Telegram Web Link
🔴 Андижон давлат университетида янги ўқув йили катта тантана билан бошланди

9 сентябрь куни Андижон давлат университетида 2024/2025-ўқув йили бошланиши муносабати билан «Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!» шиори остида тантанали тадбир бўлиб ўтди.

Тантанали маросимда Андижон вилояти ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов ва университет ректори Бахтиёржон Акбаралиев, олий таълим даргоҳининг профессор-ўқитувчилари барчани янги ўқув йили бошланганлиги билан самимий қутладилар.

Маросим сўнгида олийгоҳни жорий йилда тамомлаган битирувчилар томонидан янги қабул қилинган талабаларга университетнинг рамзий калити топширилди.

👉 Vodiy1.uzга уланиш учун https://www.tg-me.com/Vodiy1uzofficial. Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Imtiyozli ta’lim kreditlari

Mazkur ta’lim krediti 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi.
Kredit shartlari:

• yillik stavka – 13,5% (MB asosiy stavkasida)*;
• miqdori – oliy ta’lim muassasasida shartnoma asosidagi yillik kontrakt miqdorida**;
• muddati – o‘qishni tugatgandan so‘ng yettinchi oydan boshlab, 7-yil muddatga.

❗️Talaba xotin-qizlar ta’lim krediti foizlarini to‘lashdan ozod etiladi!***

Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

• shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
• oliy ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
• ta’minot hujjatlari.


Ta’lim krediti rasmiylashtirish uchun arizalarni bank ofislarida va Talim-krediti.mf.uz portali orqali qoldirish mumkin.

* Agar Markaziy bank asosiy stavkasi pasaysa, imtiyozli ta’lim krediti foiz stavkasi ham pasaytiriladi, agar asosiy stavka oshirilsa, kredit stavkasi ko‘tarilmaydi.
** Birinchi bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratilishi belgilangan.
*** Xotin-qizlarga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga to‘lab beriladi.


✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #eslatma

📹 Magistraturaga o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

📆 Bugun 10-sentabr, seshanba.

🌏 Butunjahon birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kuni.
🇩🇪 Germaniya - Nemis tili kuni.
🇭🇳 Gonduras - Milliy bolalarni himoya qilish kuni.
🇺🇦 Ukraina - Jismoniy tarbiya va sport kuni.

Tarixiy voqealar:

🚉 1835-yil - Germaniyada 1-temiryo'l ochildi.
1960-yil - neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) tashkil etildi.
🗞️ 1992-yil - O‘zbekiston-Laos diplomatik munosabatlari o‘rnatildi.
🏛 1993-yil - Toshkent shahridagi “Bahor” konsert zalida Mukarrama Turg’unboyeva muzeyi ochildi.

🎊 Tavallud ayyomlar:

🤵‍♂️ 1918-yil 10-sentyabr - taniqli adib, O’zbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziy.
👨🏻‍🔬 1943-yil 10-sentyabr - fizik olim, O’zbekiston FA akademigi, professor Musaxonov Mirzayusuf.
👩‍💼 1955-yil 10-sentyabr - rus estrada va jaz ijrochisi, aktrisa, RF xalq artisti Larisa Dolina.
🤵🏻‍♀️ 1994-yil 10-sentyabr - amerikalik moda dizayneri, rassom Yelena Velez.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Олийгоҳларда янги ўқув йили
————————
Андижон давлат университетида янги ўқув йили олдидан тантанали тадбир бўлиб ўтди. “Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!” шиори остидаги тадбирда вилоят раҳбари, университет вакиллари, талабалар ҳамда уларнинг ота-оналари иштирок этдилар.

Шухратбек Абдураҳмонов ўз нутқида мамлакатимиздаги тинчлик-осойишталик, таълим тизимидаги ислоҳотлар хусусида сўз юритиб, барча талабаларни янги ўқув йили билан қизғин табриклади. Тадбирда иқтидорли ёшлар томонидан ватан мадҳини тараннум этувчи шеърлар ҳамда гўзал куй-қўшиқлардан иборат дастурлар намойиш этилди.

Тадбир якунида олийгоҳни мазкур йилда тамомлаган битирувчилар томонидан янги қабул қилинган талабаларга университетининг рамзий калити топширилди.

Саҳифа: @andpress
2024/09/23 05:22:57
Back to Top
HTML Embed Code: