Telegram Web Link
#9_may
#Xotira_va_qadrlash
#Sharaf_lentasi_aksiyasi

“Nomingiz dillarda mangu yashaydi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 27-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun, 7-may kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Andijon viloyati bo‘limi hamda Andijon davlat universiteti hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir  tashkil etildi.

Tadbir avvalida ishtirokchilarga talaba-yoshlar tomonidan sharaf lentalari taqildi. Shundan so'ng, II-jahon urushi g‘alabasiga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi ma'rifat soati o‘tkazildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#tonggi_badantarbiya
#Salomatlik_kuni

Erta tongda Andijon davlat universitetida "Salomatlik kuni" munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida ertalabgi badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi.

Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida o'tkazilgan ushbu badantarbiya mashg'ulotlarida 50 nafardan ziyod talabalar faol ishtirok etdi.

Mazkur mashg’ulotlar Jismoniy madaniyat fakultetining mahoratli ustozlari tomonidan olib borildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#9_may
#Xotira_va_qadrlash
#Sharaf_lentasi_aksiyasi

🎗Faol yoshlar ishtirokida "Sharaf lentasi" targ'ibot aksiyasi davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 27-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Omadbek Olimjonov hamda ko‘ngilli talaba-yoshlar ishtirokida “Sharaf lentasi” targ‘ibot aksiyasi o'tkazildi.

Aksiya doirasida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev, ta'lim muassasamizning barcha prorektorlari, fakultet dekanlari va professor-o‘qituvchilarga sharaf lentalari tarqatildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#9_may
#Xotira_va_qadrlash

Talabalar “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-apreldagi “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 27-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari "Nomingiz dillarda mangu yashaydi" shiori ostida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurdi.

Talabalar muzey xodimlari tomonidan ajdodlarimizni yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlari, Andijon tarixida bo‘lgan muhim voqealar va uning ozodligi yo'lida jonini fido qilgan insonlar hayoti haqida batafsil ma'lomotlar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/21 11:09:08
Back to Top
HTML Embed Code: