Telegram Web Link
#Xotira_va_qadrlash
#Inson_aziz_xotira_muqaddas

🎗9-may – Xotira va qadrlash kuni

Andijon shahri markazidagi xiyobonda 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" umumxalq bayrami munosabati bilan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat hokimligi, harbiylar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari qatorida Andijon davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida bir guruh professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirib, haykal poyiga gulchambarlar qo'ydi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Inson xotira sabab tirik, qadr sabab muqaddasdir!

Tinch va osoyishta hayotimiz uchun joniyu qonidan kechgan ajdodlarning xotirasini yod etish esa bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos fazilat.

Bundan 79 yil muqaddam 2-jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada vatandoshlarimizning ham beqiyos hissasi bor. Bugungi sana munosabati bilan dunyo tarixidagi eng yirik va daxshatli urushga oid ayrim faktlarni jamladik.

✍️ Siz ushbu sana bilan bog‘liq yana nimalarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring!

#xotira #qadr

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Kuni kecha Andijon davlat universitetining ikkinchi talabalar turar joyida xotin qizlar psixologi tashabbusi bilan 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan faxriylar ishtirokida "Vatanni sevib charchamaydi qalb" mavzusida uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda universitetimiz faxriy ustozlari Azamjon
Goziyev hamda Mariyam
Kurbonovalar oliygoh yoshlariga yurt tinchligi, xalq farovonligi va ozodligi uchun kurashgan ajdodlarni xotirlash, nuroniylarni eʼzozlash va ularga munosib avlod bo‘lishlarini alohida takidlab o'tdilar.

Uchrashuv so'nggida universitetimiz faxriylariga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/21 12:41:37
Back to Top
HTML Embed Code: