Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
⚡️Attestatsiya natijalari e’lon qilindi

20–24-may kunlari pedagog.edu.uz sayti orqali hujjat topshirgan oʻrta maxsus (akademik litsey) va professional taʼlim muassasalarining 7576 nafar pedagog kadri attestatsiyadan oʻtkazildi.

Test sinovlari natijalari pedagog.edu.uz sayti pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida e’lon qilindi.

Test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar 10-iyunga qadar [email protected] elektron manzili orqali murojaat qilishlari mumkin. Faqat ulardan qaysi savollarga eʼtirozlari borligini aniq ko‘rsatishlari so‘raladi.

Imtiyoz qoʻllaniladigan sertifikatlarga ega oʻqituvchilar roʻyxati 👉 BU YERDA

Facebook | X | YouTube
#teatr

Teatr – ibrat va ma'naviyat maskani

Bugun, 1-iyun kuni Andijon davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida “Humo” talabalar teatr studiyasi tomonidan yozuvchi Said Ahmadning “Ufq” romani asosida sahnalashtirilgan “Ufqqa intilib” nomli spektakl namoyishi bo'lib o'tdi.

Spektaklni universitetimiz professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari maroq bilan tomosha qildi. Ijodkor talabalarimiz iste'dodi va iqtidorini jamlagan ushbu sahna asari barchaga birdek manzur bo'ldi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#tadbir

1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Sana munosabati bilan Paxtaobod tumanida Madaniyat va istirohat bog‘ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimdagi "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Andijon davlat universiteti Pedagogika va san'atshunoslik fakulteti tomonidan qiziqarli sahna ko‘rinishlari, shoʻx kuy-qoʻshiq hamda amaliy san'ati va kulolchilik buyumlarining 300 dan ortiq ijod namunalari namoyish etildi.

Madaniyat va istirohat bog‘ining tantanali ochilishida universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev boshchiligida jamoamiz faol ishtirok etdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/25 15:21:59
Back to Top
HTML Embed Code: