Telegram Web Link
#diqqat_elon
#mehnat_yarmarkasi

Ҳурматли Андижонликлар!

Олий таълим, профессионал таълим, умумтаълим мактабларини тамомлаётган битирувчи ёшларни ҳамда иш билан таъминлашга муҳтож бўлган аҳолини тадбиркорликка жалб қилиш ва бандлигини таъминлаш мақсадида 2024 йилнинг 14 июнь куни соат 08:00 да Андижон шаҳрининг Алишер Навоий номли маданият ва истироҳат боғида “Тадбиркорлик ва Бандлик” инновацион бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркаси ўтказилади.

Келинг ва ўзингизга маъқул келган ишга эга бўлинг!

Тадбирни ёритиш учун ОАВ вакиллари, ижтимоий тармоқ фаоллари ҳамда блогерлар таклиф этилади.

Каналга обуна бўлинг!
https://www.tg-me.com/andaokb
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
#fanlar_majmuasi

🧾 2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun qayta tasdiqlangan fanlar majmuasi abituriyentlarga qulay shaklda taqdim etilmoqda.

#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

🎓“ 56,7 ball bu yil oʻtmaydi!”: Oʻqishga kirish uchun minimal oʻtish ballari qanchaga koʻtariladi?

Bu haqda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov maʼlum qildi.
Joriy yilda barcha yoʻnalishlar uchun minimal oʻtish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan oʻqishga kirish imkoni boʻlmaydi.
Keyin yilda esa, oʻtish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, yaʼni 2024-2025- oʻquv yili uchun oʻtish ballari:
sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball;
boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

Kelasi yili, yaʼni 2025-2026- oʻquv yili uchun oʻtish ballari:
sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 94,5 ball;
boshqa yoʻnalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Yoshlar_oyligi
#kibersport

Andijon viloyati OTM talabalari o'rtasida "Yoshlar oyligi" doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida "Andijon viloyati hokimi kubogi" uchun Kibersport musobaqasi o'tkaziladi.

📣Ushbu virtual sport musobaqalari Counter-strike (Kompyuterda OTMlardan 5 kishilik jamoaviy) hamda PES2024 (PS4da OTMlardan 2 nafardan yakkalik) oʻyinlari asosida oʻtkaziladi.

Ushbu kibersport boʻyicha musobaqalarda Andijon viloyatidagi OTM talabalari ishtirok etishlari mumkin.

📆Mazkur musobaqalar 2024-yil 14-iyun kuni soat 10:00da boshlanadi.

📌Manzil: Andijon davlat pedagogika instituti "V" binosi

📞Batafsil ma'lumot uchun telefon raqami +998996007223

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_tarixi

📆Bugun 14-iyun, juma.


💻Xalqaro blogerlar kuni.
🇺🇸AQSh - Amerika bayrog‘i kuni.
🇷🇺Rossiya - Migratsion xizmat xodimlari kuni.
🇲🇼 Malavi - Ozodlik kuni.

Tarixiy  voqealar:


💻1951-yil - Vashingtonda birinchi kompyuter - “UNIVAC 1” sotuvga chiqarildi.
📝1985-yil - Shengen kelishuvi  imzolandi.
1797-yil - Liguriya Respublikasi tashkil etilganligi e'lon qilindi.
👑1839-yil - Angliyada birinchi Qirollik regatasi Xenleyda bo‘lib o‘tdi.

🎊Tavallud ayyomlar:

🧑🏻‍💼1949-yil 14-iyun - fransuz rassomi, “aksilsan’at” namoyondasi Bertran Lavye.
👮🏻‍♂️ 1882-yil 14-iyun - rumin davlat arbobi, harbiy, diktator Yon Antonesku.
🤵🏻1978-yil 14-iyun - qoraqalpoq estrada xonandasi, Qoraqalpogʻiston xalq artisti Maxset O'temuratov.
🤵‍♂️1983-yil 14-iyun - o'zbek sport jurnalisti va sharhlovchi, teleboshlovchi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot va media departamenti direktori Davron Fayziyev.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #tanlov

Ayni paytda Andijon davlat universitetida "Yoshlar oyligi" doirasida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida mahalladagi 14-18 va 18-30 yoshlar o'rtasida “Yosh huquqshunos” tanlovi bo'lib o'tmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Iqtibos

🎩Yoki ilmli boʻl, yoki ilmga tayanib ish tutadigan boʻl, loaqal ilmni tinglab eshitadigan boʻl, ammo toʻrtinchisi boʻlma, chunki kasodga uchrab halok boʻlasan.

✍🏻 Zamaxshariy

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#muhim #tanlov

🎓 Hurmatli talabalar! Oʻz imkoniyatlaringizni qoʻldan boy bermang!

Andijon davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalaviaturaning 2-3-bosqich hamda magistraturaning 1-bosqichichida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonlari boshlandi.

🗂Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz so'raladi:

🔸Hemis platformasidan transkript (o'quv bo'limi tomonidan tasdiqlangan);
🔸Dekan va kafedra mudirining tavsiyanomasi;
🔸Dekanning talabgor talaba hujjatlari hamda baholarining haqqoniyligini aks ettiruvchi kafolat xati;
🔸Ilmiy (ijodiy ish) rahbarining tavsiyanomasi (fikrnoma);
🔸Ilmiy ishlarining roʻyxati va ularning bosma nusxalari (3x4 shaklda);
🔸Diplom, sertifikat va faxriy yorliqlarning nusxalari (rangli) va boshqa erishgan yutuqlarning fotosuratlari;
🔸Maʼlumotnoma (obʼektivka);
🔸Tarjimai hol (rasmli);
🔸Pasport nusxasi.

⌛️Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan nomzodlar quyidagi hujjatlarning yigʻma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 15-iyunidan 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi (asosiy bino 3.23-xona)ga taqdim etishlari soʻraladi.

📤Murojaat uchun:
☎️+998990901321 @Nizomov_Jasurbek
Telegram manzil: https://www.tg-me.com/iqtidor_323

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
SAVOL: Joriy yilda maktabning 11-sinfini tamomladim, lekin haligacha attestat berilmadi. Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishim kerakmi yoki ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi?

JAVOB: my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024

Oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

📱Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir #bitiruv_kechasi

🎗Andijon davlat universiteti Akademik litseyi bitiruvchilariga tantanali bitiruv kechasi bo'lib o'tdi

Bugun, 14-iyun kuni Andijon davlat universitetining faollar zalida universitetimiz qoshidagi Akademik litseyi bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida ''Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik'' shiori ostida tantanali bitiruv kechasi o'tkazildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2938

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/24 23:23:21
Back to Top
HTML Embed Code: