Telegram Web Link
#uchrashuv

Universitetda "Akademik va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi

Bugun, 24-may kuni Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalar yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari ishtirokida “Akademik va yoshlar” uchrashuvi o'tkazildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2918

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kuzatish_marosimi

Bugun, 24-may kuni Andijon davlat universitetining bir guruh sportchi talabalari sportning futbol turi bo'yicha oliy talim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan "Talabalar ligasi "ning hududiy bosqichida birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma olgan yoshlar poytaxtga jo‘nab ketdi.

Universitet prorektori Rustamjon Mullajonov va faxriy ustozlar musobaqa qatnashchilari va ularning murabbiylariga omad va ulkan zafarlar tilab, poytaxtimiz Toshkentda bo'lib o'tadigan "Talabalar ligasi"ning respublika bosqichiga tantanali kuzatdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ijodiy_ishlar_ko'rgazmasi

Iqtidorli talabalarning "Ilhom jilolari" nomli ijodiy ishlar ko'rgazmasi o'tkazildi

Bugun, 24-may kuni Andijon davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida Pedagogika va san'atshunoslik fakultetining iqtidorli talabalari Gulmiraxon Abdukaxxorova hamda Muqadasoy Nasriddinovalarning "Ilhom jilolari" nomli ijodiy ishlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2919

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/23 07:32:19
Back to Top
HTML Embed Code: