Telegram Web Link
#ochilish_marosimi

“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun, 5-iyun kuni Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.

Mazkur tanlovning ochilishida respublikamizning 11 ta oliy ta'lim muassasalarining iqtidorli jamoalari qatorida Andijon davlat universiteti birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev boshchiligida universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
XATOSIZ_YOZAMIZ
SAVOL: Qaysi so'z to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
29%
Xoynahoy
45%
Hoynahoy
26%
Hoynaxoy
#seminar

Bugun, 5-iyun kuni Andijon davlat universitetida Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Andijon viloyati tashkiloti hamkorligida talabalar o'rtasida ezgulik, mehr-muruvvat, xayriya va saxovat kabi g'oyalarni mustahkamlash maqsadida "Xalqaro inson huquqlarini himoya qilish" mavzusida seminar mashg'uloti o'tkazildi.

Seminarda soha mutaxassislari tomonidan aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va birinchi yordam ko'rsatish asoslariga tayyorlash, aholining tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, xayriya, muruvvat va saxovat yordamlarini ko'rsatish, xalqaro insonparvarlik huquqlarini targ'ib qilish va oilalarni birlashtirish bo'yicha amaliy va nazariy tushunchalar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#amaliyot

Talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashmoqda

Bugun, 5-iyun kuni Andijon davlat universiteti talabalarini auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda o‘quv rejada ko‘rsatilgan amaliyotni bajarish maqsadida Tabiiy fanlar fakulteti o'qituvchilari Azizbek Mamajonov va Begali Dehqonovlar boshchiligida geografiya yo‘nalishi birinchi bosqich talabalari Xonobod shahrida bo'ldilar.

Amaliyotda talaba-yoshlar Andijon-Xonobod yo'nalishidagi gipsometrik xususiyatlarni, Xonobod suv tozalash korxonasinining xo'jalik ahamiyati, suvni tozalashning laboratoriya orqali zamonaviy usullari va viloyatimizning diqqatga sazovor hududlarini geografik planda o'rgandilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 17:16:14
Back to Top
HTML Embed Code: