Telegram Web Link
#songgi_qongiroq

Jaranglayver, so'nggi qo'ng'iroq!

Joriy yilning 25-may kuni Andijon davlat universiteti professori M. Mamajonov Izboskan tumanidagi 18-maktab va o'zi tahsil olgan 17-umumta'lim maktablarining "So'nggi qo'ng'iroq" kechasida maktab bitiruvchilarini tabriklash uchun tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Ushbu marosimda universitet professori bitiruvchilarga o'z muallifligi asosida chop etilgan ''Andijon geografiyasi'' o'quv qo'llanmasini hamda shaxsiy kutubxonasidagi kitoblaridan sovg'a qildi va kelajakdagi maqsadlariga erishishida omad, muvaffaqiyat yor bo'lsin deya, iliq tabriklar yo'lladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xushxabar #Talabalar_ligasi

Ayni kunlarda talaba-yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan "Talabalar liga"sining mini futbol musobaqasi poytaxtimiz Toshkentda bo'lib o'tmoqda.

Bugun, 26-may kuni universitetimiz jamoasi SamDuning O'zbekiston Finlandiya instituti jamoasiga qarshi maydonda shiddatli va murosasiz to'p surdi va 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

👏Navbatdagi g'alaba bilan sportchi talabalarimiz va ularning murabbiylarini chin dildan tabriklab, yarim final uchrashuvlarida ham omad tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

Bugun, 27-may Andijon davlat universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Xolbutayev G‘ayratbek Oybek o‘g‘lining tavallud ayyomi.

Ushbu sana munosabati bilan G‘ayratbek Xolbutayevni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini va yoshlarimizga ilm berishda kuch-quvvat tilab qolamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#elon

Hurmatli boburshunos olimlar, ustozlar va tadqiqotchilar

Xalqaro boburshunoslik ilmiy-elektron platformasini boyitish maqsadida Siz azizlarning muallifligingizdagi hazrati Bobur podshoh va boburiylar faoliyatiga doir har qanday mavzudagi ilmiy maqolalaringizni yuborishingizni soʻrab qolamiz.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2920

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#imtihon_jarayonlari

Universitetda yakuniy nazorat imtihonlari mas'ullar tomonidan nazorat qilinmoqda

Ayni kunlarda Andijon davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash maqsadida jarayon jadvalida ko'rsatilgan va belgilangan tartibda magistrlik dissertatsiyasi himoyalari, yakuniy davlat attestatsiya sinovlari, yakuniy nazorat imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

Bugun, 27-may kuni Pedagogika va san'atshunoslik hamda Matematika fakultetlarida yakuniy nazorat imtihonlari o'z vaqtida belgilangan tartibda boshlanganligi, yakuniy nazorat savollari to'g'ri tuzilganligi va tasdiqlanganligi, jarayonlar shaffof va adolatli o'tkazilayotganligi o'quv-uslubiy boshqarma tomonidan o'rganildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/23 11:28:31
Back to Top
HTML Embed Code: