Telegram Web Link
#kun_tarixi

📆Bugun 22-iyun, shanba.

🇺🇳Xalqaro tropik o'rmonlar kuni.
🇨🇴Kolumbiya - Advokatlar kuni.
🇨🇬Kongo Respublikasi - Armiya kuni.
🇸🇻Salvador - O‘qituvchilar kuni.

Tarixiy voqealar:

📗1876-yil - Ispaniya Konstitutsiyasi qabul qilindi.
🏛1901-yil - Sankt-Peterburgda "A. Suvorov" muzeyi ochildi.
🚘1909-yil - Rigada «Russo-Balt» avtomobili taqdim etildi.
🚟2016-yil - "Angren-Pop" elektrlashtirilgan poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

🎊Tavallud ayyomlar:

👨‍💼1767-yil 22-iyun - nemis faylasufi, tilshunos olim, Berlin universiteti asoschisi Vilgelm Gumbolt.
🧑‍🔬1863-yil 22-iyun - rus fizigi, rentgen spektroskopiyasi asoschisi Georgi Volf.
👨🏻‍🏫1864-yil 22-iyun - nemis matematigi, raqamlarning geometrik nazariyasi asoschisi Hermann Minkovskiy.
👩‍💼1949-yil 22-iyun - amerikalik aktrisa, 3 karra “Oskar”, 9 karra “Oltin globus” mukofotlari sohibasi Meril Strip.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #munosabat

Kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyevning fikr-mulohazalari ommaviy axborot vositalari nigohida

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#hamkorlik_uchrashuvi

Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti dekani Dadaboyev Sardorbek boshchiligida mas'ullar hamkorlik aloqalarini samarali yo'lga qo'yish va rivojlantirish maqsadida UzAuto Motors AJ korxonasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda professor-o'qituvchi, tadqiqotchi hamda talabalarni korxonada amaliyot o'tashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ta'lim muassasamiz bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, talabalarning qiziqishi, istaklari va qobiliyatini o‘rganish asosida ularni tashkilotning mavjud tarmoqlarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilinib, UzAuto Motors AJ korxonasi o'rtasida keng qamrovli hamkorlik shartnomasini imzolash bo'yicha kelishib olindi.

Universitetda talabalar bandligini ta’minlash, tashkilotlarda amaliyot o'tash borasidagi amaliy sa’y-harakatlar davom etmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent

⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyingi yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

🤵🏻‍♂️Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://www.tg-me.com/xushnudbek/20721

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#folklor_ekspeditsiyasi

Kuni kecha Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti professori Salima Mirzayeva rahbarligida O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalar folklor ekspeditsiyasini o'tash maqsadida Buloqboshi tumanining Shirmonbuloq qishlog'ida bo'ldilar.

Folklor ekspeditsiyasi davomida jamoa a'zolari xalq og'zaki ijodining barcha yo'nalishlari bo'yicha ma'lumotlar to'plab, ajdodlarimizdan qoldirilgan ma'naviy merosni bugungi kundagi ahamiyati bo'yicha muhim ko'nikmalarga ega bo'ldi.

Ekspeditsiyada jamlangan namunalar kelgusida folklorshunoslik bilan shug'ullanayotgan tadqiqotchilar va "Yosh folklorshunoslar" to'garagidagi iqtidorli talabalar uchun kerakli manba sifatida foydalanishga xizmat qiladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

Bugun, 22-iyun Andijon davlat universiteti Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Qo‘zibekov Shuxrat Shaxmuratovichning tavallud ayyomi.

Ushbu sana munosabati bilan Shuxratbek Qo‘zibekovni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini tilab qolamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Andijonda Proper English Schoolning 6-filiali ochilishiga tashrif buyuring!!!

❗️25 - iyun tantanali kun munosabati bilan Ingliz tili kurslarimizga 1- oy uchun atigi 30 000 so‘m to‘lab o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bundan tashqari ochilish marosimida, IELTS'dan 9 ballik natijaga ega teacherimiz Nurullokh Kamalkhujaev va boshqa o‘qituvchilarimiz tomonidan o'tiladigan master classlarimizda qatnashishingiz mumkin.

Qolaversa, barcha kelgan mehmonlarimiz uchun, o'quv markazimiz tomonidan salqin ichimliklar va qimmatbaho sovg'alarimiz ham mavjud.

Manzi: Yangi bozor hududi,
222 damaslar oxirida

👇🏽Online ro’yhatdan o’tish uchun👇🏽
https://forms.amocrm.ru/rtctmzl

Murojaat uchun
📲 70-200-70-70
Forwarded from Grantlar.uz
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taqiqlangan saytlar.pdf
634.3 KB
📌 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati.

Yaqinlarga yuboring, ushbu sahifalarga kirish, layk bosish, tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Ogoh bo'ling!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 15:23:39
Back to Top
HTML Embed Code: