Telegram Web Link
🖐Butunjahon yoshlar festivaliga volontyorlarni chorlaymiz!

🌎Xabar berganimizdek, joriy yilning 26-30-iyun kunlari mamlakatimizda Butunjahon yoshlar festivali o’tkaziladi. Mazkur festivalda xorijiy mehmonlarga hamrohlik qilish, tashkiliy ishlarga ko’maklashish va Call-markazda faoliyat yuritish uchun tajribali, xorijiy tillarni mukammal biladigan volontyorlarni taklif etamiz.

📝 Hoziroq ➡️ havola orqali ro’yxatdan o’ting. Arizalar 1-iyunga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, volontyorlar festival doirasida Buxoro, Jizzax Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida faoliyat olib boradilar.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

🏆Sportchi talabamiz muddatidan avval g'oliblikni qo'lga kiritdi

Joriy yilning 26-may kuni Koreya davlatida Fight World turniri bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, turnirda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Fayozbek Dustmatov munosib ishtirok etib, raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi va yuqori pog'onaga ko'tarildi.

Yurtimiz bayrog'ini mana shunday yuqoriga ko'tarib kelayotgan sportchi talabamizni universitet jamoasi nomidan samimiy qutlab, kelgusi musobaqalarga omad va zafarlar tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#songgi_qongiroq

Jaranglayver, so'nggi qo'ng'iroq!

Joriy yilning 25-may kuni Andijon davlat universiteti professori M. Mamajonov Izboskan tumanidagi 18-maktab va o'zi tahsil olgan 17-umumta'lim maktablarining "So'nggi qo'ng'iroq" kechasida maktab bitiruvchilarini tabriklash uchun tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Ushbu marosimda universitet professori bitiruvchilarga o'z muallifligi asosida chop etilgan ''Andijon geografiyasi'' o'quv qo'llanmasini hamda shaxsiy kutubxonasidagi kitoblaridan sovg'a qildi va kelajakdagi maqsadlariga erishishida omad, muvaffaqiyat yor bo'lsin deya, iliq tabriklar yo'lladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xushxabar #Talabalar_ligasi

Ayni kunlarda talaba-yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan "Talabalar liga"sining mini futbol musobaqasi poytaxtimiz Toshkentda bo'lib o'tmoqda.

Bugun, 26-may kuni universitetimiz jamoasi SamDuning O'zbekiston Finlandiya instituti jamoasiga qarshi maydonda shiddatli va murosasiz to'p surdi va 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

👏Navbatdagi g'alaba bilan sportchi talabalarimiz va ularning murabbiylarini chin dildan tabriklab, yarim final uchrashuvlarida ham omad tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

Bugun, 27-may Andijon davlat universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) Xolbutayev G‘ayratbek Oybek o‘g‘lining tavallud ayyomi.

Ushbu sana munosabati bilan G‘ayratbek Xolbutayevni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini va yoshlarimizga ilm berishda kuch-quvvat tilab qolamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 13:25:34
Back to Top
HTML Embed Code: