Telegram Web Link
#ijodiy_ishlar_korgazmasi

Hulkaroy Arziqulovaning “Ustoz-shogird” anʼanalariga asoslangan ijodiy ishlar ko'rgazmasi o'tkazildi


Bugun, 1-may kuni Andijon davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida rassom va ijodkor, tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishi talabasi Hulkaroy Arziqulovaning “Ustoz-shogird” anʼanalariga asoslangan “Ona yurt manzaralari” deb nomlangan ijodiy ishlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2891

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Qirg'izistonning Jalolobod universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi

Joriy yilning 30-aprel kuni universitetlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod davlat universitetidan ikki nafar dotsent sakkiz nafar talaba-yoshlar Andijon davlat universitetiga malaka oshirish maqsadida tashrif buyurdilar.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2892

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#tadbir
#Marifat_ulashib

"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi

Bugun, 1-may kuni Nodirabegim nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida Andijon davlat universiteti rahbariyati tomonidan "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida madaniy-musiqiy tadbir tashkil etildi.

Bayram tadbiri davomida sho'x kuy-qo'shiqlar, о‘yinlar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, talabalarimiz va mahallalarda istiqomat qiluvchilar uchun xush kayfiyat bag'ishladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Rasmiy_munosabat

Bugun, 2-may kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali berilgan murojaatga munosabat:

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Andijon davlat universitetida professor-o'qituvchilar va boshqa toifadagi xodimlarni byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan moddiy rag'batlantirish hamda ustamalar universitetning Rag‘batlantirish komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Ushbu komissiya professor-o‘qituvchi va xodimlarning lavozimiga, qachon ishga kirganiga qaramaydi, balki ularning bugungi kundagi ish hajmiga va yuklatilgan qo'shimcha ishlar ko'lamiga qarab qaror qabul qiladi.

Oxirgi oylar davomida ushbu ustama belgilangan xodimlar kuchaytirilgan tartibda ishlayotganligi uchun yuqori miqdorda ustamalar ikki chorakka belgilangan. Shundan so'ng rag‘bat hamda ustamalar qayta ko‘rib chiqiladi va ish hajmiga qarab qayta belgilanadi.

Rag'batlantirish komissiyasi ochiq va shaffof tizimda ishlaydi, shuning uchun kimga, nima uchun, qancha ustama belgilanganligini bilshni istaganlar rag'batlantirish komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin. (X.Xodjamberdiyev +998936318656)

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 07:33:46
Back to Top
HTML Embed Code: