Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Hurmatli fuqarolar!

Yer va mol-mulk soliqlarini 15-oktyabrgacha toʻlashni unutmang. Agar 15-oktyabrdan kechiksangiz, har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblanadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Bugun_tugilgan_kun
#Tabrik

Bugun, 15-iyun Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Sobirov Abdulhay Shukurovichning tavallud ayyomi.

Ushbu sana munosabati bilan Abdulhay Sobirovni barcha hamkasblari, shogirdlari hamda universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, doimo shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini va yoshlarimizga ilm berishda kuch-quvvat tilab qolamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from ANDIJON YOSHLARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Andijonlik yoshlar, galakonsertga marhamat!

⚡️ "Yoshlar oyligi" doirasida viloyat galakonserti Andijon shahrining qoq markazidan Sizlarni chorlamoqda. Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturimiz barcha andijonliklarni xursand qilishiga ishonamiz.

Shunday ekan, 20-iyun soat 19:30da Andijon shahar Navoiy shoh ko'chasi (viloyat hokimligi ro'parasi)da tashkil etiladigan galakonsertga bachani taklif etamiz. Kutilgan galakonsertning kutilmagan lahzalarini ko'rishga shoshiling.

Konsert mehmonlari:
😎Jahongir Poziljonov
😎Shohrux REP
😎Shohruxxon
😎“Benom” guruhi
😎Sevinch Javliyeva
😎Otabek Mirzaxolov
😎Javlon Shodmonov
😎Oybek Teshaboyev
😎Ne'mat Atamurodov
😎Dili.Me

💯 Kirish mutlaqo bepul.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Bugun, 15-iyun kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali berilgan murojaatga munosabat:

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

“Aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilgan. Unda aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish belgilangan.

Mazkur qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida barcha tashkilot va muassasalarda, xususan, Andijon davlat universitetida ham talabalar ishtirokida 6 ta bosqichdan iborat jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlari o'tkazildi.

Ushbu sinovlarda universitetning barcha talabalari ishtirok etganligi uchun talabaga mas'ul bo'lgan xodimlarga my.sport.uz platformasining baholash jarayonlarida talabalarning olgan natijalarini kiritish vazifasi yuklatilgan.

Talabalar o'rtasida jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida tashkil etilayotgan sinovlarni o‘tkazish jismoniy madaniyat o'qituvchisinigina emas, balki ta'lim muassasamizda talabalar bilan bevosita ishlayotgan xodimlarning ham vazifasi hisoblanadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_forum

Joriy yilning 14-15-iyun kunlari Qirg'iziston Respublikasining Osh shahrida ikki mamlakatning turli avlod vakillari oʻrtasida yoshlar siyosati va tadbirkorlik sohasida malaka, gʻoya, bilim hamda ilgʻor tajriba almashish maqsadida “Avlodlar muloqoti” xalqaro forumi bo'lib o'tdi.

Mazkur forumda O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari qatorida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Omadbek Olimjonov faol ishtirok etmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Qabul2024 #Abituriyent2024

Yangi 2024/2025-o'quv yili uchun bakalavriatga qabul bo'yicha ro'yxatdan o'tish, qabul parametrlari va boshqa muhim savollarga Andijon viloyatidagi oliy ta'lim muassasalarining o'quv ishlari bo'yicha prorektorlari ishtirokida Taraqqiyot TV kanali orqali efirga uzatilgan "Xalq bilan muloqot" ko'rsatuvi orqali javob olishingiz mumkin.

📱Mazkur ko'rsatuvning to'liq videosini
HD formatda You tube kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 17:25:18
Back to Top
HTML Embed Code: