Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦

📆 Bugun 24-sentyabr, seshanba.

🇺🇳 Xalqaro sarbonlar kuni.
🌏 Xalqaro quyonlar kuni.
🇰🇬 Qirg'iziston - Oila, tinchlik va totuvlik kuni.
🇷🇺 Rossiya - Tizim tahlilchilari kuni.

Tarixiy voqealar:

1968-yil - Svazilend davlati Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi.
🌙 1970-yil - Yerga Oy tuprog'i olib kelindi.
🔰 1998-yil - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyini nishonlash to‘g‘risida» qaror qabul qildi.

🎊 Tavallud ayyomlar:

🤵‍♂️ 1501-yil 24-sentyabr - italiyalik matematik, mexanik, shifokor, faylasuf Jirolamo Kardano.
👨🏻‍🔬 1905-yil 24-sentyabr - amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi Ochoa Severo.
🧑🏻‍💼 1930-yil 24-sentyabr - Oyga qadam qo‘ygan amerikalik astronavt Jon Yang.
🤵🏻‍♀️ 1986-yil 24-sentyabr - amerikalik kino va televideniya aktrisasi Eloise Mumford.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Andijon davlat universitetida 2023/2024-o'quv yili yakunida o'tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tolmagan bitiruvchi talabalar uchun imtihon kunlari belgilandi.

Imtihon sanasi va joyini ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin.

📞 Qo'shimcha savol va ma'lumotlar uchun Call markaz raqamlari bilan bog'lanishingiz mumkin:
+998742248187
+998742248194
+998742248197
+998742248195

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🇺🇿 Fakultet hamda fakultet "Talaba-qizlar" koordinatorligiga hujjat topshirgan nomzodlar uchun suhbat jarayonlari o'tkazilmoqda

📹 Ayni paytda Andijon davlat universitetida birinchi prorektor Xurshidbek Xodjamberdiyev boshchiligida mas'ullar O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlang'ich tashkilotining yoshlar Kengashi, fakultet va talaba-qizlar koordinatorligiga hujjat topshirgan nomzodlar ishtirokida yakuniy suhbat jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

Suhbat jarayonida nomzodlarga bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan savollar berilib, ularning loyihalari va rejalari o'rganib chiqilmoqda.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙

🪪 Andijon davlat universitetining ikkinchi sonli talabalar turar joyi hududida Xashimova Akmanay Xusanbek qiziga tegishli ID karta tushirib qoldirilgan.

☎️Ushbu ID kartani topib olganlar
+998993296710 telefon raqamiga murojaat qilishi soʻraladi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍

🇺🇿 🇮🇹 Andijon davlat universiteti delegatsiyasi Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumida ishtirok etmoqda

Bugun, 24-sentyabr kuni Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida “Italiya-O‘zbekiston ilg‘or muhandislik markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaz Italiyadagi ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni uzluksiz joriy etish orqali O‘zbekistonda mashinasozlik, to‘qimachilik, mashinasozlik, charmsozlik sohalarida ishlab chiqarish maydonlarini kengaytirish, o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish, tajriba loyihalari, ixtisoslashtirilgan ma’lumotlarni tarqatish, ikki davlat xususiy sektorini jalb qilgan holda Italiya-O‘zbekiston sarmoyalari va qo‘shma korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun infratuzilma hamda shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ushbu forumda Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida universitetimiz delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📝Italiyaning Salento universiteti bilan hamkorlik aloqalari o'rnatildi

Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan poytaxtimiz Toshkent shahrida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida oliy ta'lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o'tkazilmoqda.

Forumda Italiyaning Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi hamda uning huzuridagi 25 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi, shunindgdek, mamlakatimizning 40 dan ortiq yetakchi oliygohlari qatorida Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida universitetimiz jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Forum doirasida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Salento universiteti rektori Fabio Pollice bilan muzokoralar olib bordi hamda o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oliy va professional ta’limda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar, birgalikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik shartnomalari imzolandi.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 11:17:46
Back to Top
HTML Embed Code: