Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent

‼️ESLATMA: abituriyentlar bugun to‘lovlarni amalga oshirishi shart


Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan.

Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Ma’lumotlarga ko’ra, ko’pchilik abituriyentlar to’lovlarni amalga oshirmagan. Bu esa testga kiradiganlar sonini yanada kamaytiradi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Tabrik

Qadrli jurnalistlar, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar!


Siz, azizlarni 27-iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari” kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Bugun dunyoda tahlikali vaziyat hukm surayotgan bir vaqtda kuchli huquqiy davlat va pirovardida fuqarolik jamiyatini qurish maqsadimiz ustuvor bo’lib qolaveradi. OAV, jurnalistlar va blogerlar huddi oyna kabi yuzimizga kamchiliklarimiz va muammolarimizni ko‘rsatib bermoqdaki, bu barchaga birdek foydali va manfaatli bo‘lmoqda. Bugun Andijon davlat universiteti barcha turdagi OAV hamda blogerlar bilan samarali hamkorlik olib bormoqda va bundan keyin ham doimo ochiq muloqotda bo‘lishini bildirib o‘tmoqchiman.

Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Baxtiyorjon Bakirovich Akbaraliyev Andijon davlat universiteti rektori

👉🏻rektorning telegram sahifasi
#kun_tarixi

📅Bugun 27-iyun, payshanba.

🇺🇿O'zbekiston
- Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
🇹🇲Turkmaniston - Madaniyat va san'at xodimlari kuni.
🇻🇪Venesuela - Jurnalistlar kuni.
🇷🇺Rossiya - Yoshlar kuni.

Tarixiy voqealar:

🏛1834-yil -
Kiyev universiteti ochildi.
🚃1865-yil - Rossiya temir yo'llari vazirligi tashkil etildi.
📰1906-yil - Turkistonda birinchi milliy gazeta «Taraqqiy» chop etildi.
👨‍💻1994-yil - Matbuot va OAV xodimlari kuni nishonlana boshlandi.

🎊Tavallud ayyomlar:

👨🏻‍🔬1869-yil 27-iyun
- nemis embriologi, Nobel mukofoti sohibi Xans Shpeman.
👩‍💼1895-yil 27-iyun
- rus shoirasi va nasriy yozuvchisi Irina Odoevseva.
🤵🏻‍♀️1958-yil 27-iyun
- taniqli xonanda, O'zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova.
👩‍💼1950-yil 27-iyun
- kino va dublyaj aktrisasi, O'zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Imtihon_natijalari

🎓Andijon davlat universitetida bakalavriat ta'lim yo'nalishining sirtqi ta'lim shaklida tahsil olgan bitiruvchilarning majburiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiya sinovlaridan topshirgan test natijalari

📋 Maktabgacha ta'lim yo'nalishi natijalari.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#uchrashuv

Prokuror va yoshlar uchrashuvi


Bugun, 27-iyun kuni Andijon davlat universitetida 30 iyun - “Yoshlar kuni” hamda "Yoshlar oyligi" doirasida viloyat prokurori o'rinbosari hamda andijonlik yoshlar ishtirokida "Prokuror va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2948

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#abituriyent

❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda

Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.

Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Mutolaa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
80 kun davomida 8 ta kitob oʻqing va 20 million soʻm yuting.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oyina.uz portali sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan “Kitoblararo 80 kun” marafonini boshladi!

Toʻrt bosqichdan iborat marafonda 8 kitobni oʻqing va maxsus sinovlardan oʻtib, gʻolib boʻling!

1-o‘ringa 20 million so‘m va’da qilingan.

Sovrinli o‘rinlar esa odatdagidek uchta emas, o‘ndan ortiq!

To‘liq ma’lumot va marafonda ishtirok etish uchun manzil: @oyinatanlovbot

Telegram | Instagram | Ilova
2024/09/26 21:54:51
Back to Top
HTML Embed Code: