Telegram Web Link
#xalqaro_hamkorlik

Andijon davlat universiteti bilan Polotsk davlat universiteti o'rtasida hamkorlik yanada mustahkamlandi


Joriy yilning 2-may kuni Andijon davlat universitetiga ikki oliygoh o'rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Belorussiyaning Polotsk davlat universiteti professorlari Aleksey Leonidovich Radyuk hamda Natalya Viktorovna Dovgyalolar tashrif buyurdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2896

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Maʼrifat_ulashib
#gulxan_atrofida_uchrashuv

Ijodkor va Yoshlar uchrashuvi gulxan atrofida davom etmoqda

Andijon davlat universitetining talabalar turar joyida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali hamda ijodkor, adabiyotshunos olim Humoyun Akbarovlar ishtirokida gulxan atrofida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Oqshomning go'zal pallasida tashkil etilgan gulxan atrofidagi ochiq muloqotda ijodkorning ibratli, shu bilan birga mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to’plamlari, tarjimalari haqida batafsil so‘z bordi.

Adabiy kechaga iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan shoirlar qalamiga mansub she’rlar va musiqiy dastur yakun yasadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#live

Ayni paytda Doha shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida U-23 Osiyo kubogi finalida O’zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonda top surmoqda. Mazkur uchrashuv to'g'ridan-to'g'ri Sport TV orqali efirga uzatilmoqda.

Ushbu o'yinni Andijon davlat universiteti birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev boshchiligida universitet jamoasi, qolaversa, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali Ahmedov hamda adabiyotshunos olim Humoyun Akbarovlar ham tomosha qilib, milliy terma jamoamizni qo'llab-quvvatlamoqda.

⚽️ Olg'a O'zbekiston, olg'a yigitlar! Biz sizlarga ishonamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
🇺🇿#BizningJamoa U-23 Osiyo kubogida 2-o‘rinni egalladi 🏆

Muhimi biz Parij olimpiadasiga boramiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼrifat_ulashib
#uchrashuv

Bugun, 3-may kuni Andijon viloyatida umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyat raisi Xurshida Vahobjon qizi hamda ijodkor, adabiyotshunos olim Humoyun Akbarovlar ishtirokida maktabning iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchilari o'rtasida ijodiy uchrashuvlar o'tkazildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Universitetimiz ustozlari Germaniyaning Iogann Gutenberg nomidagi Mainz universitetida

Ayni kunlarda Andijon davlat universiteti O’zbek tilshunosligi kafedrasi professori, D.Nabiyeva va Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent D.Nurmanovalar xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda stajirovka o'tash maqsadida Germaniyaning Mainz universitetida bo’lib turibdilar.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2897

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xalqaro_anjuman

🇹🇷Universitetimiz professor-o’qituvchilari nufuzli xalqaro anjumanda ishtirok etdilar

Andijon davlat universitetining bir guruh olimlari Kipr Turk Respublikasida 1-3 may kunlari o’tkazilgan “Transformatsiya: muammolar va istiqbollar” 7-akademik tadqiqotlar – 2024/Bahor kongressida ishtirok etdilar.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2898

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/21 23:16:08
Back to Top
HTML Embed Code: