Telegram Web Link
#togarak

Bugun, 30-may kuni Andijon davlat universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, kasb-hunarga yo'naltirish hamda ularni mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida "Pazandachilik" to'garak mashg'uloti o'tkazildi.

Mashg'ulot davomida Filologiya fakulteti tyutori va xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi tomonidan to'garak a'zolari uchun "Yong'oqli keks" shirinligini tayyorlash bo'yicha master-klass mashg'ulotlari olib borildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#zakovat

Talabalarning bilimlari zakovatda charxlandi

Bugun, 30-may kuni Nodirabegim istirohat bog'ida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Andijon davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.

Intellektual o'yin bahs va munozalarga boy bo'ldi. Unda 10 dan ziyod jamoalar ishtirok etib, o'zlarining bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. Turnir yakunida g'olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

🎗Bugun, 31-may
Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Falsafa kafedrasi mudiri falsafa fanlari doktori, professor Yuldasheva Farida Hoʻjamqulovnaning tavallud ayyomi.

🏡Farida Hoʻjamqulovna 1962-yil 31-may kuni Andijon viloyati Izboskan tumanida tug'ilgan. Ko'p yillardan buyon universitetimiz ravnaqi yo'lida beminnat xizmat ko'rsatib kelayotgan ustozlardan biri hisoblanadi.

🎊Andijon davlat universiteti jamoasi Yuldasheva Farida Hoʻjamqulovnani tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam salomatlik hamda ezgu maqsad yo‘lidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

📆Bugun, 31-may Andijon davlat universiteti fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi v.b. professori, tarix fanlari doktori Xaydarov G'ayratbek Mirzapo'latovichning tavallud ayyomi.

🎗G'ayratbek Xaydarov 1976-yil 31-may kuni Andijon viloyati Oltinko'l tumanida tug‘ilgan. Ustoz ko'p yillardan buyon ilmiy-pedagogik faoliyati bilan ta'lim-tarbiya sohalarida beminnat xizmat qilib kelmoqda.

🎊Andijon davlat universiteti jamoasi ustoz G'ayratbek Xaydarovni tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam salomatlik hamda ezgu maqsad yo‘lidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi. Doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini va yoshlarimizga ilm berishda kuch-quvvat tilaydi!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 05:20:05
Back to Top
HTML Embed Code: