Telegram Web Link
#live #tanlov

Ayni paytda Andijon davlat universitetida "Yoshlar oyligi" doirasida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida mahalladagi 14-18 va 18-30 yoshlar o'rtasida “Yosh huquqshunos” tanlovi bo'lib o'tmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Iqtibos

🎩Yoki ilmli boʻl, yoki ilmga tayanib ish tutadigan boʻl, loaqal ilmni tinglab eshitadigan boʻl, ammo toʻrtinchisi boʻlma, chunki kasodga uchrab halok boʻlasan.

✍🏻 Zamaxshariy

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#muhim #tanlov

🎓 Hurmatli talabalar! Oʻz imkoniyatlaringizni qoʻldan boy bermang!

Andijon davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalaviaturaning 2-3-bosqich hamda magistraturaning 1-bosqichichida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonlari boshlandi.

🗂Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz so'raladi:

🔸Hemis platformasidan transkript (o'quv bo'limi tomonidan tasdiqlangan);
🔸Dekan va kafedra mudirining tavsiyanomasi;
🔸Dekanning talabgor talaba hujjatlari hamda baholarining haqqoniyligini aks ettiruvchi kafolat xati;
🔸Ilmiy (ijodiy ish) rahbarining tavsiyanomasi (fikrnoma);
🔸Ilmiy ishlarining roʻyxati va ularning bosma nusxalari (3x4 shaklda);
🔸Diplom, sertifikat va faxriy yorliqlarning nusxalari (rangli) va boshqa erishgan yutuqlarning fotosuratlari;
🔸Maʼlumotnoma (obʼektivka);
🔸Tarjimai hol (rasmli);
🔸Pasport nusxasi.

⌛️Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan nomzodlar quyidagi hujjatlarning yigʻma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 15-iyunidan 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi (asosiy bino 3.23-xona)ga taqdim etishlari soʻraladi.

📤Murojaat uchun:
☎️+998990901321 @Nizomov_Jasurbek
Telegram manzil: https://www.tg-me.com/iqtidor_323

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
SAVOL: Joriy yilda maktabning 11-sinfini tamomladim, lekin haligacha attestat berilmadi. Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishim kerakmi yoki ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi?

JAVOB: my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024

Oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

📱Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir #bitiruv_kechasi

🎗Andijon davlat universiteti Akademik litseyi bitiruvchilariga tantanali bitiruv kechasi bo'lib o'tdi

Bugun, 14-iyun kuni Andijon davlat universitetining faollar zalida universitetimiz qoshidagi Akademik litseyi bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida ''Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik'' shiori ostida tantanali bitiruv kechasi o'tkazildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2938

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 07:19:14
Back to Top
HTML Embed Code: