Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

📆 Bugun 5-iyun, chorshanba.

🇺🇳 BMT - Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Melioratorlar kuni.
🇮🇪 Irlandiya - Iyun bayrami.

Tarixiy voqealar:

🪂1783-yil - Jozef Mishel va Jak Etten Mongolfelar birinchi havo sharlarini uchirishdi.
🕵🏻‍♂️1909-yil - Aleksandr lll haykali o'rnatildi.
🤵‍♂️1947-yil - AQSh davlat kotibi George Marshall Yevropaga yordam berish rejasini taklif qildi.
1967-yil - Yaqin Sharqda Olti kunlik arab-isroil urushi boshlandi.

🎊 Tavallud sanalar:

👩‍💼1921-yil 5-iyun - O'zbekiston xalq artisti, qoraqalpoq aktrisasi To'xta Rahmonova.
👨‍💻1933-yil 5-iyun - kanadalik matematik va kompyuter olimi, Turing mukofoti sohibi William Morton Kahan.
🤵‍♂️1949-yil 5-iyun - Taniqli rejissyor, teatr va kino aktyor Hamid Muhammadiyevich Shamsutdinov.
🕵️‍♂️1957-yil 5-iyun - o'zbek va rus kinorejissori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Yusuf Sulaymonovich Roziqov.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochilish_marosimi

“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun, 5-iyun kuni Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.

Mazkur tanlovning ochilishida respublikamizning 11 ta oliy ta'lim muassasalarining iqtidorli jamoalari qatorida Andijon davlat universiteti birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev boshchiligida universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
XATOSIZ_YOZAMIZ
SAVOL: Qaysi so'z to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
29%
Xoynahoy
45%
Hoynahoy
26%
Hoynaxoy
#seminar

Bugun, 5-iyun kuni Andijon davlat universitetida Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Andijon viloyati tashkiloti hamkorligida talabalar o'rtasida ezgulik, mehr-muruvvat, xayriya va saxovat kabi g'oyalarni mustahkamlash maqsadida "Xalqaro inson huquqlarini himoya qilish" mavzusida seminar mashg'uloti o'tkazildi.

Seminarda soha mutaxassislari tomonidan aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va birinchi yordam ko'rsatish asoslariga tayyorlash, aholining tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, xayriya, muruvvat va saxovat yordamlarini ko'rsatish, xalqaro insonparvarlik huquqlarini targ'ib qilish va oilalarni birlashtirish bo'yicha amaliy va nazariy tushunchalar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/25 17:17:36
Back to Top
HTML Embed Code: