Telegram Web Link
#abituriyent

Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega saytda ko’rinmayapti?

Ko‘plab abituriyentlar xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomalar my.uzbmb.uz saytida ko‘rinmayapti-ku, deb so’rashmoqda.

Chunki Oila va xotin-qizlar qo’mitasi hozircha tavsiyanoma berilganlar ro’yxatini tegishli reestrga kiritmagan. Shu sababli saytda ko’rinmayapti.

Tavsiyanoma chiqmasa, o’zim qo’lda kiritsam bo’ladimi?

Yo’q, hech bir imtiyoz qo’lda kiritilmaydi. Hammasi avtomatik o’zi chiqadi. Faqat bittagina chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat, masalan IELTS sertifikati qo’lda kiritiladi xolos, qolgan hammasi avtomatik ko’rinadi.

Agar sizda xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma bo’lsa-yu, lekin u saytda ko’rinmayotgan bo’lsa, bundan xavotir olmang. Tavsiyanomalar 25-iyunga qadar Bilimlarni baholash agentligi bazasiga kiritiladi.

Va imtiyoz ko’rinmayotgan bo’lsa ham, fanlar majmuasini tanlab qo’ysangiz bo’laveradi. Hozir tanlasam, keyin imtiyoz qo’shilmay qoladi, deb xavotir olmang.

Agar siz tavsiyanoma olish uchun ariza yuborgan bo’lsangiz-u, lekin haligacha javobi chiqmagan bo’lsa, ya’ni na qanoatlantirilgani, na rad etilganini aniqlay olmayotgan bo’lsangiz, unda Oila va xotin-qizlar qo’mitasiga murojaat qiling.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#abituriyent

Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 170 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizni farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_tarixi

📆Bugun 19-iyun, chorshanba.

🌏Xalqaro otalar kuni.
🇵🇾Paragvay - Daraxt ekish kuni.
🇺🇦Ukraina - Fermerlar kuni.
🇭🇺Vengriya - Mustaqillik kuni.

Tarixiy voqealar:

📝1762-yil - Rossiya Prussiya bilan tinchlik shartnomasini imzoladi.
⚾️1846-yil - Nyu-Jersida tarixdagi birinchi beysbol oʻyini boʻldi.
1961-yil - Quvayt mustaqilligi e’lon qilindi.
📜1993-yil - O‘zbekiston Iroq Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🧑‍🔬1922-yil 19-iyun - daniyalik fizik, Nobel mukofoti sohibi Aare Nils Bor.
🧑🏻‍💼1924-yil 19-iyun - Belorus xalq yozuvchisi Vasiliy Bikov.
👨‍💼1926-yil 19-iyun - taniqli adabiyotshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Azizxon Qayumov.
👩‍💼1971-yil 19-iyun - oʻzbek jurnalisti, muharrir, publitsist Lola (Lobar) Islomova.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_oyligi #voleybol_musobaqasi

"Yoshlar oyligi" doirasida talabalar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida Andijon davlat universitetining "Barkamol avlod" sport majmuasida "Hokim kubogi" uchun oliy ta'lim muassasalari talaba-qizlari o'rtasida voleybol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹Qadrli vatandoshlar va yurtimiz mehmonlari!
****
Hukumat komissiyasining tegishli bayoni, bu bo’yicha Andijon viloyati Hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig’ining tegishli buyrug’i talablariga muvofiq, joriy yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar "Yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha DOLZARB 30 KUN" tadbiri o’tkaziladi.

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tayyorlangan maxsus videorolikni tomosha qilish orqali batafsil ma‘lumot olishingiz mumkin.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirishda barchadan faol bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

📎Izoh: videorolik mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha maskanlarda namoyish etilishi, katta monitorlarga joylashtirilishi tavsiya etiladi.

🔰 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

📱Telegram | 📱YouTube | 📱Veb-sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV #_yoshlar_oyligi

Andijon davlat universitetida "Yoshlar oyligi" doirasida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida mahalladagi 14-18 va 18-30 yoshlilar o'rtasida “Yosh huquqshunos” tanlovi bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#ogoh_boling

Bugungi kunda telegram ijtimoiy tarmog‘ida turli xil firibgar kimsalar yoki botlar orqali ma’lum bir mansabdor shaxslar hamda rahbarlarning nomidan pul so’rash orqali jinoyat sodir etish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, Andijon davlat universitetida ham oliygoh rahbariyati a’zolari nomidan ko’plab fuqarolarga “plastikda pul bormi” degan xabarlar tarqatilmoqda.

Bunday firibgarlarga aslo ishonmang!

❗️Eslatib o’tamiz, o’zgalar nomidan ish ko’rish va firibgarlik orqali ularning nomini sotish qonuniy javobgarlikka tortilish uchun sabab bo’ladi!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#uchrashuv

Bugun, 19-iyun kuni Andijon davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo'limi hamda o'quv-uslubiy boshqarma hamkorligida sirtqi bo'limi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.

Dastlab, bo'lim boshliqlari Y.Narmuxamedov hamda A.Isayevlar tomonidan ta’lim sohasini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasidagi oliygohda tizimli ishlar amalga oshirilayotgani haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda mas'ullar bitiruvchi bosqich talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiya jarayonlarini adolatli, xolis va shaffof tarzda o'tishini ta'minlash, korrupsion holatlarning oldini olish bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish yuzasidan bo'lim boshlig'i va dekan o'rinbosarlariga tegishli ko'rsatmalar berdilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 17:28:40
Back to Top
HTML Embed Code: