Telegram Web Link
#yoshlar_oyligi #hokim_kubogi
#mini_futbol

Bugun, 12-iyun kuni "Yoshlar oyligi" doirasida viloyat hokimi tashabbusi bilan oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida ommaviy sport musobaqalarini rivojlantirish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida Andijon davlat universitetining "Barkamol avlod" sport majmuasining mini futbol arenasida "Hokim kubogi" uchun mini futbol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Viloyatimizdagi 7 ta OTM jamoalari o'rtasida o'tkazilgan uchrashuvning yakuniy natijalariga ko'ra:
🥇-o'rin - Andijon davlat universiteti jamoasi;
🥈-o'rin - Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi;
🥉-o'rin - Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi egalladi.

G'olib jamoalar 30-iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan o'tkaziladigan tantanali tadbirda taqdirlanadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#malaka_oshirish

👩🏻‍💻Universitetimizning ikki nafar o'qituvchisi Turkiyaning TOP-1000 talik reytingiga kirgan oliygohida malaka oshirmoqda


Ayni kunlarda Andijon davlat universiteti Genetika va biotexnologiya kafedrasi professori Dilfuza Tuychiyeva va dotsent Feruza Tuxtaboyevalar malaka oshirish kurslarida ishtirok etish maqsadida dunyoning Top-1000 talik universitetlari qatoridan joy olgan Turkiyaning Yildiz Texnika universitetida bo'lib turibdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2937

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor #diqqat_muhim

🎓OTMga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan kunidan 28-iyul kuniga qadar o‘tkazilish rejalashtirilgan.

Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aytib oʻtdi.

#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#kun_tarixi

📆Bugun 13-iyun, payshanba.

🌏Tikuv mashinasi kuni.
🇬🇷Argentina - Yozuvchilar kuni.
🇵🇱Polsha - Harbiy jandarmeriya kuni.
🇭🇺Vengriya - Venger ixtirochilari kuni.

Tarixiy voqealar:

🏛1891-yil - Istanbulda eng yirik arxeologiya muzeyi ochildi.
🤵🏻1942-yil - AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt Strategik xizmatlar boshqarmasi (MRB) ni tuzish haqida qaror qabul qildi.
🚀1944-yil - Olmoniyada qanotli raketalar ilk bor qoʻllanildi.
📚1949-yil - Oruellning “1984” romani AQShda yilning eng yaxshi kitobi deb topildi.

🎊Tavallud ayyomlar:

👨🏻‍🔬1870-yil 13-iyun - belgiyalik bakteriolog va, vaksinalar yaratuvchisi, Nobel mukofoti sohibi Iyul Borde.
🧑‍🔬1911-yil 13-iyun - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi Luis Alvares.
🧑🏻‍💼1940-yil 13-iyun - yugoslaviyalik kinoaktyor, rejissyor va kaskadyor Goyko Mitich.
👨‍💼1944-yil 13-iyun - BMTning sakkizinchi Bosh kotibi Pan Gi Mun.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#uch_avlod_uchrashuvi

🕵🏼‍♂Katta avlod tajriba, saboq, ibrat, o‘rnak va namuna maktabidir

Joriy yilning 12-iyun kuni Andijon davlat universitetida "Yoshlar oyligi" doirasida Tabiiy fanlar fakulteti professori, geografiya fanlari nomzodi Mo'minjon Mamajonov bilan "Kasbim - faxrim" mavzusida uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda universitetimiz professori Mo'minjon Mamajonov hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, ona Vatanga mehr-muhabbatli bo'lish, vafo, sadoqat, shukronalik va halollik kabi ezgu fazilatlar haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

Samimiy muloqot o‘tgan kunlarni xotirlash, bugungi o‘zgarishlarga shukronalar aytish – kelajak sari katta maqsadlar belgilab olishga xizmat qiladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 11:20:57
Back to Top
HTML Embed Code: