Telegram Web Link
#seminar

Universitetda tadqiqotchi va magistrantlar uchun navbatdagi master-klass mashg'ulotlari o'tkazildi

Bugun, 11-may kuni Andijon davlat universitetida Ilmiy - tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi xodimlari tomonidan "Scopus&Web_of_Science" mavzusida navbatdagi premium offline-kurs mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

Mazkur seminarda mutaxassislar tomonidan scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilish, ilmiy maqolalar tayyorlash, scopus ma'lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalaridan mustaqil ravishda foydalanish bo'yicha amaliy tushunchalar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#9_may #Xotira_va_qadrlash
#tadbir

Yurtimizning azaliy va umrboqiy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ayyom – Xotira va qadrlash bayrami munosabati bilan Andijon davlat universitetida Matematika fakulteti rahbariyati tomonidan universitetda ko'p yillik faoliyati bilan davlatimiz ravnaqiga hissa qo'shgan faxriy ustozlar uchun tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda uzoq yillar mobaynida mehnat qilgan nuroniylar, oliygoh rahbariyati, ustoz murabbiylar uchun fakultet tomonidan osh tayyorlanib, shirin noz-ne’matlar bilan dasturxonga tortildi.

Ustoz-faxriylar shirin diydor va iliq kayfiyatlar ta’sirida universitetning yuksak e’tibor va g‘amxo‘rligidan mamnun bo‘lishdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#zakovat

🎓 Talabalar o'rtasida "Sharq tafakkuri" mavzusida zakovat o'yini o'tkazildi

Bugun, 11-may kuni Andijon davlat universitetida talabalar o'rtasida sharq allomalarining ilmiy merosi fani kesimida "Sharq tafakkuri olami" mavzusida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2904

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/21 23:40:54
Back to Top
HTML Embed Code: