультфильм» studiyasiga asos solindi.
🏅1999-yil - Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etildi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🧑‍🔬1848-yil 10-iyun - nemis ximik-organigi Iogann Karl Ferdinand.
🎨1880-yil 10-iyun - fransuz rassomi va grafigi, teatr dekoratori, keramikachi haykaltarosh Andre Daren.
🤵🏻1920-yil 10-iyun - O'zbekiston xalq yozuvchisi, O'zbekiston Qahramoni, ''Buyuk xizmatlari uchun'', "Do'stlik'' ordenlari sohibi Said Ahmad.
🤵🏻1929-yil 10-iyun - yozuvchi, tarjimon, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Nosir Fozilov.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi va qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yuzasidan Andijon davlat universiteti katta yuriskonsult Mo'tabarxon Sodiqovaning fikr mulohazalari ommaviy axborot vositalari nigohida.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Qabul_2024_2025
#Call_markaz

Andijon davlat universitetida fuqarolarning murojaatlariga javob berish va “Qabul-2024" bo'yicha "Call-markaz" o'z faoliyatini boshladi

2024-2025-o'quv yili uchun abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish 5-iyundan 25-iyungacha faqatgina onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Abituriyentlar oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarini qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti my.uzbmb.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali ro'yxatdan o'tkaziladi.

Abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishlari uchun oliy oʻquv yurtiga borilmaydi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali Andijon davlat universitetining murojaatlar markazi “Call-center” bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

📞 Murojaat uchun telefon:
+998742248187
+998742248189
+998742248194
+998742248197
+998742248195

“Call-center”ning ish rejimi:
Dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti pinned «#Qabul_2024_2025 #Call_markaz Andijon davlat universitetida fuqarolarning murojaatlariga javob berish va “Qabul-2024" bo'yicha "Call-markaz" o'z faoliyatini boshladi 2024-2025-o'quv yili uchun abituriyentlar hujjatlarini qabul qilish 5-iyundan 25-iyungacha…»
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

Bugun, 10-iyun Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi katta o'qituvchisi Sattarov Muhiddin Ortiqboyevichning tavallud ayyomi.

Muhiddin Sattarov 1954-yil 10-iyun kuni Andijon viloyati Oltinko'l tumanida tug'ilgan. Ko'p yillardan buyon universitetimiz ravnaqi yo'lida beminnat xizmat ko'rsatib kelayotgan ustozlardan biri hisoblanadi.

Andijon davlat universiteti jamoasi Sattarov Muhiddin Ortiqboyevichni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam salomatlik hamda ezgu maqsad yo‘lidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Proper English Schoolda yoz o‘tmoqda soz!


⚡️ Siz ham yozni samarali o‘tkazishini istaysangiz Proper English Schoolga tashrif buyuring va bizning intensiv kurslarimizda tahsil oling.

🎞 Kurs haqidagi ma'lumotlarni videoni tomosha qilgan holda bilib olishingiz mumkin.

🔥 Proper English School – sifatli ta'lim siz uchun.

💻Ro’yxatdan o’tish uchun
👇

https://forms.amocrm.ru/rtvdctl

☎️ 70-200-70-70

Telegram | Instagram
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon

🧑🏻‍💻Andijon davlat universiteti hududida internet tizimida texnik ishlar olib borilayotganligi hamda optik tola simlarida nosozlik yuzaga kelganligi sababli qisqa muddat internetda uzilishlar bo'lishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan ''Uztelecom'' xodimlari bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Tez orada internet tarmoqlari odatdagidek ishlashda davom etishini ma'lum qilamiz. 

Ushbu keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savollarga_javoblar

SAVOL: Agar abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturga kiritish talab etiladimi?

💡 JAVOB: Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#savollarga_javoblar

SAVOL: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(
my.uzbmb.uz saytiga) kiritish talab etiladimi?

💡 JAVOB: Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga
(
my.uzbmb.uz saytiga) kiritishi lozim.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_tarixi

📆Bugun 11-iyun, seshanba
.

🇪🇺 Yevropa - Atirgul vinosi kuni.
🇭🇳 Gonduras - Talabalar kuni.
🇦🇷 Argentina - Qo‘shnilar kuni.
🇷🇺 Rossiya - Sklerozga qarshi kurash kuni.

Tarixiy voqealar:

🏥 1826-yil - Moskvada ilk ko‘z kasalliklari shifoxonasi ochildi.
📻 1939-yil - Birinchi o‘zbek operasi “Bo‘ron”ning premyerasi bo‘lib o‘tdi.
🖥 1991-yil - “Microsoft” firmasi MS DOS 5.0 operatsion tizimini ishlab chiqdi.
⚽️ 2010-yil - JAR da futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🤵‍♂️1572-yil 11-iyun - ingliz shoiri, dramaturg, aktyor, drama nazariyachisi Ben Jonson.
🤵🏻1910-yil 11-iyun - fransuz okeanografi, akvalang ixtirochisi Jak Iv Kusto.
👨‍💼1956-yil 11-iyun - mohir sozanda (naychi), Oʻzbekiston xalq artisti Abdulahad Abdurashidov.
🎹1975-yil 11-iyun - Rossiyalik mohir pianinochi, Rossiya Xalq artisti Denis Matmusayev.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?

JAVOB: Prezident qaroriga ko’ra, olti kunliklar ketma-ket 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi.

15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI;

16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).


👉 @xushnudbek 👈
2024/09/25 13:19:19
Back to Top
HTML Embed Code: